Erkin vohidov g‘azallarida tazod va muqobala san’atlari rohataliyev Abbosjon Mirzahakim o‘g‘li


Key words: poetic arts, contrast, comparison, poetic thinking, artistic skill,  classical rhyme, literary tradition.  KIRISH



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.09.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#123744
1   2   3   4   5
1494-1508

Key words:
poetic arts, contrast, comparison, poetic thinking, artistic skill, 
classical rhyme, literary tradition. 
KIRISH. 
Biz yashab turgan borliq turli xil ko‘rinishdagi qarama-qarshiliklar va
ziddiyatlardan iborat bo‘lib, go‘yo hayot ayni shu ziddiyat asosiga qurilgan-u, uning 
markazida bir mayog‘ kabi hazrati inson turadi. Shu insonning o‘zi ham ayni damda 
ichki dunyosi va borliq olam bilan ziddiyatli munosabat hosil qiladi. Shunday 
munosabatlar hayotimizning mazmuniga aylanib qolganki, ular bizni kurashga
to‘siqlarni yengib o‘tishga, hamisha olg‘a qadam bosishga undab turadi. 
Aytmoqchi bo‘lganimiz ijodkorning badiiy mahorat qirralarini nazariy jihatdan 
o‘rganish, uning tafakkur va tasavvurr olamining qamrov ko‘lamini belgilash bir 
jihatdan badiiy san’atlarni qay darajada qo‘llay bilishi bilan chambar-chas bog‘liq 
holda kechadigan jarayon hisoblanadi. 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1496 
Biz mazkur kichik tadqiqotimizda O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 
mumtoz she’riyat janrlariga mansub she’rlarida qo‘llangan tazod va undan o‘sib 
chiqqan muqobala san’atlaridan foydalanish mahorati xususida fikr yuritishni maqsad 
qilganmiz. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tazod san’ati Atoulloh Husayniyning “Badoyeu-s-sanoye” asarida“, tiboq, taboq, 
tatbiq, takofu, mutobaqa, mutobiqa, taqobul, mutazod kabi nomlar bilan yuritilib
ularga tazodning darajali tarzdagi ifodasi sifatida ta’rif berilgan. Asar muallifi aynan 
tazod haqida to‘xtalib: “Tazod lug‘atta bir-birig‘a dushmanliq va nomuvofiqliq 
qilmoqdur. Mutaqobul nimalarning zikrindagi husng‘a tazod-u inkor sabab bo‘lg‘ani 
uchun bu san’atqa “tazod” deb nom qo‘yibdurlar”.[
1
] Ushbu ta’rifdan tazod so‘zining 
lug‘aviy ma’nosi dushmanlik ya’ni qarama-qarshilik va nomuvofiqlik ekani 
anglashilib, istilohiy ma’nosi esa olim aytganidek, mazmuniy jihatdan mustaqil 
bo‘lgan va ayni damda bir-biriga mos poetik tushunchalarning ifodalanishida so‘zlar 
orasidagi zidlanish inobatga olingani uchun uni tazod deb nomlangani ma’lum bo‘ladi. 
Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida tazod san’ati “al-
mutazod” nomi bilan kelgan va muallif bu san’at turini quyidagicha ifodalagan: “Bu 
san‘at ul bo‘lurkim, ikki narsa keltururlarkim, biri birining ziddi bo‘lg‘ay, netokkim: 
“suv va o‘t”.[
2
] Tazod san’atiga oid har ikki asarda ham uning zidlanish asosiga 
qurilganligi haqida fikr ilgari suriladi. 
Mazkur san’atga zamonaviy adabiyotshunoslikda ham talaygina ta’riflar berilgan 
bo‘lib, aksariyat o‘rinlarda tazodning ta’rifi masalasiga biz yuqorida ko‘rgan 
asarlardagi 
fikrlarni 
asos 
qilib 
olinganligini 
ko‘rish 
mumkin. 
Xususan, 
adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘atida tazod san’ati 
“antiteza” atamasi bilan kelib, uning lug‘aviy ma’nosi “qarshilantirish yoki tazod” 
ekanligi aytilgan. Ushbu so‘zning istilohiy ma’nosi sifatida “Badiiy asarda voqealar 
1
Ҳусайний Атоуллоҳ. Бадойиъу-с-санойиъ. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 
1981. – 228-229 б. 
2
Шайх Аҳмад ибн Худойдод Тарозий. Фунун ул-балоға. – Тошкент: Хазина, 1996. – 105 б. 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1497 
yoki tushunchalar bir-biriga qat’iy qarshilantirilsa, antiteza kelib chiqadi”,[
3
] – deya 
fikr bildiriladi. 
Zamonaviy adabiyotshunoslikda A.Hojiahmedov, Y.Is’hoqov, D.Quronov, 
D.Yusupova singari adabiyotshunoslarning asarlarida ham tazod ta’rifi borasida 
mazmuniy tomondan umumiyik borligini ko‘ramiz. 
Jumladan, adabiyotshunos Yoqubjon Is’hoqovning “So‘z san’ati so‘zligi”[
4

asarida tazodning mumtoz adabiyotshunoslikka oid bir necha asarlarda keltirilgan 
ta’riflarini berib, misolar orqali batafsil dalillanganini ko‘ramiz. 
Adabiyotshunos D. Quronovning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”[
5
]da tazod ta’rifiga 
to‘xtalib, zamonaviy va mumtoz adabiyotshunoslikdagi istilohiy ma’nolarini ham 
keltirib, uning badiiy matn ta’sirchanligini oshirishda katta ahamiyatga ega ekanligini 
takidlab o‘tiladi. 
Tazodga berilgan ta’riflarning barchasida e’tirof etilgan umumiy fikr uning badiiy 
matn ta’sirchanligini oshirishda muhim o‘rin tutishidadir. Biroq uning qaysi san’at 
turiga mansubligi masalasida turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, Atoulloh 
Husayniy tazodni lafzi-yu ma’naviy san’atlar guruhiga kiritgan bo‘lsa, Anvar 
Hojiahmedov “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya”[
6
] asarida lafziy san’atlar turiga 
qo‘shadi. Adabiyotshunos olimlarimizdan yana biri – Yoqubjon Is’hoqov uning 
ma’noviy jihatdan zidlanishini hisobga olgan holda ma’naviy san’atlar sirasidan deb 
biladi. Biz ham Yoqubjon Is’hoqov fikrlariga qo‘shilgan holda tazodning badiiy 
san’atlarning qaysi turiga mansubligi masalasida uning shakliy emas, balki ma’no 
tomoniga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini lozim deb bilamiz. 
Bizga tilshunoslik ilmidan ma’lumki, ayni leksemaning semantik tabiati 
konteksda yuzaga chiqib, bir paytning o‘zida u denotativ ma’nosidan tashqari 
konnotativ ma’noni ham ifodalaydi. Bu esa tilshunoslikda kontekstual antonimiyani 
3
Хатамов Н, Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Тошкент: 
Ўқитувчи, 1979. – 32 б.
4
Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Тошкент. Зарқалам, 2006. – 65 б. 
5
Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиев М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2013. –305 б. 
6
Ҳожиаҳмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. – Тошкент: Шарқ НМК 
Бош таҳририяти
1998. – 160 б.


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1498 
hosil qiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga oid darsliklarda kontekstual sinonimiyaga 
quyidagicha ta’rif beriladi: “Kontekstual antonimiya

o‘zaro zid ma’no ifoda etmagan 


leksemalarning ma’lum kontekst ichida so‘zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik 
munosabatlarga kiritilishidir”.[
7
] Ko‘rinib turibdiki, leksemadagi bu belgi boshqa bir 
leksema ma’nosiga zidlanishi natijasida adabityotshunoslik ilmida tazod deb ataluvchi 
san’atni hosil qilmoqda. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə