Энциклопедия 9-том


Tyg’luq Temurxon cherik yig’ib



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

 

Tyg’luq Temurxon cherik yig’ib, 

Movarounnahr sori kelgoni 

Movarounnuhr viloyati aytilg’on qissadin parishon bo’lib erdi. Tug’luq 

Temurxonkim, Emil Xoja o’g’li erdi va Emil Xoja Duvaxonning o’g’li erdi 

va  bu  Duvaxon  Chig’atoy  naslidin  erdi,  Jeta  viloyatida  podshoh  erdi.  El-

ulusini  yig’ishturub,  rabi’  as-soniy  oyida,  torix  yetti  yuz  oltmish  birda, 

sichqon  yilida  (yanvar,  1360)  Movarounnahr  viloyatining  parishonlig’ini 

eshitib,  cherik  tortib  Movarounnahr  sori  yuzlandi.  Tarmashirin  xondin  beri 



 

22 


o’ttuz  uch  yil  kechkon  erdi  va  bu  o’ttuz  uch  yilda  sakkiz  xon  Chig’atoy 

ulusida podshohlik qildilar

8



Tug’luq  Temur  Chanoq  Buloqkim,  Xo’jand  suyig’a  yaqin  turur, 



Toshkand  sahrosidin  chiqib  andi  tushti.  Anda  beklari  bilan  kengashti. 

Maslahat  bu  ko’rdilarkim,  Ulug’  Temurkim,  o’mog’i  kerait  erdi,  va 

Hojibekkim,  o’mog’i  arkanut  erdi,  va  Bekkichikkim,  o’mog’i  qanqli  erdi, 

ilgari  yurug’aylar.  Bu  uch  bek  xon  yorlig’i  bila  yuridilar.  Xo’jand  suyidin 

kechib  erdilarkim,  Boyazid  Jaloyir  el-ulusi  bilan  alarg’a  qo’shuldi  va  ittifoq 

bilan Kesh viloyati sori yuridilar. Amir Hoji Barlos Kesh va Darshi cherikini 

yig’ishturub,  urushur  xayolini  qildi.  Ammo  o’zi  bilan  har  nechakim  fikr 

ettikim, bu kelgon yaag’ini nechuk daf’ qila olg’ay, bilmadi. Oqibat maslahat 

mundoq ko’rdikim, alar yetkondin burun el-ulusi bilan Xuroson sori borg’ay. 

El-ulusini  va  kishi-qarosini  va  ypyg’-qiyoshini  barchani  ko’churub  Xuroson 

sori bordi. 

Movarounnahrning  hukmdori  etib  tayin  qilingan  Ilyosxoja  bilan  Amir 

Temurning  murosasi  to’g’ri  kelmaydi.  Shu  sababli  u  1361  yillar  oxirida 

mamlakatni tark etishga majbur bo’ladi. U Movarounnahrning nufuzli amir-

laridan  Xusayn  bilan  ittifoq  tuzadi.  Amir  Temur  Xusaynning  singlisi  Uljoy 

Turkon  Og’oga  uylangach,  ularning  ittifoqi  qarindoshlik  aloqalari  tufayli 

yanada  mustahkamlanadi.  Amir  Temur  va  Xusayn  avval  boshidanoq 

movarounnahrlik  isyonkor  amirlarga,  so’ngra  esa,  mo’g’ullarga  qarshi 

ko’rash  olib  boradilar.  1363  yilda  Amudaryoning  chap  sohilida  Qunduz 

shahri  yonida  mo’g’ullar  bilan  birinchi  jangi  bo’lib,  unda  Amir  Temur  va 

Xusaynlar  umumiy  dushman  ustidan  g’alaba  qozonadilar.  Keyingi  ikki  yil 

davomida ittifoqchilar Ilyosxoja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta 

jang qiladilar. Nihoyat 1364 yil oxirida ular mo’g’ullarni Movarounnahrdan 

quvib chiqaradilar. 

                                                 

8

 Sharofiddin Ali Yazdiy ―Zafarnoma‖. T., ―Sharq‖, 1997, 87-bet. 




 

23 


Biroq  Movarounnahrni  qo’ldan  chiqarishni  istamagan  Ilyosxoja  1365 

yilning  bahorida  yana  Turkiston  ustiga  qo’shin  tortadi.  Ikki  o’rtadagi  jang 

1365  yil  22  may  kuni  Toshkent  bilan  Chinoz  o’rtasida,  Chirchiq  daryosi 

buyida  sodir  bo’ladi.  Tarixda  u  «Jangi  loy»  nomi  bilan  shuhrat  topadi. 

Chunki  o’sha  kuni  kuchli  jala  quyib,  jang  maydoni  botqoqlikka  aylanadi, 

hatto  otlar  loyga  botib  qoladi.  Jangda  Amir  Temur  bilan  Xusayn  kelishib 

harakat  qilmaganliklari  oqibatida  ular  mag’lubiyatga  uchraydilar. 

―Zafarnoma‖da bu voqea quyidagicha berilgan: 




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə