Espublikasi oliy va



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə21/37
tarix05.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#104340
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor(1)

2.2. Boburnoma” asarini o„qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.

Boburnoma‖ ilmiy, adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oz davridagi koplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko‗plab toglari, daryolari, ormon va choqqilari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqida malumotlar jamlangan. Asar Boburiya‖, Voqeoti Bobur‖, Voqeanoma‖, Tuzuki Boburiy‖, ―Tabaqoti Boburiy‖, Tavorixi Boburiy12 kabi nomlar bilan ham malum. Boburning ozi esa Vaqoye‖, Tarix degan nomlarni ishlatgan. Fikrimizning isboti sifatida esa Bobur qalamiga mansub bolgan tortlikni keltirib otamiz.
Bu olam aro ajam alamlar ko‘rdum,

Olam eliding turfa sitamlar ko‘rdum,

Har kim bu vaqoye’ni o‘qir, bilgaykim,

Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum.

Boburnoma‖da XV asrning oxiridan XVI asrning 30-yillariga qadar roy bergan tarixiy voqealar aks ettiriladi. Asar 1494-yil voqeasi tasviri bilan, Samarqand hukmdori Sulton Ahmad mirzoning Fargonaga hujumi, Umarshayx mirzoning halok bolishi va 12 yoshga qadam qoygan Boburning taxtga chiqishi bayoni bilan boshlanadi. Asarda voqealar doirasi kengayib, chuqurlashib, murakkablashib boradi. Bobur Movarounnahrdagi, keyinroq Xuroson, Afgoniston va Hindistondagi voqealarni bayon qiladi. Biroq muallif tarixiy voqealarni sanab otish yoki ular haqida malumot berish bilan cheklanmaydi, balki u tarixiy

12 Teshaboyev B. Boburning Boburnoma asaridan foydalanish // Xalq talimi. 1993. №10-12, 26-bet 38
voqealarning manzarasini, tarixiy shaxslarning qiyofasi va xarakterini, tabiat

lavhalarini chizib beradi, maroqli va jozibali badiiy uslub bilan turli xil sarguzashtlarni, rivoyat va latifalarni hikoya qiladi, xalq maqollari va sheriy parchalar bilan oz asarini bezaydi, turli usul va til vositalaridan foydalanadi. Umumiy o‗rta va orta maxsus talimiga Boburnoma‖ asaridan ba‘zi parchalar kiritilgan bolib, bu parchalar o‗quvchilarga asar haqida malumot berishga xizmat beradi. Amaldagi darsliklarda Husayn Boyqaro tarifi keltiriladi. Hozirgi umumtalim maktablarining 9-sinf va akademik litseylar uchun moljallangan II kurs adabiyot darsliklarida joy nomlaridan Fargona, Andijon va Samarqand, Hindiston tasviri keltiriladi:

Farg‘ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe bo‘lubtur. Sharqi Koshg‘ar, g‘arbi Samrqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog‘lar… Muxtasar viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog‘ voqe bo‘lubtur. G‘arbi tarafikim, Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay, tog‘ yo‘qtur. Ushbu jonibtin o‘zga hech jonibtin qish yog‘iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xojand suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o‘tub, g‘arb sori oqar.


Yetti pora qasabasi bor: beshi Sayxun suvining janub tarafida, ikki(si) shimol

jonibida. Janubiy tarafidag‘i qasabalar(dan) biri Andijondurkim, vasatta voqe’ bo‘lubtur, Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijon noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo‘lmas… Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidin so‘ng mundin ulugroq qo‘rg‘on yo‘qur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo‘lubtur. Toqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chiqmas. Qal’aning girdogirdi xandaqning tosh yoni sangrezalik shohroh tushubtur. Qal’aning girdogirdi tamom mahallotdur. Bu mahalla bila qal’aga fosila ushbu xandaq yoqasidog‘i shohrohtur. Ovi qushi dog‘i ko‘p bo‘lur, qirg‘ovuli behad semiz bo‘lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg‘ovulni uskunasini 39
to‘rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi

yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning

musannafoti bovujudkim Hiriyda nash-u namo topibtur, bu til biladur. Elning orasida husn xeyli bordur. Yusuf Xojakim musiqida mashhurdur. Andijoniydur. Havosining ufunati bor. Kuzlar el bezgak ko‘p bo‘lur”13.

O‗quvchilar Boburnoma‖ orqali bugungi kunimiz bilan orta asrlardagi shaharlarni, aholining turmush tarzini solishtirib koradilar. Yuqoridagi parchada Bobur orta asrlardagi Fargona viloyatini tariflamoqda.

Asarda har bir voqea-hodisa shunday ustalik bilan tasvirlanadiki, bevosita oquvchining koz oldida gavdalanadi. Biz buni Samarqand tasvirida yaqqolroq korishimiz mumkin boladi:

Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi

iqlimdindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog‘iy qahr va g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” derlar. Samarqand amirul mo‘minin Usmon zamonida musulmon bo‘lg‘ondur. Sahobadin Qusam Ibn Abbos anda borg‘ondur. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo Mazori Shohg‘a mashhurdur. Samrqandni Iskandar bino qilgondur. Mo‘g‘ul va turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‘on emastur. Qorg‘onini fasilning ustidin, buyurdimkim, qadam urdilar, o‘n ming olti yuz qadam chiqti.

Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’… eldur. Hazrati risolat

zamonidin beri ul miqdor aimmai islomkim, Movarounnahrdin paydo bo‘lubtur, hech viloyattin ma’lum emaskim, muncha paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Shayx Abumansurkim, aimmai kalomindur, Smarqandning Motrid otliq mahallasidindur. Aimmai kalomikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ash’ariya derlar. Motridiya

13 Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot (Umumiy orta talim maktablarining 9-sinfi uchun darslik). T.: Yangi yol poligrapf service, 2010-yil, 86-bet
40
shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi “Sahihi Buxoriy” Xoja Ismoil Xartang

ham Movarounnahrdindur. Yana sohibi “Hidoya”kim, imom Abu Hanifa

mazhabida “Hidoya”dan mo‘tabarroq kitobi fiqh kam bo‘lg‘oy. Farg‘onanig Marg‘inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarounnahrdur.

Buxoro va Qorako‘lgachakim, o‘ttuz-qirq yig‘och yo‘lg‘a yovuqlashur Ko‘hak

suyi bila ma’mur va mazru’dur. Mundog‘ ulug‘ daryo also ziroattin va imorattin

ortmas, balki yozlar uch-to‘rt oy Buxorog‘a suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vali ikki meva Samarqanddin mashhurdur: sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori ararchi Kobul qoricha tushmas. Yozlar yashi havosi bor, agarchi Kobulcha yo‘qtur. 14

Darsliklarga Kobul, Gazna va Hindiston tarifi ham keltirilgan bolib, u

yerlarning hayvonot va nabotot olami, me‘morchilik, iqlimi haqida malumotlar beriladi. Bu tariflarda Movarounnahr va Xurosondagi shaharlar bilan taqqoslanadi. Shuningdek, Hindiston ta‘rifida Bobur u yerda qovun va uzum yetishtirganini ham aytib otadi. Bu esa uning qanchalik zukko va tadbirkor shaxs bo‗lganidan dalolat beradi:

Balxiy polizkorni qovun ekkali qo‘yulub edi. Bir necha qovun saqlag‘on

ekandur, kelturdi. Xili yaxshigina qovunlar edi. Bir-ikki buta tok “Hasht behisht” bog‘ida yetkurub edim, aning ham yaxshig‘ina uzumlari bo‘lub edi, Shayx Go‘ran ham bir sabad uzum yiborib edi, yomon emas edi. Hindistonda qovun, uzumning muncha bo‘luridin filjumla xursadlig‘ bo‘ldi.”15

Yuqorida keltirilgan asardagi parchalarni oquvchilarga sodda va oson

tushuntirish uchun quyidagi metoddan foygalanishni tavsiya etamiz. Bu metod kichik guruhlarda ishlashga moljallangan bolib,o‗quvchilarda guruh bo‗lib ishlash malakasini shakllantiradi. Dars davomida fodalanishimiz mumkin bo‗lgan

14 O Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yoldoshbekov J. Adabiyot (Umumiy orta talim maktablarining 9-sinfi uchun darslik). T.: Yangi yol poligrapf service, 2010-yil, 87-bet.
15 To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun). T.: Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 187-bet.
41
metodlarga alohida etibor qaratmogimiz lozim. Chunki bu metodlar

oquvchilarga yetarli bilim, konikma va malakalarni yetkazib berishga xizmat qilishi kerak. Quyida keltirmoqchi bo‗lgan metodimiz ham shu vazifani bajarishga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Tanlab topaman (TT) metodi. Bu metodda oquvchilarga

Boburnoma‖dan berilgan parchadan Fargona, Andijon, Samarqand shaharlariga oid malumotlar chalkash holda beriladi. Oquvchilar esa har bir shaharga oid malumotlarni ajratib chiqadilar. Bunda oquvchilar guruh bo‗lib topshiriqni bajaradilar. Topshiriq bajarib bo‗lingandansong topgan malumotlarini oqib eshittiradilar. Birinchi guruh Andijonga oid malumotlarni, ikkinchi guruh Farg‗onaga oid ma‘lumotlarni, uchinchi guruh Samarqandgaoid malumotlarni topadilar. Belgilangan vaqt (5daqiqa) tugagandan oqituvchi javoblarni tinglab natijalarni elon qiladi.

M a'muraning4 kanorasida5 voqe bo'lubtur6 Uch darvozasi bor Beshinchi iqlimdindur. Hech yog‘iy qahr va g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” derlar. G'arbi tarafikim, Samarqand va Xo'jand bo'lg'ay, tog' yo'qtur Mo‘gul va turk ulusi Semizkand derlar. Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’ eldur. Farg'ona viloyatining poytaxtidur.Sharqi Koshg'ar, g'arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi7 togiar... Muxtasar8 viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog' voqe bo'lubtur.. Ushbu jonibtin9 o'zga hech jonibtin qish yog'iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo'jand suyig'a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o'tub, g'arb sori oqar. Temurbek poytaxt qilib edi. Oshlig'i vofir12, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo'rg'onidin so'ng mundin ulug'roq qo'rg'on yo'qtur. Arki janub tarafida voqe bo'lubtur. To'qqiz tarnov suv kirar.

42

ANDIJON-Farg'ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig'i vofir12, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo'rg'onidin so'ng mundin ulug'roq qo'rg'on yo'qtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo'lubtur. To'qqiz tarnov suv kirar.

FARG'ONA-Sharqi Koshg'ar,, janubi Badaxshonning sarhadi7 togiar... Muxtasar8 viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog' voqe bo'lubtur. G'arbi tarafikim, Samarqand va Xo'jand bo'lg'ay, tog' yo'qtur. Ushbu jonibtin9 o'zga hech jonibtin qish yog'iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo'jand suyig'a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o'tub, g'arb sori oqar.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə