Энциклопедия 9-том


I-BOB.  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”  asarining



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

I-BOB.  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”  asarining 

yaratilish va undagi tarixiy voqealar bayoni 

 

1.1.Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarining yaratilishi. 

 

Yaqin  yillargacha  buyuk  bobomiz  Amir  Temur  haqida  kitob  yozish u 



yoqda  tursin,  hatto  nomini  aytishdayoq  qo’rqa-pisa  olazarak  bo’linardi. 

Mustaqillikka  erishishimiz  sharofati  bilan  ahvol  butunlay  o’zgardi.  Bugun 

poytaxtimizning  markaziy  hiyobonini  bobomizning  haykali  bezab  turibdi. 

1996  yilda  Amir  Temurning  660  yilligini  nishonlash  haqida 

Prezidentimizning  Farmoni  e’lon  qilindi.  Unda  «Jahon  tarixidagi  buyuk 

siymolardan biri, Markaziy Osiyo halqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 

taraqqiyotiga  o’lkan  hissa  qo’shgan  ulug’  davlat  arbobi  va  sarkarda,  fan  va 

madaniyat  homiysi  sohibqiron  Amir  Temur»  degan  viqorli  iboralar  bor.  Bu 

so’zlar, biz, ko’p yillardan beri orzu qilgan kunlar kelganidan dalolat beradi. 

O’sha  Farmonning  bandlarida  O’zbekiston  nashriyotlari  Amir  Temur  va 




 

uning  davri  fani,  madaniyati  va  san’atiga  oid  qulyozma  va  yangi  asarlarni, 



shu  jumladan,  chet  ellarda  nashr  etilgan  adabiyotlardan  namunalarni  nashr 

etishni  uz  rejasiga  kiritishi  havola  etilgan  bo’lib,  bu  bizga  katta  mas’uliyat 

yuklaydi.  Tangri  taologa  ming  qatla  shukurki,  shu  buyuk  voqea  tufayli 

kuchimizga kuch qo’shilib, ushbu kitobni nashrga tayyorladik. 

Amir  sohibqironning  hayoti  va  faoliyati  Markaziy  Osiyo  halqlarining 

tarixida  tom  ma’noda  inqilobiy  o’zgarish  yasadi.  Bu  o’zgarishlar  shu  qadar 

o’lkan  tarixiy  ahamiyatga  molik  bo’ldiki,  mana  bir  necha  asrdirki,  dunyo 

olimlari tomonidan Temur va Temuriylar davri turli fanlar nuqtai nazaridan 

o’rganilayapti. Temur va Temuriylar davri tarixi, eng avvalo, ularning o’ziga 

zamondosh  bo’lgan  muarrixlar  asarlarida  aks  ettirildi.  Bular  esa  uz  galida 

Temurning  harbiy  yurishlarida  ishtirok  etgan  kishilar  bo’lgan  yoki  ular 

shunday 


shohidlarning 

kundalik 

yozuvlaridan 

va 


esdaliklaridan 

foydalanganlar.  Ana  shunday  kishilardan  eng  birinchisi  G’iyosiddin  Ali  ibn 

Jamol  Yazdiy  «Hindistonning  gazavoti  ruznoma»sini  1399  va  1403  yillar 

orasida yozib, Temurga taqdim etgan. Lekin asar voqealarning tavsifi nuqtai 

nazaridan  haqqoniy  bo’lsa  ham,  haddan  tashqari  xushomadgo’ylik  ruhida 

yozilgan  bo’lib,  Amirga  yoqmagan.  Biroq,  bu  asar  keyinroq  Nizomiddin 

Shomiy  va  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  asarlariga  asos  vazifasini  bajargan.  Bu 

asarning matni nashr etilgan va ruscha tarjimasi ham chop etilgan

2



G’iyosiddinning  asari  yoqmagani  sababli  Amir  Temur  hijriy  804 



melodiy 1401-02 yili o’zi bilan 1392 yildan beri harbiy yurishlarida ishtirok 

etgan Nizomiddin Shomiyga sodda til bilan va saroy solnomalariga asoslanib, 

uning  tarixini  yozishni  buyuradi.  Nizomiddin  1404  yil  yozida  asarini  yozib 

tugatib, Amir sohibqironga taqdim etadi va vataniga qaytishga ruxsat oladi. 

Birinchi bo’lib Nizomiddin o’z asarini «Zafarnoma» deb ataydi. Unda 

xijriy  806  yil  oxirigacha,  ya’ni  melodiy  1404  yilning  iyuligacha  bo’lgan 

                                                 

2

 Temur tuzuklari. Forschadan Alixon Sog’uniy va Habibullaxon Karamatov tarjimasi. T., G’.G’ulom, 1991, 55-bet. 




 

voqealar  aks  ettirilgan.  Amir  Temur  hayotining  qolgan  qariyb  sakkiz  oyiga 



taalluqli  voqealar  va  vafotidan  keyingi  oylardagi  hodisalar  unga  kirmagan. 

Demak, shu nuqtai nazardan asarni mukammal deb bo’lmaydi. 

Ana  shunday  eng  mukammal  asarni  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  yaratdi. 

Sharafuddin  ham  G’iyosiddin  Ali  kabi  Eron  zamindagi  Fors  viloyatining 

shimolidagi  Yazd  shahrida  tug’ilgan.  U  obdon  zukkoligi  va  donoligi  bilan 

Temuriylarning diqqatini o’ziga jalb qiladi. Sharafuddin bir necha yil Xirotda 

Shohrux  mirzoning  hamda  Forsda  uning  kichik  o’g’li  Ibrohim  Sultonning 

saroyida hizmat qiladi. U she’riyat, falsafa va ilmi nujumdan obdon habardor 

olim edi. «Sharaf» taxallusi bilan she’rlar bitar edi. Sharafuddin o’z hayotida 

bajargan ikki sharafli ishining biri shu ediki, Ulug’bek harbiy yurishlarining 

birida  hijriy  832  melodiy  1428-29  yili  yosh  mo’g’ul  xoni  Yunusxonni  asir 

qilganida  Shohruxning  buyrug’i  bilan  Sharafuddin  asir  xonning  ustozi  etib 

tayinlanadi.  Sharafuddin  bir  muddat  Yunusxon  bilan  Yazdda  yashab,  uning 

tarbiyasi bilan shug’ullanadi va aftidan, o’z bilimlaridan unga ancha singdira 

olgan. Ana shu yosh xon keyinchalik Hindistonda uch asrdan ko’proq hukm 

surgan  Temuriylar  sulolasining  asoschisi  Zahiriddin  Muhammad  Boburning 

ona tarafidan bo’lajak bobosi edi

3



Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  ikkinchi  va  asosiy  sharafli  ishi  —  uning 

o’z  «Zafarnoma»sini  yaratishidir.  Sharafuddin  asarining  debochasida 

ko’rsatishicha, uni hijriy 828 yili melodiy 1424-25 yozib tugatgan. Shu tarix 

Abdurazzoq  Samarqandiyning  «Matlai  sa’dayi  va  majmai  bahrayn»  asarida 

ham  ko’rsatilgan.  Asar  Amirning  mufassal  va  shaxzoda  Xalil  Sultonning 

qisqacha  tarixidan  iborat  bo’lib,  zamondoshlariga  o’ta  manzur  bo’lgan.  Bu 

asarga  asos  bo’lgan  ilk  nusxani  Temurning  saroy  kundaliklari  va  bonqa 

manbalar  asosida  va  saroy  kotiblarining  yordamida  Ibrohim  Sulton  yozgan. 

Bu nusxani qayta ishlab va yana boshqa manbalardan foydalanib Sharafuddin 

                                                 

3

 A.Muxammadjonov. O’zbekiston tarixi. T., ―O’qituvchi‖, 1994, 84-bet. 




 

uz «Zafarnoma»sini yaratgan. Muallif o’z asarini birinchi maqola deb ataydi 



va  Shohruxga  atalgan  ikkinchi  maqola  hamda  Ibrohim  Sultonga  atalgan 

uchinchi  maqolani  yozishni  ham  rejalashtirib  qo’yadi.  Bu  hol  matnda  ham 

o’z aksini topgan va o’quvchi quyida buning guvohi bo’ladi. 

Asar  turk  xonlarining  shajarasi  va  Chingizxon  tarixiga  bag’ishlangan 

o’lkan (82 varaq) Muqaddima bilan boshlangan. Asar ko’pdan-ko’p she’rlar 

bilan  ziynatlangan  bo’lib,  ular  Sharafuddnnning  shaxsiy  ijodi  ekanligi 

shubhasiz.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  Sharafuddinning  «yordami»  bilan 

Temur  ham,  uning  farzandlari  va  lashkarboshilari  ham  ko’pincha  ba’zi 

voqealar  munosabati  bilan  forsiy  she’rlar  aytadilar.  Sharafuddin  ba’zi  ruhiy 

kechinmalarini  ham  lirik  chekinish  sifatida  uzundan-uzoq  she’rlar  bilan 

ifodalaydi.  Shunday  joylarda  muallif  o’quvchining  diqqati  va  vaqtini 

suyiste’mol  qilayotgani  seziladi.  Chunki  bunday  sahifalarda  harbiy,  siyosiy 

voqealarning  rivojlanishi  sustlashib  ketadi,  yoki  umuman  to’xtaydi.  Lekin 

talqin  uslubi  qandayligidan  qatьi  nazar  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning 

«Zafarnoma»si Amir Temur tarixiga bag’ishlangan asarlarning eng haqiqatga 

yaqini va eng mukammali hisoblanadi. Shuning uchun ham asar yozilganidan 

beri  utgan  besh  yarim  asrdan  ortiq  vaqt  ichida  u  qayta-qayta  ko’chirilgan, 

turli  Sharq  va  Fapb  tillariga  ham  to’la,  ham  qisman  tarjima  qilingan  va  bir 

necha  marta  nashr  etilgan.  Shunday  nashrlarning  eng  mukammali  1972  yili 

A.O’rinboyev tomonidan chop etilgan nusxaviy tanqidiy matn hisoblanadi. 

Eslatilgan  tarjimalar  orasida  Muhammad  Ali  ibn  Darvesh  Ali  al-

Buxoriy  tomonidan  Shayboniylar  sulolasidan  xon  Kuchkunchixon  (1510—

1529) farmoniga ko’ra 1519 yilda bajarilgan o’zbekcha tarjima  muhim urin 

to’tadi.  Asar  eski  o’zbekchaga  yana  ikki  marta  tarjima  etilgan  bo’lib, 

bularning  birinchisi  noma’lum  tarjimon  tomonidan  Yaroqbiy  Qo’ng’irot 

degan  shaxsning  buyrug’iga  ko’ra  1550  yili  bajarilgan.  Oxirgi  o’zbekcha 

tarjimani  1826  yili  Shermuhammad  Munisning  tavsiyasi  bilan  Xivada 



 

10 


Xudoyberdi  ibn  Hushmuhammad  Sufi  Xevaqiy  bajargan  bo’lib,  bu  ancha 

qisqartirilgan tarjimadir. 

Muhammad Alining o’zbekcha tarjimasiga kelsak, bu, bizningcha, tom 

ma’noda o’zbek mumtoz nasrining ilk buyuk obidalaridan biridir. Biz quyida 

ko’ramizki,  bu  asarning  nafaqat  tarjimasi,  balki  Sharafuddin  she’riyatiga 

taallukli ayrim yerlarda qayta ishlanishi ham deyilmog’i kerak 

Muhammad  Ali  tarjimasi  yagona  nodir  nusxada  mavjud  bo’lib,  u 

Istanbulda,  Nuri  Usmoniya  kutubxonasida  3268  raqam  bilan  saqlanadi.  Bu 

yerga u turk sultoni Mustafo uchinchi  tomonidan hijriy 1171 melodiy 1757 

yili  vaqf  qilingan.  Demak,  qo’lyozma  u  yerga  oldinroq  borib  qolgan. 

Qo’lyozma  hali  teran  o’rganilmagan.  U  haqda  faqat  venger  sharqshunosi 

Yanosh  Ekman  1964  yili  qisqagina  ma’lumot  keltirgan  va  vatandoshimiz 

Miyon  Buzruk  1927  yili  «Maorif  va  o’qituvchi»  jurnalida  xabar  bergan. 

Biroq, qulyozma sahifalarida bir turk o’quvchisining lotin harfi bilan hozirgi 

turk tilida yozgan ayrim so’zlari va qator belgilari ham bor. Shunga ko’ra bu 

qo’lyozma  haqida  turkcha  biror  tadqiqot  bo’lsa  kerak  deb  taxmin  qilish 

mumkin.  Lekin  o’sha  ―turk  uquvchisi‖  aslida  Yanosh  Ekman  bo’lganligi 

ehtimoli ham tutildi. 

Qo’lyozma asl matni sahifalari raqamlanmagan. Lekin o’sha noma’lum 

turk,  asar  bilan  qisqa  fursatda  tanishibdi  shekilli,  uni  raqamlaganiga  ko’ra 

ko’lyozma 319 varaq bo’lgan. 

«Qisqa  fursatda  tanishish»  deyishimizga  sabab  shuki,  asarni  nashrga 

tayyorlash  jarayonida  aniqladikki,  uning  ko’plab  varaqlarini  jildlanish 

paytida  o’rni  almashgan  ekan.  Bu  varaqlarni  tartibi  bilan  o’rniga  qo’yishda 

ularning  hammasini  «Zafarnoma»ning  forscha  matni  bilan  solishtirishga 

to’g’ri  keldi.  Qo’lyozmaning  46-varaqgacha  «turk»  o’quvchi  qo’ygan 

raqamlar  mazmun  bayoni  bilan  mos  keladi.  So’ng  asar  jildidagi  «turk»ning 

varaq  raqamlarida  nomoslik  kelib  chiqadi,  47-varakdan  to  65-varaqgacha, 




 

11 


ya’ni  19  varaqdagi  hodisalar  asarning  ancha  keyingi  qismiga  tegishli. 

Shuning  uchun  orqadagi  varaqlarni  oldinga  olib,  varaqlarni  boshqatdan 

qirqib,  yamash  va  raqamlashga  to’g’ri  keldi.  Xuddi  shuningdek  119,  120, 

134, 157, 164-varaqlarni tarjima jarayonida «topib, joyiga qo’yildi». Bunday 

varaq  «siljishlari»  asarning  keyingi  qismida  ham  ko’p.  Umuman  olganda, 

hammasi  bo’lib  35  varaqning  o’rni  almashgan  bo’lib,  ularni  forscha  matn 

bilan solishtirib, o’z joyiga quydik.

4

 



Endi  asarning  tarkibi  va  mazmuniga  kelsak,  Muhammad  Ali 

«Zafarnoma»ning  forscha  matnidagi  turk-mo’g’ul  xalqlarining  kelib  chiqish 

haqidagi  82  varaq  muqaddimani  tushirib  qoldirgan.  Bundan  tashqari  bu 

muallif  Sharafuddinning  uzundan-uzun  mulohaza  va  she’rlarini  ham  atayin 

tushirib qoldiradi. 

Muhammad  Ali  asar  boshida  o’zining  kirish  so’zini  keltiradi  va 

asardagi  eng  birinchi  sarlavhasini  «Temurbekning  mo’tavallud  bo’lg’oni  va 

olamni  o’z  jamoli  bila  yaruq  qilgoni  so’zlari»  deb  ataydi.  Bu  esa  forscha 

matnning  86-varaqadagi  sarlavhaga  mos  keladi.  Asar  davomida  Temurning 

o’zi  haqida  ko’pdan-ko’p  biografik  ma’lumotlar  keltirilganligi  uchun  uni 

faqat  Amirning  g’alabalari  tavsifi  emas,  balki  hayotnomasi  deb  atash 

mumkin. Asarda Amirning barcha oila a’zolari va qarindosh-urug’lari haqida 

ham ko’plab ma’lumotlar keltiriladi. 

«Zafarnoma»  faqat  sohibqironning  harbiy  yurishlarini  maqtab, 

ko’klarga  ko’tarishdan  iborat,  desak  xato  bo’lurdi.  Unda  inson  harakterlari 

ham  juda  yaxshi  tavsiflangan.  Xususan,  Temurning  shaxsiy  harakteri 

Sharafuddin  Ali  tomonidan  zur  mahorat  bilan  ko’rsatilgan.  Muhammad  Ali 

esa o’zbek tiliga ana shunday sahifalarni yuksak mahorat bilan akslantirgan. 

Ba’zi sahifalarda Temur faoliyati haqqoniy bayon qilingan va uni asoslashga 

                                                 

4

 

Temur tuzuklari. Forschadan Alixon Sog’uniy va Habibullaxon Karamatov tarjimasi. T., G’.G’ulom, 1991, 68-bet. 



 


 

12 


urinishlar  seziladi  va  uning  mislsiz  olamgirligi  ko’rsatilgan  bo’lsa,  boshqa 

sahifalarda,  chunonchi.  Qizi  Tag’ayshohning  va  o’g’li  Jahongir  mirzoning 

vafotlariga  taalluqli  sahifalarda  sohibqiron  insoniy  zaifliklarga  ega  bo’lgan 

kishi  ekanligi  ham  ko’rsatilgan.  Lekin  ikkala  muallif  Sharafuddin, 

Muhammad  Ali  ham  Amir  sohibqironning  buyuk  sherqalbligi,  mislsiz 

qahramonligi, dovyurakligi va bahodurligini katta haqqoniy va mahorat bilan 

ko’rsatgan. Bu sahifalar o’quvchida zarracha shubha tug’dirmaydi. Va Temur 

siymosi  ko’z  oldimizda  chekinmas,  yengilmas  va  zabardast  jangchi  sifatida 

gavdalanadi. 

Asarda  nafaqat  Temur  siymosi,  balki  uning  atrofidagi  ba’zi  bonqa 

shaxslarning  siymolari  ham  yuksak  mahorat  bilan  tasvirlangan.  Masalan, 

sohibqironning  egachin  (opasi)  Qutlug’  Turkon  og’o  haqida  qisqagina 

ma’lumotlar  keltirilgan  bo’lsa  ham,  shu  ma’lumotlarning  o’zigina  uni 

mushtipar  va  g’amho’r  opa,  nafis  didli,  idrokli  va  dono  hamda  jasur  va 

vatanparvar ayol sifatida gavdalantiradi. Bu ayol tili bilan aytilgan bir necha 

og’iz  so’zlarning  o’zigina  uning  butun  Eron  va  Turonda  katta  qudratga  ega 

bo’lgan  hamda  xalqaro  siyosatga  kuchli  ta’sir  ko’rsata  oladigan  yuksak 

irodali  hokima  ayol  bo’lganligini  ko’rsatadi.  Uning  oti  Turkon  og’a 

bo’lganligi ham bejiz emasdek tuyuladi kishiga. 

Amir  Hoji  Sayfuddin  va  amir  Xusayn  siymolari  ham  yuksak  mahorat 

bilan  tasvirlangan.  Bularning  birinchisi  sohibqironning  eng  ishonchli  do’sti 

va  safdoshlaridan  biri  edi.  Amir  eng  mas’uliyatli  va  og’ir  vazifalarni 

farzandlaridan  ham  unga  ko’proq  ishonardi  va  yuklardi.  U  umrining 

oxirigacha sohibqironga sodiqligicha qoladi. 

Amir  Xusayn  avvaliga  Temurning  qaynotasi  va  boshlang’ich  paytlar 

safdoshi  edi.  Lekin  u  o’z  tabiatidagi  tubanliklar  tufayli  yuksak  insoniylik 

xususiyatlariga erisholmaydi va nihoyat, Temurga nisbatan xoyinlikka o’tib, 

halokatga  yuz  to’tadi.  Bu  shaxs  Temurga  nisbatan  qanday  razilliklar  qilgan 




 

13 


bo’lishiga  qaramay,  Amir  sohibqiron  unga  doimo  olijanoblik  bilan  va 

insoniylik bilan javob qaytaradi. 

Amir  Xusayn  vaqti-soati  tugab,  hayoti  bilan  mamoti  orasini  qilcha 

qolgan daqiqalarda mualliflar sohibqironning yuksak insoniy kechinmalarini 

mohirlik bilan tavsiflaganlar. Lekin qanday bo’lishidan qatьi nazar, asarning 

markazida Amir Temur turadi. Mualliflar uni bir daqiqa ham uno’tmaydilar, 

xoh  uzoq,  va  mashaqqatli  yurishlarmi,  hoh  zafarli  janglarmi,  xoh  siyosiy, 

madaniy  yoki  ma’rifiy  ishlarmi  —  barchasida  Amir  shaxsan  ishtirok  etib, 

albatta masalaning eng to’g’ri va dono yechimini topadi, va har qanday og’ip 

sharoitdan  edim  lashkarini  ustalik  bilai  olib  chiqib  ketadi  va  askarlarining 

hayotini  saqlab  qoladi.  Masalan,  1391  yili  To’xtamishga  qarshi  qilingan 

yurishda  200  ming  kishilik  lashkar  og’ir  ozuqa  tanqisligiga  uchraydi:  bir 

askarga kuniga faqat bir tovoq atala berilardi. Boshqa yegulik narsa yo’q edi. 

Bunday og’ir ahvol yana necha kun davom etishi ham noma’lum edi. Shunda 

Amir sohibqiron original yo’l bilan bu ovqat tanqisligi muammosini yechadi: 

u  butun  askarlari  bilan  cho’lni  xalqa  qilib  o’rashni  buyuradi.  Avvaliga 

diametri  bir  necha  o’nlab  kilometrga  yetadigan  o’lkan  xalqa  hosil  bo’ladi. 

So’ngra xalqa torayib, kichrayishi natijasida «ortgan» askarlar ikkinchi qatla-

mi  hosil  qiladi.  Xalqa  ichida  qolgan  tirik  jonivorlarni  soni  shu  qadar  ko’p 

ediki,  mualliflarning  aytishicha,  askarlar  ularni  saralab,  faqat  semizlarini 

qoldirib, ozg’inlarinn qo’yib yuboradilar. Bundan otib olingan ov natijasida 

bir  necha  oylik  ovqat  jamg’ariladi.  9  oy  davom  etgan  bu  yurishda  lashkar 

o’zini-o’zi ovqat bilan ta’minlaydi

5



Shundan harbiy taktika masalalarida XIV asr ikkinchi yarmi va XV asr 

boshida  Amir  sohibqirondan  o’tadigan  boshqa  bir  shaxs  yuq  edi  deyish 

mumkin.  Bu  borada  og’ir  bo’lib  ko’ringan  harbiy  masalani  hazrat  Amir  oz 

                                                 

5

 

Temur tuzuklari. 55-bet. 



 


 

14 


sonlik  askar  bilan  va  sodda  usul  bilan  hal  qilganidan  mualliflarimiz  ham 

xayron  qolishadi.  1364  yili  Ilyos  Xojani  Keshdan  haydab  chiqarishda  bor 

yo’g’i  300  kishidan  iborat  otliq  askari  otlarining  ikki  tarafiga  shox-

shabbalarni  boylab,  chang-to’zon  ko’tarib,  yirik  lashkar  kelayotgandek 

dushman ko’ngliga vaxima solishi; yoki yana bir gal urg’u bo’lib turgan va 

soni  Temurnikidan  bir  necha  bor  ortiq  bo’lgan  dushmanning  atrofiga 

qorong’u  tunda  gulxanlar  yoqib  yana  dushmanlarni  qo’rqitishi  bunga  misol 

bo’la  oladi.  Kavkazda  Qora  daryosidan  ko’priksiz  joyda  qamishdan  ko’prik 

yasab, osonlik bilan suvdan o’tishi ham shunday harbiy zehn va farosatning 

namoyish qilinishidir. 

Asarda  XIV  asrga  xos  bo’lgan  boy  geografik  ma’lumotlar  keltirilgan. 

Shunisi  diqqatga  sazovorki,  Iroq  va  Sharqiy  Anatuliyadan  to  hozirgi  Xitoy 

markazigacha va Fors ko’rfazidan to Kama daryosi xavzasigacha bo’lgan joy, 

suv,  kent,  shahar,  tog’  va  dovonlarning  o’zbekcha  (qarluqcha)  nomlari 

keltiriladi. Bu esa uchala mo’g’ul ulusida ham XIV asrda chig’atoy turkiy tili 

tarqalganligidan dalolat beradi. 

Temurning «uch yillik», «besh yillik» va «yetti yillik» yurish janglarida 

va  boshqa  bu  atamalarga  kirmagan  urushlaridan  oldiga  qo’ygan  maqsadi 

nima edi? degan savol tug’iladi. Odatda rus va sovet mualliflari bu savolga, 

maqsadi  faqat  boylik  orttirish  uchun  olib  borilgan  bosqinchilik  va 

qirg’inbarot  urushlari  edi,  deb  javob  berib  kelganlar.  Masalaga  yuzaki 

yondashganda  shunday  tuyulishi  mumkin.  Lekin  1385  yilgacha  Temurning 

mamlakatlarni  bosib  olish  niyati  bo’lmaganligi  aniq.  O’sha  yil  boshida 

To’xtamishxonning  Tabrizga  bostirib  kelib,  shaharni  vayron  qilishi  uning 

rejalariga qat’iy o’zgartirish kiritadi. Bundan bir necha ynl avvalroq u «Xudo 

bitta  bo’lganidek  butun  dunyoda  podsho  ham  bitta  bo’lishi  kerak»  degan 

bo’lsada, bu fikrini u hech qachon to’la amalga oshirishga harakat qilmagan 

edi. Mazkur yilgacha olib borgan urushlari asosan yo turli vaqtlarda orttirgan 




 

15 


dushmanlaridan  o’ch  olish,  yoki  aholiga  zulm  o’tkazayotgan  hokimlarning 

tanbixini berish, yohud shar’iy farz deb hisoblangan diniy dushmanlar bilan 

olib  borilgan  gazavot  urushlari  edi.  Gazavot  urushlarini  ham  u  faqat 

musulmonlarga  nisbatan  zulm  o’tkazayotgan  g’ayridinlarga  qarshi  olib 

borardi.  Bu  hol  asarda  o’z  aksini  topgan.  Lekin  To’xtamishning  mazkur 

yurishlaridan so’ng u butun Eronni bosib, Oltin Urdaga qo’shib olishi xavfi 

tug’iladi.  Shuning  uchun  Amir  Temur  Tuxtamishdan  avval  Eronni  o’z 

mulkiga  qo’shib  olishga  qaror  qiladi.  Eronni  zabt  etganidan  so’ng  umuman 

Hulogu  mulkini  tamoman  zabt  etish  g’oyasi  tug’iladi.  Xaqiqatdan  ham 

Hulogu mulkining asosiy qismi bo’lmish Eron va u mulkning ikkala poytaxti 

Tabriz va Sultoniya zabt etilganidan so’ng bu mulkning parchalari bo’lmish 

Iroq, Suriya va Sharqiy Anatuliyani qo’shib  olmay iloji yuq edi. Chunki bu 

yerlarning hokimlari Temurning dushmanlariga panoh berib, yerlari Amirga 

nisbatan ig’vo va hujum plandarmi-bazasiga aylangan edi. 

Temur  harbiy  yurishlarining  yana  bir  sababi  bor  edi.  Bu  ham  bo’lsa, 

Buyuk  Ipak  yo’lini  bir  mamlakatga  birlashtirib,  undagi  xavfsizlikni 

ta’minlash  edi.  Sharafuddin  bir  necha  marta  Mo’g’uliston,  Eron  va  Iroqda 

mahalliy  hokimlarning  farovonliga  yoki  karoqchilar  kuchayganligi  sababli 

karvonlar va hatto elchilar yurolmay qolganliklari va hujga ham borish xavfli 

bo’lib qolganligini aytadi. 

To’xtamish va  Boyazid  bilan  olib  borilgan janglarda  esa xaqikat  to’la 

ravishda  Temur  tarafida  edi.  Bunga  o’quvchining  o’zi  mutolaa  chog’ida 

guvoh bo’ladi. 

Xulosa qilib aytganda, Amir Temur o’z davrining farzandi va eng yirik 

lashkarboshisi  edi.  Uning  davri  esa  nihoyatda  murakkab  edi.  XIV  asr 

o’rtasiga kelib mo’g’ullarniig uchat g’arbiy uluslari — Oltin O’rda Chig’atoy 

ulusi,  Hulogu  ulusi  harbiy  va  siyosiy  inqirozga  uchragan  edi.  Agar  Temur 

bo’lmasa,  To’xtamish  yoki  boshqa  kuchli  shaxs  bu  parchalanib 




 

16 


kuchsizlangan  mulklarni  albagga  bnrlashtirishga,  o’ziga  qo’shib  olishta 

urinardi. 

Undan  tashqari  1368  yili  Xitoyda  Mo’g’ul  hukmiga  barham  berilib, 

hokimiyat  tanasiga  xitoylarning  Min  sulolasi  kelishi  g’arbiy  mo’g’ul 

uluslariga  ham  xavf  tug’dirgan  edi.  Chunki  xitoylar  darxol  Mo’g’ulistonni 

o’zlariga tobe’ ettirib, o’zlarini  Chingizxonning  vorisi  deb e’lon qildilar, va 

bundai  keyin  Xitoy  imperatorlari  g’arbiy  uluslar  ham  ularga  bo’ysunishini 

talab  qilishlari  tabiiy  edi.  Shuning  uchun  ham  g’arbda  Temur  va 

Tuxtamishxon kabi ikki yirik shaxsning sahnaga chiqishni tasodifiy emas edi. 

Amir  Temur  yurishlariga  baho  berishda  shu  holatlarni  ham  e’tiborga 

olish  keraq  Endi  bir  necha  og’iz  so’z  asarning  tili  xaqida.  Muhammad 

Alining tili eski o’zbek tilining ajoyib bir namunasidir. Uni biror-bir hozirgi 

davr bilan butunlay bog’lab bo’lmaydi. Bir tarafdan bu til biz ko’nikkanimiz 

Zahiriddii Muhammad Boburning tiliga o’xshasa, ikkinchi tarafdan shimoliy 

Buxoro  bilan  Xorazmning  sharqi  va  Sirdaryo  bo’ylaridagi  tilni  eslatadi. 

Umuman  olganda,  bu  til  qarluq,  qipchok  va  ug’uz  elementlarini  o’z  ichiga 

olgan bo’lsa ham,  qarluq elementi unda ustun keladi. Va shu jihatdan haqli 

ravishda uni o’zbek tili deymiz. 

Bu  til  XIV—XVI  asrlarda  nafaqat  Movarunnaxrda  balki  Volganing 

quyi  oqimidagi  Saritsindan  (Volgograd)  to  Sind  daryosi  xavzasigacha 

oraliqda tarqalgap edi. 

Muhammad  Ali  Yazdiyning  bayon  uslubi  shu  qadar  maftunkorki,  biz 

bu  usulni  shuning  uchun  asarning  tilini  hozirgi  adabiy  tilga  ko’chirmay 

o’zicha qoldirishga qaror qildiq Chunki bu asar XVI asr birinchi choragidagi 

o’zbek  prozasining  yirik  va  jonln  iamunasidir.  Shu  bilan  birga  bu  asar  tili 

hozirgi zamon tilshunoslarida ham qiziqish uyg’otar degan iiyatdamiz. 

Muhammad  Ali  o’zi  tarjimasini  bajarayottanida  aytarlik  yosh 

bo’lmagan  ko’rinadn.  Chunki  unda  katta  yoshdagilarga  xos  bo’lgan  unutish 




 

17 


alomatlari  seziladi.  Masalan,  ba’zi  betlarda  ayrim  gaplar  tugamay  qolishi 

hamda  gapniig  o’rtasida  ayrim  jumlalar  tushib  qolish  hollari  ham  uchraydi. 

Bunday  hollarda  biz  u  gaplarni  forscha  matnga  ko’ra  tikladik  va  tushib 

qolgan jumlalarni shartli ravishda keltirdiq Tarjimop ba’zi so’zlarni yozishda 

aniq qoidaga rioya qilmaydi. Masalan, shoh va shoxzoda so’zlarini shundan 

so’ng  ―alif‖  bilan  ham,  ―alif‖siz  ham  yozadi.  Bunday  xollarda  biz  matn 

orfografiyasini saqlash uchun birinchi holda shoh shoxzoda va ikkinchi holda 

shoh shaxzoda shaklida keltirdik; ko’prik va fil degan so’zlarni u bir betning 

o’zida ko’prik va nil shakllarida keltiradi. Bunday xollarda ham bu so’zlarni 

tuzatib  o’tirmay,  matndagidek  keltirdiq  Ko’p  hollarda  hozir  «ya»  bilan 

boshlanadigan  so’zlar  ikki  harf  bilan  keltirilganligi  uchun  biz  orfografiyani 

saqlash uchun bu o’rnida ―ya‖ bilan yozdpk (masalan: Yazd, yangi, yamgur 

va  h.q).  krilcha  ―ya‖  ―yu‖  yoki  ―yo‖  saqlashish  esa  o’quvchi  extiyojiga 

bog’landi. Buni xatto o’rnida ko’rmagaylar

6



Ikki og’iz so’z asardagi she’riyat haqida. Avvalo, shuni aytish kerakki, 



forscha  matnda  Sharafuddin  klassik  arab  va  fors  she’riyatidagi  anьanani 

davom  ettirib,  asarning  har  bir  betiga  qator  she’rlarni  kiritgan.  Lekin 

ko’pincha  bu  she’riyatda  u  aytarlik  yuksak  mahoratga  erisholmagan  va 

shuning  uchun  keltirilgan  sheьrlarning  ba’zilari  ancha  sust  bo’lib  qolgan. 

Tabiiy,  Muhammad  Ali  bu  sheьrlarning  hammasini  o’zbekchaga 

o’giravermagan.  Faqat  u  ba’zi  she’rlarnigina  qoldirgan  va  ularni  ancha 

ustalik bilan o’zbekchaga ag’dargan. 

Bunday  she’rlar  Muhammad  Alining  she’riyat  bobida  ancha  mahorati 

bo’ltanligidan guvohlik beradi. 

Xalqimiz 

qadimgi 

qaxramonlar 

haqida 

dostonlarni 

sevib 

o’qnganliklarini  yaxshi  bilamiz.  O’tgan  asrning  40-nchi  va  50-nchi  yillar 



                                                 

6

 



Temur tuzuklari. 59-bet. 

 



 

18 


oxirlarigacha ham eski arab yozuvida sovet davridan ilgari chop etilgan «Abo 

Muslim»,  «Iskandarnoma»,  «Shoxnoma»  kabi  kitoblarni  gashtaklar  va 

shunga  o’xshash  yig’inlarda  eski  yozuvni  bilgan  bir  odam  o’qirdi,  qolgan 

ishtirok  etuvchilar  diqqat  bilan  eshitardilar.  Shunda  kitobdan  voqea 

rivojlanishiga qarab tinglovchilarda kulgi ham, ko’z yoshi ham bo’lardi, lekin 

u  kitoblar,  ayniqsa  «Shohnoma»,  afsonaviy  yoki  yarim  afsonaviy  Eron 

shoxlari  haqidagi  uydirmalarning  mohirona  she’riyatga  solingani  edi. 

«Zafarnoma»  esa  real  qahramon  va  pahlavon,  ajdodimiz  sohibqiron  Amir 

Temur  Ko’ragonning  hayoti  va  faoliyati  haqidagi  haqqoniy  xabarlarning 

tavsifidir.  O’ylaymizki,  qahramon  bobomizning  hayotnomasi  sizga  manzur 

bo’lgay. Ushbu nashrda hoshiyadagi raqamlar va satr ichidagi og’ma chiziq 

sahifa  raqami  va  uning  boshlanish  joyini  bildiradi.  Xijriy  tarixlardan  keyin 

qavs ichida ularning melodiyga o’tkazilganlarini keltirdiq Shartli qavs ichida 

keltirilgan so’z va iboralar forscha matnga ko’ra tiklangan. Kitobning oxirida 

ba’zi  jug’rofiy  iboralar  va  tushunchalar  izohlangan.  Qur’oni  karim  oyatlari 

tanqid  asosida  emas,  transkripsiya  qoidalari  asosida  o’qildi  va  izohlarda 

ularning tegishli suralardagi o’rni ko’rsatildi. 

Tagan:  ra’iya,  tobe’,  voqe’,  voqe’a,  taalluq  kabi  bir  qator  kalimalar 

tarjimon-muallif  yozgai  holda  qoldirildi,  juz’iy  o’zgarishlar  bilan 

tabdillanman.  Qulyozmadagi  ba’zi  siyrak  uchraydigan,  jumladan,  arabchasi 

dol,  kof,  lom  va  yo  harflaridan  tarkib  topgan,  bir  qarashda  «daklay»  deb 

o’qish mumkin bo’lgan so’zni shartli ravishda ―dikkalay‖ - deb o’qildi. Bu, 

darvoqe,  dushman  boshiga  tik,  tikkalay  bordi  degan  Buxoro  va  Xorazmda 

saqlangan  iboraga  ham  mos  keladi.  Bu  narsa  ayrim  boshqa  hollarda  ham 

uchraydi.  Dunyodagi  yagona  o’zbekcha  qo’lyozmasi  asosida  tayyorlangani 

uchun  ham  kitobda  bunday  sohtaliklar  bo’lishi  tabiiy.  Ko’rsatkichlardagi 

raqamlar  qo’lyozma  matnining  varaq sahifalarini bildiradi.  Mundarijada  esa 

ushbu nashr betlari ko’rsatildi. 




 

19 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə