Энциклопедия 9-том


III-Bob: “Amir Temur shaxsini o’rganishda Sharofiddin Ali Yazdiyning



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

III-Bob: “Amir Temur shaxsini o’rganishda Sharofiddin Ali Yazdiyning 

“Zafarnoma”  asarining  roli  va  ahamiyati”  mavzusini  tarix  darslarida 

o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarda foydalanish usullari 

 

3.1.Mavzuni o’tishda noan’anaviy usullardan foydalanish. 



 

Xulosa: 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

Mundarija: 

 

 




 



Kirish 

O’zbekiston  mustaqillikka  erishgan  kundan  boshlab  tariximizga 

bo’lgan  munosabat  tubdan  o’zgarib,  sovet  davrida  noto’g’ri  baho  berilgan 

yoki  yuzaki  ko’rib  chiqilgan  masalalarga  jiddiy  ilmiy  yondashuv  kuchaydi. 

Ayniqsa,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  1998  yil  27 

iyuldagi  "UzRFA  tarix  instituti  faoliyatini  takomillashtirish  haqidagi" 

qaroridan  so’ng  haqqoniy  tarixni  yaratish,  bu  jarayonda  birlamchi 

manbalarga  asosiy  e’tibor  berish,  qo’yilgan  muammoni  soha  mutaxassislari 

tomonidan xal etilishi, mavjud muammolar yechimini ilmiy asoslash borasida 

anchagina  ishlar  amalga  oshirildi.  Shunga  qaramasdan,  uzoq  o’tmishlarga 

borib  taqaluvchi  o’lkan  tariximizda  yechimini  kutayotgan  muammolar 

talaygina.  Ana  shunday  fundamental  masalalardan  biri  -  o’zbek  xalqi 

davlatchiligi tarixidir. 

O’zbek  davlatchiligi  tarixida  sohibqiron  Amir  Temur  va  temuriylar 

davri tarixi muhim ahamiyatga egadir. Buning sababi sohibqiron Amir Temur 

davlatning boshqaruv, tashqi va ichki siyosat, obodonchilik sohasida boshqa 

davlatlarga o’rnak bo’ladigan ishlarni amalga oshirganlar

1

.  


Jumladan,    o’tmish  sarhadlariga  nazar  tashlar  ekanmiz,  Amir  Temur 

bobomizning  mohir  sarkarda,  buyuk  bunyodkor,  qudratli  hukumdorligini 

zslab  o’tmay  ilojimiz  yo’q.  Ko’p  yillik  hukumronlik  qolgan  bu  sulola  bir 

qancha  me’moriy  obidalar  majmualarini  o’z  yurtida  va  boshqa  davlatlarda 

bunyod  qildi.  Sohibqiron  Temur  "Temur  tuzuk"lari  asarida  "Amir  etdimki 

katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, Madrasa, xonaqox bog’ 

rog’lar  bino  kilunsunlar,  faqir  miskinlarga  langarxona  (musofurxona) 

solsunlar,  kasallar  uchun  shifoxona  qurilsinlar  va  ularda  ishlash  uchun 

tabiblar  tayinlansin,  har  bir  shaharda  dorul  -  amorat  (hukumdor  saroyi)  va 

dorul  -  adolat  (adolat  capoyi)  qursunlar"  deb  amr  qiladi.  Sohibqiron  Temur 

                                                 

1

 A.Muxammadjonov. O’zbekiston tarixi. T., ―O’qituvchi‖, 1994, 95-bet. 




 

davrida  bunyodkorlik  davlat  siyosati  darajasida  ko’tarilgan  deyishimiz 



mumkin.  Dastavval  Temur  saltanati  poytaxti  qilib  belgilagan  shahar 

Samarqandni  dunyoning  eng  obod  shahriga  aylantirdi  va  ulutvorligini 

ko’rsatish  uchun  atrofida  Damashq,  Bog’dod,  Misr,  Sheroz  Sultoniya  kabi 

dunyoning  eng  mashhur  shaharlarining  nomlari  bilan  atalgan  qishloqlar 

bunyod  ettirgan.  Shahar  atrofida  Oxanin,  Shayxzoda,  Chorsu,  Qorizgoh, 

Suzangaron,  Feruza  kabi  yirik  darvozalar  bunyod  etdi.  Ispan  elchisi  Rui 

Gonsalis de Klavixo kundaligida "Gulbog’, Bog’i Dilkusho, Bog’i Nav kabi 

bog’lar  va  boshqa  bog’larning  nomlari,  Samarqanddagi  Ko’ksaroy,  Amir 

Temur  Jome  masjidi,  Bibixonim  madrasasi,  masjidi  Kusam  ibn  Abbos 

memoriy  majmui,  Amir  Temur  maqbarasi,  Shahrisabzda  Dorul  tilovat 

majmui  va  Oq  saroy,  Turkistondagi  Xoa  Ahmad  Yassaviy  xonaqox 

maqbara"larini  zavq  -  shavq  bilan  qalam  tebratar  ekan,  xayratda  qolib 

yevropada bunyodkorlik bu darajada revojlanmaganligini eslab o’tadi. 

Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  ―Zafarnoma‖  asari  ham  Sohibqiron  Amir 

Temurning  xokimiyat  tepasiga  kelishi,  Samarqand  va  mamlakatning  boshqa 

hududlaridagi obodonchilik ishlari, mamlakat xavfsizligi yo’lida olib borgan 

ko’p yillik harbiy yurishlari haqidadir.  

Sohibqironning  me’moriy  bunyodkorligi  sohasidagi  beqiyos  ishlarini 

Turkiston, Samarqand, Kesh, Buxoro, Toshkent kabi shaharlarda hozirgacha 

saqlanib qolganligini noyob va nodir obidalar misolida ko’rishimiz mumkin. 

Ya’ni  Temurnylar  davridagi  bunday  o’lkan  bunyodkorlik  jarayoni  natijasi 

o’laroq keng ko’lamda me’morchilik mujizalari yaratilgani fikrimiz dalilidir. 

Ush  davrda  Temuriylar  tarixini  yoritib  bizga  asl  manbani  yozib  qoldirgan 

Shaarofiddin  Ali  Yazdiy  shunday  deydilar:  "Sohibqiron  har  yerdakim 

imoratqa qobil yer ko’rsa erdi ul yerda albatta bir imorat solur erdi" deganlar. 

Buningdek  ma’lumotdan  ko’rinib  turibdiki  Sohibqiron  doim  me’morchilik 

ishlarini keng ommada rivojlantirgan. 



 

Sharafuddin  Ali  Yazdiy  1454,  Yazd  shahri  yaqinidagi  Taft  qishlog’i 



temuriylar  davri  mashhur  tarixnavisi  1414—35  yillar  mobaynida 

Shohruxning o’g’li, Fors o’lkasi hokimi Ibrohim Mirzo xizmatida bo’ladi va 

uning  topshirig’i  asosida  mashhur  «Zafarnoma»  asarini  yozadi.  Ibrohim 

Mirzo  vafotidan  so’ng  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Sultoniya,  Ray  va  Qum 

viloyatlari  hokimi  bo’lgan  Shoxruxning  nabirasi  Sulton  Muhammad 

hizmatiga o’tadi. 1445—46 y. Muhammad Sultonning  markaziy hukumatga 

qilgan  isyoniga  aralashib  qolgan  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Ulug’bek  o’g’li 

Abdulpatif  tomonidan  jazodan  saqlab  qolinadi  va  Xirotga  yuboriladi. 

Kamoliddin  Abdulvosid  an-Nizomiyning  «Maqomoti  mavlaviy  Jomiy» 

asarida  keltirilishicha,  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Xirotga  kelib,  Jomiyning 

suhbatida  bo’lgan.  Shoxrux  vafotidan  so’ng  (1447  y.)  o’z  vatani  Taftga 

kaytib  keladi  va  xonaqoxga  joylashib,  umrining  oxirigacha  o’sha  yerda 

yashaydi. 

Navoiy  «Majolis  un-nafois»  asarida  yozishicha,  6  yoshida  «Shoxrux  Sulton 

buzug’lig’ida»  (ya’ni  Shoxrux  vafotidan  so’ng  mamlakatda  yuz  bergan 

nizolar chog’ida) katta jamoat bilan Xurosondan Iroqqa ketayotganda, Taftda 

Sharafuddin  Ali  Yazdiy  yashagan  xonaqoxda  bo’lib,  uni  qurgan.  Navoiy 

ushbu asarida Sharafuddin Ali Yazdiyning bilimdonligiga yuqori baho berib: 

«Mavlononing sohib kamolligi olam ahli qoshida musallamdur», deb yozgan. 

Shundan  keyingi  yillarda,  ya’ni  1452  yil  tarixchi  Abdurazzoq  Samarqandiy 

ham  Taftda  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  bilan  uchrashib  suhbatlashgan. 

Mo’g’uliston  xoni  Yunusxon  yoshligida  Shoxrux  topshirig’iga  ko’ra,  uzoq 

yillar  Sherozda  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  tarbiyasida  bo’lgan  va  sulton  Abu 

Sayd uni olib kelib, Mo’g’ulistonga xon etib tayinlagan. 

Sharafuddin  Ali  Yazdiy  adabiyot  va  til  uslubi,  she’riyat  nazariyasi,  nujum 

ilmi, tarix musiqa, tasavvufning nazariy masalalari bo’yicha bir nechta asarlar 

yozgan. «Sharaf» taxallusi bilan she’r bitgani ham ma’lum.  

Shuningdek, 




 

Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  «Hullali  mutarraz  dar  muammo  va  lug’az» 



(«Muammo  va  topishmoqlar  borasida  bezakli  noma»);  ―Muntaxabi  xulal‖ 

(mazkur asarning qiskartirilgan bayoni); «Mavotin yo manozirdar muammo» 

(«Muammo fanida joy va manzaralar»); «Kunh uzzod dar ilmi vakfi a’dod» 

(«Adadlar  muvofiqligi  ilmida  hakiqat  chuqqisi»);  «Al-kitob  fi  ilm  il-

usturlobi»  («Usturlob  ilmi  bo’yicha  kitob»);  «Devoni  Sharaf  Yazdiy» 

(«Sharaf Yazdiyning devoni»); «Xaqoyiq at-taxlil» («Taxlil, ya’ni «Lo ilaxd 

illallox»ning  haqiqatlari);  «Sharhi-Qasidai  Burda»  («Qasidai  Burda»ning 

sharxi); «Sharqi Asomoi Alloh» («Alloh ismlari» sharhi); «Tuxfat ul-faqir va 

xddyat  ul-xakir»  («Faqirning  tuhfasiyu,  xayirning  xadyasi»);  «Munshaot» 

(Xatlar  to’plami);  Amir  Temur  tarixiga  bag’ishlangan  she’riy  asarlari 

ma’lum. 

 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə