Энциклопедия 9-том


Hazrat sohibqiron Husaynbek bila urushub, zafar tobqonlari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

Hazrat sohibqiron Husaynbek bila urushub, zafar tobqonlari. 

Xusaynbekning ishi va fe’lidin tahqiq bo’ldikim, ahd va ontni sindurub, 

hazrat  sohibqirong’a  qasd  qilg’on  turur.  Hazratqa  vojib  bo’ldikim,  aning 

daf’ini  qilg’ay.  Hazrat  Haqqg’a  tavakkal  qilib,  daf’ig’a  jozim  bo’lub, 

Husaynbek sori yuridi va muxolifatni zohir qildi. Va cherik yig’ishturmoqqa 

mashg’ul  bo’lib,  Shayx  Muhammad  Bayon  Sulduzkim,  qochib  Sayhundin 

o’tub  O’trorg’a  borib  erdi,  Hindu  Qarqara  Qipchoqni  anga  yibardi.  Hazrat 

sohibqironning  cheriki  yig’ilg’ondin  so’ng  Musabekni  qo’lig’ul  etib, 

muborak nafasi bilai farxunda soatda Keshdin chiqib, bahodurlar bilani ilgari 

yuridi


12

1370-yilning  10-aprelida  Chig’atoy  ulusining  bek  va  amirlari,  viloyat 



va  tumanlarning  zodagon  ayonlari  hamda  Termizning  xonzodalari, 

shuningdek  Amir  Temurning  piri  Sayyid  Baraka  ishtirokida  qurultoy 

o’tkaziladi.  Manbalarda  ta’riflanishicha,  qurultoyda  e’tiborli  amirlar, 

Temurning  yoshligidagi  quroldoshlari  va  uning  sobiq  dushmanlari  hozir 

                                                 

12

 Qarang: ―Zafarnoma‖. T., ―Sharq‖, 1997, 88-bet. 




 

26 


bo’lgan  edilar.  Ular  orasida  Bayon  Sulduz,  Amir  Uljoytu,  Amir  Kayxisrav, 

Joku  Barlos,  Amir  Zinda  Chashm  va  boshqa  mo’tabar  ma’murlar  bor  edi. 

Qurultoyda  Amir  Temurning  hukmdorligi  rasman  tan  olinib,  u 

Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Garchi saltanat taxtiga, an’anaga 

ko’ra  dastlab  nomigagina  Suyurg’atmish,  so’ngra  uning  vafotidan  keyin 

Sulton  Mahmud  (1388—1402)  o’tqizilgan  bo’lsada,  amalda  markaziy 

hokimiyatni  Amir  Temurning  o’zi  boshqarar,  viloyatlardagi  hokimiyatni 

o’g’illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qilardi. 

Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  ―Zafarnoma‖  asarida  sohibqironning 

Samarqand,  Qarshi  va  Shibirg’onga  borganligi  haqida  ma’lumotlar 

quyidagicha berilgan:  


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə