Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Tovarning raqobatbardoshligi



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

Tovarning raqobatbardoshligi
- 1) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi 
raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx 
tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo‘lib xarid 


299 
qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish 
va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) 
korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining 
muhim ko‘rsatkichi. 
Firmaning marketing muhiti 
- firmadan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi 
hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan 
muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish 
mumkin bo‘lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va 
mikromuhitdan tarkib topadi. 
Xizmat
- 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‘rinishiga ega bo‘lmaydigan 
iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat 
yoki ne’matlar turi. 
Elektron tijorat
- elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni 
sotish, reklama va marketing tizimi. 
Eliminatsiya
- mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan 
chiqarib 
tashlash; 
tovar 
ishlab 
chiqarishni 
to‘xtatish; tovarni bozordan 
raqobatbardoshligi va talabni yo‘qotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni 
eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi, 
hayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital 
aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanadi. 
Yangi tovarni ishlab chiqish
- korxonaning o‘z kuchi bilan IITKI o‘tkazish 
asosida original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulotlarni yaratish 
jarayoni. Bu jarayon odatda g‘oyalarni ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar 
konsepsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab 
chiqish, biznes tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va 
tijoratlantirishdan iborat bo‘ladi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə