Энциклопедия 9-том


Hazrat sohibqiron Shiburg’ong’a  cherik tortib borg’oni



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

Hazrat sohibqiron Shiburg’ong’a  cherik tortib borg’oni  

Hazrati  sohibyamin  amir  Temur  Guragon  Zinda  Chashmning  yamon 

harakatidin xabar topib, qahr o’ti ichida tushub, bo’lg’on cheriki bilan ang’a 

mutavajjih  bo’ldi.  Amu  suyidin  o’tub  Shiburg’ong’a  yetti.  Zinda  Chashm 

andin  qochib  Anjo  qal’asigaki,  «Shohnoma»da  /Safiddiz  aytib  turur,  ayda 

borib kirdi. Nusratshi’or cheriki qal’aga yetib, kavs va naqqora chaldilar. Va 

Zinda  Chashm  ul  cherikni  ko’rub  ko’nglida  vahm  tushub,  chora  mundin 

o’zga  ko’rmadikim,  yamon  fe’lidii  qaytib  gunohidin  tavba  qilgay. 

Uljaytubekka  kishi  yibarib  dedikim:  «Mening  gunohimni  hazrat 



 

28 


sohibqirondin  tilagil».  Uljaytubek  hazrat  qoshig’a  kelib  aning  arzadoshtini 

xazratqa arz qildi va yig’lab dedikim: «Aning gunohini o’z karaming bila bu 

qari qulung’a bag’ishlagil va ul nodonligidin va yamon fe’lidin tavba qildi». 

Hazrat soxibqiron Uljaytubekning xotiri uchun gunohidin kechib bag’ishladi. 

Va Zinda Chashm Musabeknikim, bu fasodqa ul sabab erdi, qal’adin chiqarib 

inisi  bilan  hazrat  qoshig’a  yibardi.  Va  hazrat  sohibqiron  cherikini    ijozat 

berib, o’zi qaytib Kesh  viloyatiga tushti  va Musabekning gunohidin kechib, 

lutfu karam bila siylab to’ylar qilib, otlar va qator tevalar va xachirlar va ola 

borgohlar berib, ul elkim anga burun taalluq erdi, yana anga berdi

13

.  



Bayt: 

Toki bordur olam va olamda bordur podshox, 

Shoxlardin afv xushdur, banda gar qilsa gunoh. 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə