Energiya va energiya resurslari narxining tuzilishi. Yoqilg’I – energetika resurslarini me’yorlashtirish. Reja


Mehnatning quvvat bo’yicha energiya qurollangan



Yüklə 281,46 Kb.
səhifə3/9
tarix23.12.2023
ölçüsü281,46 Kb.
#155704
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ENERGIYA VA ENERGIYA RESURSLARI NARXINING TUZILISHI

Mehnatning quvvat bo’yicha energiya qurollanganligi (Etm, ming kVt.s/inson) – bu korxonadagi barcha tok qabul qiluvchilarning o’rnatilgan quvvati (Em) ni korxona ishlab – chiqarish xodimlarining o’rtacha ro’yxatdagi soni (CHppp) ga nisbati:
.
Elektrlashtirish koeffitsienti (Ee, ming kVt.s/t.sh.yo.) – rejalashtirilayotgan davrda korxonada barcha iste`mol etilgan elektr energiya (E) ni, to’g’ridan – to’g’ri umumlashtirilgan energiya sarflar (AYOER)ga nisbati:
.

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyin respublika va uning xalqi manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy -iqtisodiy siyosatni o‘tkazish imkoniyati tug‘ildi. Respublikaning tashqi dunyodan bir asrdan ortiq vaqt mobaynida ajralib qolganligiga barham berildi. U xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti bo‘ldi. Bu esa jahon mehnat taqsimotida munosib o‘rinni egallashga sharoit yaratdi. Shu bilan birgalikda chinakam iqtisodiy mustaqillikka erishish yo‘lida bir qancha ob’yektiv qiyinchiliklarni yengib o‘tish, Sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi natijasida yakkahokimlik tizimidan meros bo‘lib qolgan muammolar majmuini hal etish lozim bo‘ldi. Energetika tizimida ham bu borada ko‘pdan ko‘p hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud edi. Jumladan, respublika o‘zi uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini garchi o‘zida ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud bo‘lsada bunday imkoniyatdan mustamlakachi sovet mustabid tuzumi tomonidan mahrum qilingan edi. Natijada, respublikaning shusiz ham markaz manfaatlariga to‘la bo‘ysundirilgan sanoati uchun lozim bo‘lgan elektr energiyasining aksariyat qismi qo‘shni mamlakatlardan olinar edi. Bu esa respublikaning iqtisodiy qaramligini yanada kuchaytirar edi.


Islohotlarni jadal amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik muammolarni muhokama etish, zarur qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida maxsus iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha Idoralararo kengash tuzildi. Kengash faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirishning yagona strategiyasini hamda bu strategiyani ro‘yobga chiqarishning amaliy chora - tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Kengash ishtirokida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlandi.
Mustaqillik yillarida bozor munosabatlarini sivilizatsiyalashgan shaklda joriy etishga imkon beradigan qonunlar majmui yaratildi. Iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi. Shunday yo‘nalishlardan biri -O‘zbekistonning davlat mustaqilligi, iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish edi. Ana shu yo‘nalish doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi qonun (1991 -yil 31 -avgust), «Yer osti boyliklari to‘g‘risida» gi (1993) va boshqa tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qonunlar qabul qilindi. Qonunlar qabul qilinishi natijasida mamlakat hududida joylashgan energetika tizimi, tabiiy va mineral resurslar, yaratilgan ishlab chiqarish quvvati O‘zbekiston xalqining ajralmas, mutloq mulkiga aylandi. Energetika sohasi asosiy qonunimiz bo‘lmish Konstitutsiyamizda ham o‘z aksini topdi va qonuniy asosga ega bo‘ldi. Konstitutsiya XII bobining 53-55- moddalarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab berildi. Konstitutsiyaning 55-moddasida aytilishicha, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 11 O‘zbekistonda energetika tizimi huquqiy asoslari yaratilishi ana shu tarzda boshlandi va bu sohadagi ishlarning jadal rivojlanishiga sharoit yaratdi. Huquqiy asoslarning yaratilishi bilan jadal ishlar amalga oshirildi. Avvalo, O‘zbekiston hududidagi barcha energetika tizimi korxonalari Sobiq Ittifoq qo‘lidan olinib, O‘zbekiston mulkiga aylantirildi, ulardagi ishlarni boshqarish to‘liq mahalliy boshqaruvga bo‘ysundirildi. Keyin esa ancha eskirgan, qoloqlashgan asbob - uskunalar almashtirilib, o‘rniga zamon talabiga javob beradigan asbob –uskunalar va texnologiyalar o‘rnatildi hamda va buning natijasida korxonalardagi ishlar tezlashdi. Energetika tizimidagi o‘zgarishlar boshqa chet el davlatlari bilan o‘zaro samarali hamkorligida ham yaqqol ko‘rindi. O‘zbekiston hududidagi ko‘pgina elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlar asosan, chet el davlatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Bunda hozirgi zamon talablariga javob beradigan asbob - uskunalarning o‘rnatilishi energetika tizimi faoliyatini yanada sifatli va foydali qildi. Chet el davlatlarining O‘zbekistonga o‘z sarmoyalarini kiritishga intilayotganligiga ham asos mavjud. Chunki investorlar va ular kiritgan investitsiyalarning huquqiy asoslari yaratildi, qonunlar qabul qilindi va investorlarning huquqlari himoya qilindi. Bundan tashqari ular uchun qulay sharoitlar yaratildi. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishni taminlaydigan, xorijiy investorlarning manfaat va huquqlarini himoya qilishga ishonchli kafolat yaratadigan qonunlarning qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni17 ham bu borada alohida ahamiyatga molik hujjat sanaladi. Farmondan ko‘zda tutilgan maqsad to‘plangan tajribani e’tiborga olgan holda va tadqiqotlar hamda tajribasanoat ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy darajada o‘tkazishni yanada davom ettirish, jahon tajribasini hisobga olib, yurtimiz sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim yechimlarni amalda qo‘llash, shuningdek, mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni shu yerda ishlab chiqarishni tashkil qilish choralarini ko‘rishga qaratilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 oktyabrdagi «Tadbirkorlik sub’yektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda 2015 yil 2 noyabrdagi «Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi qarorlari qabul qilindi. 18 Bu farmon va qaror O‘zbekistonda energetika tizimining rivojlanishiga qaratilganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qarorlarga ko‘ra, yaqin kelajakda Respublika miqyosida elektr energiyasidan foydalanishning sifatini bir necha barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.
Soha tarqqiyotida qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash ham muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining qabul qilinishi bu boradagi tadbirlarning yanada samarali bo‘lishini ta’minladi. Jumladan, ushbu kodeksning IX bobi «Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik» deb nomlanib, unda elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (100-modda), elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish (101-modda), elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish (102-modda) kabi holatlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilab qo‘yildi.

Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.


Qarorga muvofiq 2018-2020 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish, elektr energiyasi hisobi va iste’molini nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Yo‘l xaritasiga asosan:
- qiymati 2,6 milliard AQSh dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1 984 MVt ga teng 7 ta investisiyaviy loyiha amalga oshiriladi;
- yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr bo‘lgan yangi elektr tarmoqlarini quriladi va mavjudlari rekonstruksiya qilinadi, 2 500 ta transformator punktlari o‘rnatiladi va modernizasiya qilinadi;
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga 7 million iste’molchilar ulanadi, 2021 yil yakuniga qadar ushbu tizimga ulanish qamrovi abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkaziladi.
“Obod qishloq” Davlat dasturini amalga oshirish uchun jalb qilingan xalqaro moliya institutlari qarz mablag‘larining 100 million dollaridan kam bo‘lmagan qismi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizasiya qilishga yo‘naltiriladi.
Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.
Komissiyaga quyidagilar topshirildi:
- ishlab chiqarish quvvatlarini 2030 yilgacha 20 ming mVtga yetkazish bo‘yicha uzoq muddatli investisiyaviy dasturni 2019 yil 1 mayga qadar ishlab chiqish;
- 2019 yil 1 martga qadar elektr energiyasini uzatishda davlatning to‘liq nazoratini saqlab qolgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy sxemasini ishlab chiqish yuklandi. Bunda elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) korxonalariga xususiy hamda xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb qilinadi, ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov asosida elektr energiyasini sotib olishning ulgurji bozori bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
- 2019 yil 1 aprelga qadar elektr energetikasi tarmog‘iga xususiy sektorni jalb qilishni rag‘batlantiruvchi, elektr energiyasining joriy va kapital xarajatlarini qoplashga asoslangan elektr energiyasi tariflarini hisoblash metodologiyasini tayyorlash va tasdiqlash;
- 2019 yilda elektr energetikasi tarmog‘i korxonalarining korporativ obligasiyalarini chiqarish va xalqaro bozorlarga joylashtirish;
- 2018 yil 1 dekabrga qadar elektr energetikasi tarmog‘ida davlat-xususiy sheriklikning normativ-huquqiy bazasi, tartib-taomillari va reglamentini ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
- 2018 yil 15 dekabrga qadar Energetika vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi prezidenti farmoni loyihasini ishlab chiqish.



Yüklə 281,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə