Espublikasi oliy va



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə17/37
tarix05.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#104340
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor(1)

Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,

Ko‘rub rahm aylagil, ey lolaruh, bu chehrayi zardim.

Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Ayog‘ingg‘a tushib bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol,

Men archi dahr bog‘idin xazon yaprog‘idek bordim.

Xazondek qon yoshim sorig‘ yuzumdin el tanaffurda,

Bahar range, bihamdilloh, ulusdin o‘zni qutqordim.

Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,

Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.

Ulusning tan-u tarifi manga, Bobur, barobardur,

31

Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim. 10

1-O‘quvchi: Sherda vatan sog‗inchi ifodalangan. Bunda shoir kuz manzarasini, ona tabiatning sulg‗inmanzarasini, shu bilan hamohang, lirik qahramon kayfiyatini ochadi, tasvirlaydi. Muallifning munosabati va sharhlari sherdagi soginch va dardni, Vatandan ayrilish fojiasini kuchaytirib boradi. Kuz, xazon umrning so‗ngidan nishona. Umrim hajr‖ (ayriliq)ingda otdi, deydi. Shoir lolaruh‖dan rahm qilishini soraydi. U esa parvosiz sarkash (o‗ husniga mast), chunki u sarvdek gozal va bezavol, xazon ofatiga begona, hamisha yam-yashil. Kim u lolaruh, sarvchi? Nega lirik qahramon uning oyog‗iga bargi xazondek tushib muncha yolvoradi? U Vatan! Faqat vatangina bezavol, abadiy yashillik maskanidir. Faqat u inson uchun tengsiz. Vatanni, ona diyorni hech bir narsaga almashtirib bolmaganidek, uni ozga bir narsaga mengzash ham mumkin emas. Chunki, bu Vatan, insonning kindik qoni tukilgan maskan… Vatan abadiy, insonlar esa kelib-ketaveradilar.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə