Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

Strategik rejalashtirish
- firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi 
potensial imkoniyatlari o‘rtasidagi strategik muvozanatni yaratish va qo‘llab-
quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq shakllantirilgan dasturi, 
qo‘shimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish 
strategiyasiga asoslanadi. 
Talab
- tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan va savdo, ayirboshlash sohasida ko‘zga 
tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan
iste’molchilarning bir-biridan farq qiluvchi ko‘p sonli ehtiyojlaridan tarkib topuvchi, 
doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi. 
Telemarketing
- marketing turi bo‘lib, uni amalga oshirish potensial 
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish 
imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet tarmog‘idan 
foydalaniladi. 
Tovar
- 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida 
ifodalanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob’ekti; 2) mahsulotning 
ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari 
majmui; 3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan, mahsulotni to‘ldiruvchi va uni sotishni 
engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit» 
(mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi). 
Tovar
variatsiyasi
- ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni 
uning ayrim 
xususiyatlari 
yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li bilan 
modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli), 
simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo‘linmalari faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, 
uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar 
modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə