Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

Reklama
auditoriyasi
- muayyan axborot manbalari orqali e’lon qilingan 
reklama xabarlarini eshitishi, ko‘rishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan barcha shaxslar. 
Reklama samaradorligi
- reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki 
vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish darajasi. Reklama 
murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko‘rsatuvchi 
ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat 
natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning 
aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab 
omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Servis
(xizmat ko‘rsatish)
- korxona marketing faoliyatining mashinalar, 
asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluatatsiya qilishni 
ta’minlovchi bo‘limi, quyi tizimi. 
Sifat
- tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini 
belgilab beruvchi, qo‘yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi 
shartnomalarida tomonlar sifat ko‘rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining 
belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi 
kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish va topshirish 
shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo‘yicha kafolatlar 
belgilab qo‘yiladi.
Strategik marketing
- 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini 
muntazam, tizimli tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab 
olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va shu 
tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar 
konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil 
qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab 
chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik 
majmua-miks hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini 


297 
hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikatsiya, taqsimlash va sotish 
sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoni. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə