Энциклопедия 9-том


Hazrat sohibqiron saodat va iqbol bila Samarqand sori borg’oni



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

Hazrat sohibqiron saodat va iqbol bila Samarqand sori borg’oni 

Soxibqironi  komkor  Kesh  cherikini  jam’  etib,  Samarqand  sori 

mutavajjix  bo’ldilar.  Tarmochuq  Uyg’ur  va  Tag’ayshohni  Kesh  viloyatida 

darug’a  quyub,  o’zi  davlat  bilan  Samarqand  sori  yuzlandi.  Samarqandqa 

yaqin  yetkonda  Uch  Qaro  Bahodur  Musabekning  cheriki  bilan  shahardin 

chiqib, Rahmatobining yaqosida yasol tortib turdi. Hazrat sohibqiron alar sori 

yurub, bir hamla bila barchani bir-bir etti. Va Oq Temur Bahodur Uch Qaro 

Bahodurning keynida chopib, anga yetib bir qilich soldikim, sadaqig’a tegib, 

tamom  o’qlarini  ikki  kesildi.  Va  Uch  Qaro  egar  ustida  o’zini  to’lg’ab  bir 

qilich soldi. Ul qilich Oq Temur Bahodurning oti boshiga tegib, otga yiqildi 

va ul yayoq qoldi. Uch Qaro qochib shaharg’a kirdi. Sohibqiron saodatqarin 

Revtan mavze’ida tushti. Va Uch Qaro yana ming besh yuz kishi otlandurub 

urushqa chiqdi. Va sipoh nusratpanoh sher kibikim ov sori yuz qo’ysa, alar 

sori  choptilar.  Va  alar  qo’rqunchdin  turolmay  urushdin  burun,  qochtilar. 

Qochqon  cherik  shahar  mahallasida  kirgonda  ko’chalarni  tor  qilib  edilar. 

Otlarni egarini olmay tor ko’chalarg’a kirganda barchaning egarlari sindi va 

yuz nakbat bilan shaharg’a kirdilar. Andin hazrat sohibqiron saodat va iqbol 



 

27 


bila sa’d sori /Farinkent va Sog’arj mavze’ida borib, necha kun o’lturdi. Bu 

mahalda  habar  keldikim,  O’ljaytu  va  Po’lot  Bug’a  qarounas  cherikin  jam’ 

etib beri kelatururlar. Bu habar din so’ng Tag’ayshox Keshdin qochib keldi 

va  dedikim:  «Bir  pora  kishi  xabarsiz  Tarmochuq  boshiga  kelib,  ani  tutub 

o’lturub tururlar». Va hazrat soxibqiron bu xabarni eshitib otlanib,  Yomg’a 

tushti va Arg’unshoh Budalig’iykim, xabar bilgali borib erdi, kelib bir kishi 

o’zi  bila  olib  kelturdi.  Ul  kishidin  habar  surdilar,  yukunub  javob  berdikim, 

«Uljaytu va Po’lod Bug’a To’m suying’a yetib tururlar va Husaynbek cherik 

bilan Qarshiga tushti. Hazrat sohibqironning savob ra’yikim tafriq sayqalidin 

yaruq  bo’lg’oy  erdi,  maslahatni  andoq  ko’rdikim,  al-umur  marxunatui  bi 

avqotiha  necha  kun  ro’zg’or  bila  chiqishmoq  kerak,  to  mahal  yetkaykim 

dushmanlarni  o’z  murodi  bila  elikka  kiyurgay.  Va  mo  zalika  ala-Llohil-

azizin. 

 Bayt: 


Yoqut bo’ldi sabr ila toshdin burun

Sabr qilg’onidin o’ldi aning qiymati fuzun. 

Bu sababdin har cherikkim, Kesh viloyatidin jam’ etib erdi, ijozat berdi 

va  olti  yuz  kishi  bilankim,  Xuroson  viloyatidin  aning  bila  kelib  erdi, 

Samarqandning suv quyi sori bordi.  


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə