Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

5.3. Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning o‘zaro bog‘liqligi 
Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan sub’ektlar va 
kuchlar bo‘lib, ular uning maqsadli mijozlariga bo‘ladigan munosabatlarini vujudga 
keltirish va qo‘llab – quvvatlashga ta’sir o‘tkazadilar. 
Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lgan tashqi 
muhit omillari ta’sir qiladi. 
Tashqi muhit sub’ektlari – ta’minotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar, 
kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar bo‘lib, ular korxonaning marketing 
faoliyatiga yordam berish yoki to‘sqinlik qilishda ishtirok etadilar. 
Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika, siyosiy – 
huquqiy va madaniylar bo‘lib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf 
– xatarini vujudga keltiradilar. 
Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini o‘zgarishini doimo kuzatib 
borishi va shu o‘zgarishlarga kerakli bo‘lgan javobni topishlari kerak. Bugungi kunda 


87 
tashqi muhit juda ham tez o‘zgarib bormoqda. Oziq – ovqat mollarini sotish hamda 
harid qilish jarayonini kelgusida qanday o‘zgarishini tasavvur qilib ko‘raylikchi? 
Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025 yillarga borib, oziq – ovqat mollarini harid 
qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz. Ular o‘rnini Internet orqali amalga 
oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab, kattayig‘imdagi oziq – ovqatlar uylarga 
eltib beriladi. Ya’ni, savdo va etkazib berish bilan shug‘ullanadigan korxonalar 
birlashadilar. 
Xaridorlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar. Bu 
ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus 
elektron dasturlar amalga oshiradi. Yana bir holat: 2025 yilga borib, kompyuter 
tovarlar zahirasi qachon tugashini hisoblab, uni siz uchun yaqin oradagi 
supermarketga buyurtma beradi. 
Kelgusidagi bunday o‘zgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni o‘yga 
solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni birinchi 
bo‘lib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda zarur 
axborotlarni yig‘ish maxsus uslublarga ega bo‘lgan, marketing tadqiqotlari bor. 
Ikkinchidan esa, ular iste’molchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu sababli, 
marketologlar tez o‘zgarayotgan muhit uchun kerakli bo‘lgan, marketing 
strategiyalarini tezda ishlab chiqib, uni o‘zgartiradilar. 
Marketing muhiti – mikro va makromuhitdan iboratdir. 
Mikromuhit – bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni 
mijozlariga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchlardir. 
Ularga 
korxona, 
ta’minotchilar, 
marketing 
kanallari 
ishtirokchilari, 
iste’molchilar, raqobatchilar va aloqa(kontakt) auditoriyalari kiradi (5.2-rasm). 
Marketing vositachilariga – korxonaning so‘nggi iste’molchilariga tovarlarni 
siljitish, sotish va taqsimlash bo‘yicha yordam beradigan korxonalar kiradi. Ularga 
resellerlar, logistik firmalar, marketing agentliklari va moliyaviy vositachilari kiradi. 
Resellerlarga – ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar 
hamda alohida shaxslar, ya’ni tovarlarning taqsimot kanallari ishtirokchilari kiradi. 


88 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə