Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Strategik rejalashtirishning maqsadi nimadan iborat? 
2.Strategik rejalashtirishda korxona dasturini maqsadi nimadan iborat? 


121 
3.Korxonani o‘sish strategiyasi qaysi yo‘nalishda amalga oshiriladi va uni 
qanday bosqichlari mavjud? 
4.Divesifikatsion o‘sish deganda nimani tushunasiz? 
5.Korxonani taktik rejasini maqsadi va roli nimadan iborat? 
6.Marketing nazorati nima va uni qanday turlarini bilasiz? 
7. Intensiv o‘sish deganda nimani tushunasiz? 
8. Integratsion o‘sish mazmunini tushuntirib bering? 
9. 
Marketing dasturi deganda nimani tushunasiz? 
10. 
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi nimadan iborat? 
11. 
Marketing rejasini asosiy bo‘limlarini mazmuni nimadan iborat? 
12. 
Marketing dasturini qanday turlarini bilasiz? 
13. 
Maqsadli dastur deganda nimani tushunasiz? 
14. 
Boston - konsalting guruhi matritsasini mazmunini izohlab bering. 
15. 
Marketing dasturini kommunikatsiya siyosati bo‘limida nimalarga e’tibor 
qaratilgan? 
16. 
Marketing rejasi va marketing dasturi o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
 
 


122 
7-BOB. TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH 
7.1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar 
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega 
bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va 
qondirilmagan talabga bo‘linadi. 
Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan 
qismi bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi. 
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning 
qondirilmagan qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni 
yo‘qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi. 
Iste’mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‘liq 
bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. 
Narxga bog‘liq bo‘lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga 
bo‘lgan narxlar kiradi. 
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), 
bir – biriga o‘xshagan tovarlarning narxlari, iste’molchilarni hohish va istaklari 
kiradi. 
Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan 
aniqlanadi. 
Uning asosida uchta sabab yotadi: 
-
Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi; 
-
Narxning pasayishi iste’molchilarni to‘lov qobiliyatini kengayishiga olib 
keladi; 
-
Bozorning to‘ldirilishi esa, qo‘shimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini 
pasayishiga sabab bo‘ladi. 
Talab hajmini narx darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi talabning narx bo‘yicha 
elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy o‘zgarishini(foizlarda 
ifodalanadi) narxning 1 foizga o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. 


123 
Korxona o‘zining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor 
talabini tadqiq etishdan boshlaydi. 
Bozor talabi – bu ma’lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma’lum hududda, 
muayyan davrda, ma’lum marketing dasturiga ega bo‘lgan savdo korxonalari 
tomonidan sotib olinadigan, ma’lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi. 
Bozor talabi natural, qiymat ko‘rsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda 
ifodalanishi mumkin. 
Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari bo‘yicha aniqlash 
mumkin. 
Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari quyidagi 7.1-rasmda keltirilmoqda. 
Bozor 
Korxona 
Talab Bozor talabi
Korxona tovarlariga bo‘lgan 
talab 
Potensial Bozor sig‘imi 
Korxonaning potensial hajmi 
Prognoz Bozor prognozi 
Korxonaning sotuv prognozi 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə