Espublikasi oliy va



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə13/37
tarix05.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#104340
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor(1)

Davron meni o‘tkardi sar-u samondin,

Oyirdi meni bir yoli xonumondin.

Gah boshima toj, gah baloyi tana,

Nelarki, boshimg‘a kelmadi davrondin.9

Umumta‘lim maktablarining adabiyot darsliklariga Zahiriddin Muhammad Boburning eng sara she‘rlari kiritilgan va ular mavzu va goya jihatidan darsliklarga taqsimlangan. Masalan, 5-sinfda o‗quvchilar shoirning asosan vatan mavzusidagi ruboiylari bilan tanishadilar:

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.

Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,

Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.

Vatan haqidagi qarashlari, asarlaridagi vatanparvarlik goyalari ozining tasirchanligi, mazmuning chuqurligi bilan oquvchilarda Vatanga muhabbat, uning bemisl boyliklariga, insonlarga mehr-oqibat tuygularini tarbiyalashda katta xizmat qiladi. Oshufta shoir ona yurtidan yiroqda bolsa ham, ozi tugilib osgan yurtiga, ona Vataniga bolgan muhabbat, unga yetishish orzusi doim uning qalbidan iztirob tuyg‗ularini ochirmaydi:

Ko‘pdin berikim yor-u diyorim yo‘qtur,

Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qtur.

9Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Сочининг савдоси тушди. Т.: Шарқ. 2007-йил, 188-бет 25
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,

Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.

Bobur ruboiylaridan namunalar akademik litsey talabalari uchun moljallangan darslikda ham uchraydi. 5-sinf adabiyot darsligidagi ruboiylarning bazilari takrorlansa-da, mavzu doirasi kengayganligini korishimiz mumkin. Demak, endi faqat vatan soginchi, unga yetishish orzusi va yeta olmagani armonlari emas, balki haqiqiy va majoziy ishq kuylangan ruboiylari bilan ham tanishamiz.

Akademik litsey darsligida Zahiriddin Muhammad Boburning yigirma tortta ruboiysi keltirilgan bolib, ularning tarkibida avtobiografik mavzudagi ruboiylar ham, sof intim lirikaning mahsuli hisoblanmish ruboiylar ham mavjud. Ammo ularning kopchiligi ijtimoiy hayot bilan bog‗liq. Shu sababli ularni tahlil qilishda Bobur hayot yoliga e‘tibor qaratish lozim boladi.


Bobur gazallaridan namunalar 9-sinf adabiyot darsligida 2 ta, akademik litseylarning ikkinchi bosqich talabalari uchun tuzilgan darslikda 19 ta keltirilgan. 9-sinf darsligida berilgan Mening konglumki, gulning g‗unchasidek tah-badah qondur va Mushkuldur‖ radifli gazali akademik litsey darsligida takroran keltirilgan. Demak, o‗n ikki yillik majburiy talimda oquvchilar Boburning 119 ta gazalidan 19 tasi bilan tanishadilar. Bulardan tashqari darslikda yana quyidagi sherlari keltiriladi: Kerak”, “O‘lum qaygusig‘a borub jahondin bo‘ldim osuda”, “Topmadim”, Qoldimu”, “Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga”, Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam”, Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana”, “Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching”, Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur”, Sening ishqingda, “Xazon yafrogi yanglig‘…”, G‘ofil o‘lma…”, “Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur”, “Bahor ayyomidur…”, “G‘urbatda ul oy…”, “Topilmas”, “Yaxshilig‘”.

26
Bobur Mirzo uluglagan komillik, ezgulik va gozallik yaxshilik va

hamjihatlikning, ozaro ittifoq va osoyishtalikning buyuk timsollari sifatida butun insoniyat qalbida iftixor tuyg‗usini uygotadi. Bulardan malum boladiki, shoir lirikasining adabiyot darslarida oqitilishining amaliy ahamiyati katta. Darsga oquvchilarni yanada qiziqtirish uchun interaktiv usullardan innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə