Энциклопедия 9-том


Jeta cheriki Samarqand shahrining qamal qilg’onlari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

Jeta cheriki Samarqand shahrining qamal qilg’onlari 

Jeta  cheriki  Samarqandg’a  yettilar.  Va  ul  mahalda  Samarqandning 

qal’asi  yo’q  erdi.  Mavlonozoda  Samarqandiy  va  Xo’rdak  Buxoriy  va  Abu 

Bakr  Kalaviy  Naddof  shahar  eliga  dedilarkim,  ko’chaband  va  muhofizatqa 

mashg’ul bo’ldilar. Va muddati ul shaharning ra’iyatlari bovujud ulkim, alar 

ichida  hokimi  yo’q  erdi,  andog’  urushtilarkim,  malak  falakda  alarg’a 

maxtadi.  Va  Jeta  cherikiii  qo’ymadilarkim,  shaharning  yaqinida  kelgaylar. 

Qamal  asru  uzun  bo’lg’oy  jihatidin  ojiz  bo’lub,  xudoyg’a  yolbordilar. 

Alarning duolari mustajob bo’lub, hazrat Haqqining lutfi faryodlarig’a yetib, 

nasimi  ruhbaxsh  Fa-ipna  ma’a-l-’usri  yusran  iina  ma’al-usri  yusro  rahmati 

Ilohiydin kelib, Jeta cherikining otlari ichida vabo tushub,  ancha ot o’ldikim,   

to’rt  kishi  orasida bir ot qolmadi

11



XIV  asrning  60-yillarida  Movarounnahrda  hukm  surgan  nihoyatda 

og’ir  siyosiy  va  iqtisodiy  vaziyat  mamlakatni  birlashtirib,  kuchli  bir  davlat 

tashqil  etishni  talab  qilmoqda  edi.  Amir  Husayndan  ko’ra  Amir  Temur  o’z 

zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi.  Shuning uchun ham u o’z 

faoliyatining    dastlabki    bosqichida    barcha    harakatni  Movarounnahrda 

markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda 

u  ruhoniylar,  harbiylar,  savdogarlar  va  shahar  hunarmandlari  tabaqalariga 

suyanadi.  Amir  Temur  tarqoq  mamlakatni  birlashtirishga  kirishar  ekan, 

ko’rashni  avvalo  ichki  va  o’ziga  yaqin  g’animlaridan  boshlaydi.  1370- 

yilning  bahorida  Amir  Temur  kuchli    raqib,    sobiq  ittifoqdoshi,  Balx 

hukmdori Amir Husaynga qarshi yo’lga chiqadi. Qo’shin Termiz yaqinidagi 

Buyo  qishlog’iga  yetganida  aslzodalardan  Sayyid  Baraka  Amir  Temur 

faoliyatini qo’llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi katta nog’ora— tabl 

                                                 

10

 O’sha joyda. 



11

 Qarang:  ―Zafarnoma‖.95-bet. 




 

25 


bilan yalov —   bayroq   tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea siyosiy ahamiyatga 

ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi.  

Shuning uchun ham u Balxga yetmasdan O’rpuz mavzeida amir va no’yonlar 

bilan  mashvarat  (majlis)  o’tkazadi.  Ko’pchilikning  xohish  va  ixtiyori  bilan, 

qadimiy qonun-qoidaga ko’ra, chingiziylar avlodidan bo’lgan Suyurg’atmish 

o’g’lon  (1370—1388)  mamlakat  podsholigi  taxtiga  o’tqiziladi.  Bu  orada 

Amir Temur qo’shini to Balxga yetib borgunicha, yo’l-yo’lakay unga yangi-

yangi kuchlar kelib qo’shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko’pchilik 

amirlari  uni  tark  etadilar.  Jangda  Amir  Husayn  qo’shinlari  yengiladi,  ikki 

ko’nlik qamaldan so’ng,  1370-yilning 9-aprelida Balx shahri Amir Temurga 

bo’ladi. Amir Husayn asir olinib, qatl etiladi. Ushbu tarixiy voqealar haqida 

―Zafarnoma‖da quyidagicha ma’lumotlar berilgan:  




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə