Энциклопедия 9-том


II-BOB.  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”  asarida  Amir



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

II-BOB.  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”  asarida  Amir 

Temur faoliyatining yoritilishi 

 

2.1.Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”  asarida  Amir 

Temurning       Movarounnahrni birlashtirish va xavfsizligini ta’minlash 

uchun  ko’rashi bayoni. 

 

1370 yilning 11 aprelida Chig’atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va 



tumanlarning zodagonlari hamda Termizning xonzodalari, shuningdek, Amir 

Temurning  piri  Sayyid  Baraka  ishtirokida  qurultoy  o’tkaziladi.  Manbalarda 

ta’riflanishicha,  qurultoyda  e’tiborli  amirlar,  Temurning  yoshligidagi 

quroldoshlari  va  uning  sobiq  dushmanlari  hozir  bo’lgan  edilar.  Ular  orasida 

Amir  Shayxmuhammad  Bayon  Sulduz,  Amir  Uljoytu,  Amir  Kayxusrav, 

Amir  Joku  Barlos,  Amir  Zinda  Chashm  va  muьtabar  ma’murlar  bor  edi. 

Qurultoyda 

Amir 


Temurning 

hukmdorligi 

rasmiy 

tan 


olinib,  u 

Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Garchi saltanat taxtiga, an’anaga 

ko’ra,  dastlab  nomigagina  Suyurg’atmish  (1370-1388),  so’ngra  uning 

vafotidan  keyin  Sulton  Madmudxon  (1388-1402)  o’tkazilgan  bo’lsa-da, 

amalda  markaziy  hokimiyatni  Amir  Temur  o’zi  boshqaradi,  viloyatlardagi 

hokimiyat o’g’illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qilinadi. 

Movarounnahrning  yagona  hukmdori  bo’lib  olgach,  Amir  Temur  o’z 

davlatini  siyosiy  va  iqtisodiy  jihatdan  mustahkamlashga  kirishadi. 

Avvalambor  davlat  uchun  mustahkam  poytaxt  -  bebosh  mahalliy 

hukmdorlarning xujumlariga qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu 

maqsadda  Amir  Temur  1370  yilning  may  oyida  Samarqandga  kaytadi  va 

shahar  devorlari,  kal’alar  hamda  saroylar  bino  qilishga  kirishadi.  Bunday 

qurilishlar Samarqand mo’g’ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil 

utgach  birinchi  marta  bunyod  qilingan  umumjumxuriy  inshootlar  edi. 

So’ngra  u  holdan  toygan  mamlakatda  qonun  va  tartib  ishlarini  joriy  etadi. 

Maxsus  muntazam  qo’shin  tuzib,  unga  katta  imtiyozlar  beradi.  Shu  bilan 




 

30 


birga  u  o’z  davlati  chegaralarini  mumkin  qadar  kengaytirishga  kirishadi. 

Avval  u  Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig’idagi  yerlarni  birlashtirib,  o’ziga 

buysundiradi. 

Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oltin O’rda 

edi. Endilikda Amir Temur Oltin O’rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga 

jiddiy  harakat  qiladi.  Uning  ichki  ziddiyatlaridan  ustalik  bilan  foydalanadi. 

Lekin  u  Jo’chi  ulusini  o’z  davlatiga  qo’shib  olish  niyatida  emas  edi.  Faqat 

Oltin  O’rdaning  Movarounnahrga  tutashgan  sharqiy  qismini  o’z  ta’siri 

ostidagi  xonlar  tasarrufiga  olib  berish  hamda  Saroy  Berka  orqali  o’tadigan 

karvon  yo’lini  Movarounnahr  tomon  burib  yuborishni  ko’zlaydi.  Shu 

maqsadda  Oq  O’rda  amirzodalaridan  To’xtamishga  bir  necha  bor  harbiy 

yordam  beradi.  Biroq  To’xtamish  Amir  Temurning  ishonchini  oqlamaydi. 

Oltin  O’rda  taxtiga  ega  bo’lgach,  hatto  u  ochiqdan-ochiq  unga  qarshi 

kurashga  o’tadi.  Natijada,  Amir  Temur  To’xtamishga  qarshi  uch  marta 

qo’shin  tortishga  majbur  bo’ladi.  1389-yilda  u  Dizak  (Jizzax)ning  Achchiq 

mavzeida,  1391-yilning  18-iyunida  (hozirgi  Samara  bilan  Chistopol 

shaharlari oralig’ida  joylashgan  (Qunduzcha)  Kondurcha daryosi vodiysida) 

To’xtamish qo’shiniga qaqshatqich zarba berdi

15



O’rta  asrlarning  bu  ikki  yirik  sarkardalari  qo’mondonlik  qilgan  ko’p 



mingkishilik ikki qo’shin o’rtasidagi so’nggi shiddatli jang 1395-yilning 15- 

aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak daryosi bo’yida sodir bo’ldi. Amir Temur 

qo’shinini  daryo  bo’yida  o’ziga  qulay  maydonda  safga  tortdi.  Uning  o’ng 

qanotini o’zi, so’l qanotini esa sevimli nabirasi Muhammad Sulton boshqardi. 

27  qismdan  iborat      «bo’y  xushuni»      deb    nomlangan    saralangan  qismni 

dushmanga  favqulodda  holatda  zarba  berish  uchun  pistirmaga  qo’ydi.  Jang 

To’xtamishning  Oqtov,  Bekyoriq  va  Kuncha  o’g’lon  boshliq  jangovar 

qismlarining to’satdan  Sohibqiron boshqarayotgan o’ng qanotga hujumidan 

                                                 

15

 А Muxammadjonov. O’zbekiston tarixi. T., ―O’qituvchi‖, 1994, 94-bet.. 




 

31 


boshlandi. Pistirmadagi qism dushmanga zarba berdi. So’ngra asosiy qismlar 

jangga kirdi. Shiddatli mahoraba (jang) bu gal ham uch kun davom etdi. Bu 

safar  Amir  Temur  qo’shini  dushmanga  qarshi  otdan  tushib,  uni  kamondan 

o’qqa  tutish  usulini  qo’yadi.  Jangda  ayniqsa,  Muhammad  Sulton,    Shayx 

Nuriddin,    Ollohdot,  Amir  Hoji  Sayfuddin  hamda  amirzoda  Rustamlar 

qahramonlik ko’rsatdilar. O’q va qilich zarbiga chiday olmagan To’xtamish 

qo’shinining safi bo’zilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To’xtamishxon 

sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan 

g’oliblardan  berkindi.  Shunday  qilib,  Amir  Temur  1395-yil  15-aprelida 

Shimoliy  Kavkazda  Tarak  daryosi  bo’yida  To’xtamish  qo’shiniga 

qaqshatqich  zarba  beradi.  Amir  Temur  harbiy  yurishlari  oqibatida    Quyi  Itil 

(Volga)  viloyatlari,  Saroy  Saroychik      va      Hojitarxon      (Astraxan)    kabi 

shaharlar  bo’ysundirildi.    Amir  Temur  To’xtamishni    quvib    Ryazan 

viloyatigacha boradi va Yelets shahrini ishg’ol qiladi. So’ng Moskva tomon 

yuradi.  Rossiya  tarixchilari  B.D.Grekov  va  A.Yu.Yakubovskiylarning 

ta’kidlashicha,  Amir  Temurning  To’xtamish  ustidan  qozongan  g’alabasi, 

faqat O’rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rus 

knyazliklari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. 

Ammo  Mo’ng’uliston  tomonidan  bo’ladigan  xavf  hali  bartaraf 

etilmagan edi. Amir Temur davlati uchun ayniqsa, Jo’ji ulusida qad ko’targan 

Oltin  O’rda  nihoyatda  xavfli  edi.  Amir  Temur  va  Oltin  O’rda  hukmdori 

To’xtamishxon  o’rtasidagi  urushlar  haqida  ―Zafarnoma‖  asarida  quyidagi 

ma’lumotlar keltirilgan: 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə