Energiyaning anaerob hosil bo’lishi


II BOB GLYUKOZANING ANAEROB PARCHALANISHINING ENERGETIK BALANSI



Yüklə 135,38 Kb.
səhifə7/11
tarix23.12.2023
ölçüsü135,38 Kb.
#156168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Glikoliz va uning ahamiyati

II BOB GLYUKOZANING ANAEROB PARCHALANISHINING ENERGETIK BALANSI
2.1 Glikolizning energetik balansi va biologik vazifalari.
Glikolizni ichki oksidlanish-qaytarilish jarayoni sifatida qarash mumkin, unda glitseraldegid-3-fosfatning degidrirlanish bosqichida 2 molekula NAD∙H2 hosil bo’lishi bilan boradi, vodorod esa 2 molekula piruvatdan laktat hosil qilib aktseptorlanadi. Glikolizning umumiy tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Glyukoza + 2H3PO4 + 2ADF → 2 laktat + 2ATF + H2O
Glyukoza va fruktozaning fosforillanish bosqichlarida (1- va 3-bosqichlar) 2 molekula ATF sarflanadi. Fosfoglitseratkinaza va piruvatkinaza katalizlaydigan glikolitik fosforillanishning 2-bosqichida 2 molekula ATF hosil bo’ladi. Jami 1 molekula parchalangan glyukozaga sof 2 molekula ATF to’g’ri keladi. Glikolizning energetik qiymati shundan iborat.
Erkin energiyaning o’zgarish ko’rsatkichlaridan glikolizning taxminiy samaradorligini hisoblash mumkin. Glyukozaning 2 molekula laktatgacha parchalanishi taxminan 195 kJ/mol ajralishi bilan boradi, ADF va H3PO4 dan fiziologik sharoitda 2 molekula ATF hosil bo’lishi uchun 90-100 kJ/mol energiya kerak. Bundan glikolizning samaradorligi 50% ni tashkil etishi ma’lum bo’ladi.
Shunday qilib, glikoliz amalda qaytmas jarayon bo’lib, u laktat hosil bo’lishi tomonga to’liq yo’nalgan. Glyukoza parchalanishi jarayonining tezligini belgilab beruvchi qismi vazifasini 3 fermentli bo’g’in, ya’ni qaytmas reaktsiyalarni katalizlaydigan geksokinaza, fosfofruktokinaza va piruvatkinaza reaktsiyalari belgilab beradi. Bu fermentlar glikolizni o’ziga xos boshqaruvchilari hisoblanadi. Ularga ta’sir etgan holda butun poliferment jarayonni boshqarish mumkin. Bu fermentlar anorganik fosfat yoki ADF bilan faollanadi va glikolizning mahsuloti bo’lgan – ATF bilan tormozlanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, hujayrada qancha ko’p ATF sarflansa, glikoliz shuncha faollashadi va aksincha. Glikoliz kam energiya berishi (bor-yo’g’i 1 mol glyukozaga 2 molekula ATF)ga qaramasdan kislorod bo’lmagan sharoitda organizm hujayrasida energiya bera oladigan yagona jarayon hisoblanadi. Organizmga biror sabab bilan kislorod yetishmay qolgan tanglik holatlarida glikoliz hujayra hayot faoliyatini saqlab qolish uchun yagona tez energetik yordam vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 135,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə