Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

Marketing rejasi
- belgilangan marketing maqsadlariga erishishda yordam 
berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi. 


292 
Marketing salohiyati (potensiali)
- 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi; 
2) tovar, narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni o‘rganish sohasida samarali 
marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish hisobiga marketing tizimining 
korxonaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy 
va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui. 
Marketing tadqiqoti dizayni
- 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini 
loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish, marketing axborotlarini izlab topish 
uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulq-
atvorining o‘zgarish holatlarini o‘rganish va prognoz qilish bo‘yicha ijodiy jarayon. 
Marketing tizimi 
- bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va 
xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro uzluksiz aloqada 
bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z ichiga 
quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma 
vositachi firma, iste’molchi (bozor). 
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash 
- 1) marketing hujjatlarini 
rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulq-
atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saqlashni tashkil 
etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi 
quyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik 
ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona 
menejmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov 
berish, tizimlashtirish va ularni «iste’mol uchun tayyor» axborotga aylantirish. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə