Eshitishda nuqsoni bor bolalar tasnifi



Yüklə 53,86 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü53,86 Kb.
#164835
1   2   3
Eshitishda nuqsoni bor bolalar tasnifi.

XULOSA
1.Kar va eshituvchi bolaning har tomonlama kamol toptirish hamda uni maktab ta’limiga tayyorlash har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash uning nutqiy rivojlanishi bilan bevosita borliqdir, kar bolalarning nutqi faqat ularning umumiy rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy kamoloti so‘zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L.S.Vigotskiy, F.F.Rau, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayeva va boshqa olimlarning asarlarida e’tirof etiladi.Ilk davrda kar va eshituvchi bolalar o‘rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo‘lgan davrda kar bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so‘ng guldirashdek nutq ko‘rinishlari hos bo‘ladi. Keyinchalik, eshituvchi bolalar atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko‘nikmalari ham so‘nib boradi.
2. Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini eksperemental o‘rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‘rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‘lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‘gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.
Boladagi nutqning qiyinchiliklarni bartaraf etishda individual korreksiyalash mashg‘ulotlari katta ahamiyatga ega.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni nutqga o‘rgatishda bunday yondashishda ular nutqiy, shaxsiy rivojlanishida hartomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlashda ancha yuqori darajalarga erishishlari mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 

  3. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 3032.

Yüklə 53,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə