Energiyaning anaerob hosil bo’lishi


I BOB ENERGIYANING ANAEROB HOSIL BO’LISHI, GLIKOLIZ VA UNING AHAMIYATI



Yüklə 135,38 Kb.
səhifə2/11
tarix23.12.2023
ölçüsü135,38 Kb.
#156168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Glikoliz va uning ahamiyati

I BOB ENERGIYANING ANAEROB HOSIL BO’LISHI, GLIKOLIZ VA UNING AHAMIYATI
1.1 Glikoliz va uning biologik ahamiyati
Energiyaning anaerob hosil bo’lishi. Hujayrada energiyaning hosil bo’lishi faqat oksidlanishli fosforlanish, ya’ni aerob yo’l bilan emas, balki oziq moddalarning molekulyar kislorodsiz parchalanishidan ham hosil bo’ladi. Energiyaning bunday kislorodsiz yoki anaerob hosil bo’lishiga achish deb ataladi. Anaerob yo’l energiya ishlab chiqarishda eng qadimgi va past (quyi pog’onadagi) shakl hisoblanadi; hujayra “iqtisodiyoti” uchun samarali emas, chunki bu yerda ko’p material sarf qilinib, juda kam energiya olinadi. U sodda organizmlarda Yer atmosferasida kislorod bo’lmagan vaqtlarda shakllangan. Bu yo’l asosan mikroorganizmlar va achitqilar uchun xos, yuqori rivojlangan organizmlar bu yo’ldan faqat kislorod yetishmagan ba’zi holatlarda, masalan, muskul qisqarishida energiya bilan ta’min qilish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari normal hujayra rak kasalligida ayniganda undagi aerob oksidlanish qobiliyati yo’qolib, hujayra hayoti uchun kerakli energiyani achish reaktsiyasidan oladi. Bu xil hujayra o’zining tashkiliy jihati va vazifasi bo’yicha haqiqiy hujayradan quyi pog’onaga o’tadi deb hisoblanadi.
Glikoliz (yun. Clylys — shirin va lysis — parchalanish) — uglevodlar (asosan glyukoza)tt sut kislotasigacha anaerob parchalanish jarayoni; bijgʻishning bir turi. G.da ajralib chiqqan energiya adenozintrifosfat (ATF) ning fosfat bogʻlari energiyasiga aylanadi. Bu jarayonda 6 uglerodli qand — D-glyukoza hujayraning asosiy "yonilgʻi"si hisoblanadi. G.da gomofermentativ sut kislotali va spirtli bijgʻish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda 6 uglerodli glyukoza 2 molekula 3 uglerodli sut kislotasigacha parchalanadi. G.ning bu xili koʻpchilik mikroorganizmlar va yuksak hayvonlar, jumladan sut emizuvchilar organizmida sodir boʻladi. Spirtli bijgʻishda 6 uglerodli glyukoza molekulasi 2 ta 2 uglerodli etanol (S2N5ON)ga v 2 molekula uglerod (1U)-oksid (SO2) gacha parchalanadi. G. jarayoni 2 bosqichda amalga oshadi. 1-bosqichda oddiy qandlar toʻplanadi va ular glitserinalde-gidfosfatga aylanib, ATF sarf boʻladi; 2-bosqichda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tufayli ATF hamda sut kislotasi hosil boʻladi. G.ning ketma-ket reaksiyalarini 11 ta ferment katalizlaydi. Bu fermentlarni erigan holda ajratib olish mumkin. G.ning tayyorgarlik bosqichida har xil uglevodlar ATF hisobiga fosforlanadi va glitserinaldegid-3-fosfat hosil boʻladi. G.ning 2-bosqichi hamma uglevodlar uchun umumiy boʻlib, unda ADF oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida energiya jamgʻarilishi tufayli ATF gacha fosforlanadi. G. ketma-ket boradigan 3 xil reaksiyalar: glyukoza-uglerod skeletining buzilib sut kislotasi hosil boʻlishi; anorganik fosfat ning ATF ning oxirgi guruhiga aylanishi; oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, yaʼni elektronlar oʻtkazish yoʻlidan iborat. G.da glyukoza molekulasidagi kimyoviy energiyaning juda oz qismi ajraladi. Kislorodli bosqichda glyukoza oxirgi mahsulot — SO2 va N2O gacha parchalanib, ancha koʻp miqdordagi energiya ajralib chiqadi. G.da nafas olishga nisbatan kam energiya ajralishi glyukozaga oʻxshash murakkab modda — sut kislotasi xrsil boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun sut kislotasining oksidlanish darajasi glyukozaning oksidlanish darajasiga teng . Muskullar qisqarganda sut kislotasi koʻpayib, glikogen kamayadi. Bu hol muskul qisqarishida G. energiya manbai boʻlishini koʻrsatadi. Baʼzan G. zaxiralari bilan ishlov berilganda ham muskul qisqaraveradi. Shu boisdan G.ning oʻzi muskul qisqarishida hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Skelet muskullari uchun G. asosiy energiya manbai hisoblanadi.
Hamma yuksak tuzilgan o’simliklar va hayvonlarda, shu jumladan odamda ham achish saqlanib qolgan bo’lib, ikki tomonlama vazifani bajaradi. U hosil bo’lgan oraliq mahsulotlarning aerob oksidlanishi bilan yakunlanadigan energetik resurslar parchalanishining boshlang’ich bosqichi hamda energiya ishlab chiqarishning qo’shimcha usuli hisoblanadi.
Hujayrada anaerob usulda energiya hosil bo’lishining asosiy manbai geksozalar, avvalo D-glyukoza bo’lib xizmat qiladi (ayrim mikroorganizmlar pentozalar, aminokislotalar, yog’ kislotalarini ham achitish xossasiga ega). Uglevodlar parchalanishining bir-biridan va oxirgi mahsulotlari bilan farq qiluvchi bir nechta yo’llari mavjud:

Yüklə 135,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə