Erkin iqtisodiy zona maxsus iqtisodiy zonaning bir



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix21.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#129736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
erkin-iqtisodiy-zona-maxsus-iqtisodiy-zonaning-bir-ko-rinishi-sifatida

Keywords:
free economic zone, special economic zone, free port, free export 
zone, free zone, International Convention on the Simplification and Harmonization of 
Customs Procedures. 
KIRISH 
XXI asrga kelib, xalqaro iqtisodiy integratsiya va xalqaro savdo 
munosabatlarining rivojlanishi natijasida alohida soliq, bojxona va imtiyozlar 
rejimiga ega bo‘lgan, mamlakatning hududiy jihatdan ajratilgan qismi erkin yoki 
maxsus iqtisodiy hududlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bunday hududlar 
tashkil etilgan mamlakatda aholi bandligini oshirishda, turidan kelib chiqqan holda 
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish soha va tarmoqlarini rivojlantirishda
mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda, hududga xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu hududlarni tashkil etishning ilk tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 
ularning eng qadimgilaridan biri Germaniyaning Gamburg porti hisoblanadi. Ushbu 
port XII asrda o‘z faoliyatini rasman boshlagan bo‘lsada, uning mintaqaviy savdodagi 
o‘rnining rivojlanishi 9 asrga borib taqaladi. Bugungi kunga kelib esa ushbu port 
butun dunyodan kelgan 7 mingdan ortiq yirik, o‘rta va kichik hajmdagi kemalarni bir 
yil davomida qabul qilish imkoniga ega.


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
134 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Osiyodagi rasmiy ilk erkin iqtisodiy hududning tashkil etilishi Hindistonning 
Kandla maxsus iqtisodiy zonasi nomi bilan bog‘liq. 27 725 kishini ish bilan 
ta’minlagan, 2018-2019 yillardagi eksport hajmi 7380,78 hind ruppiyasini tashkil 
etgan [1] ushbu hudud 1950-yillarda dengiz porti sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik 
Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya va MDH mamlakatlarida 
offshor, savdo, erkin ishlab chiqarish, texnopark sifatidagi hududlar shakllana 
boshlaydi.
BMT Rivojlanish dasturi tadqiqotlariga muvofiq, 2018 yilda jahonning 140 dan 
ortiq mamlakatlarida 4500 dan ortiq erkin iqtiodiy hududlar faoliyat olib borgan [2]. 
Ulardan 550 tasi Amerika qit’asida, 991 tasi Osiyo-Tinch Okeani mintaqasida, 443 
tasi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat olib boradi. Amaliy asoslari 
keng rivojlangan bunday hududlar xalqaro siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlar 
tizimida muhim ahamiyat kasb etishiga qaramasdan, bunday hududlarning 
nomlanishiga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas. Ba’zi bir huquqiy 
adabiyotlarda, ularga “erkin iqtisodiy hududlar”, ba’zi iqtisodiy manbalarda esa 
“maxsus iqtisodiy hududlar” deb ta’rif beriladi.
Ushbu ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi amaliy asoslari keng rivojlangan 
bunday hududlarning nazariy asoslarini tadqiq etib, mualliflik ta’rifini keltirishdan 
iborat. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə