Essay Mavzu: Prezident Sh. M. Mirziyoyev o kelajakka e`tibor masalasi



Yüklə 8,02 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü8,02 Kb.
#152679
Essay Mavzu Prezident Sh. M. Mirziyoyev o‘qituvchilar va ularni-fayllar.org


xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Essay Mavzu: Prezident Sh. M. Mirziyoyev o kelajakka e`tibor masalasi
Essay
Mavzu: Prezident Sh.M.Mirziyoyev o kelajakka e`tibor masalasi
Inson hayotning murakkab soO`qituvchi va murabbbiylar kuniMa`naviyat va ma`rifatO`qituvchi va murabbiylar kuniDunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdirYuksak ma`naviyat-yengilmas kuch[1].

Yuqoridagi fikrlarda ifodalangan ma`no va mazmun, insoniylik fazilatlarini o`zida mujassam etgan sharafli kasb egalari hisoblangan ustoz va murabbiylarimizning katta mas`uliyat, yorqin iste`dod bilan o`z burchlarini bajarib kelayotganligini ifodalaydi.


Birinchi Prezidentimizning munosib shogirdi, boshlagan ishlarining davomchisi hisoblangan yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev asarlarida ham ustoz degan ulug` kasbning mas`uliyatli tomonlari, xalqimiz ustoz va murabbiylarimizga bo`lgan faxr tuyg`usi o`z aksini topgan. .Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik, va jasorat na`munasini amalda namoyon etib, o`z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag`ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz.


Yurtboshimizning yuqoridagi fikrlari orqali yoshlar tarbiyasi hamda kamolotini ta`minlashda asosiy ishtirokchi hisoblangan o`qituvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida ko`rilayotgani ham ustoz va murabbiylar jamiyatimiz bunyodkorlari vazifasini bajarib berishini anglab yetishimiz mumkin.


Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Oliy ta`lim tizimini rivojlantirsh orqali Vatanimiz kelajagi, yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada rvojlantirish maqsadida 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan gi PQ-2909 sonli Qarorida ham ustuvor vazifalardan birinchisi sifatida e`tibor qaratilgani diqqatga sazovordir. Jumladan, . [4]


Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, Oliy ta`lim tizimini takomillashtirishda professor-o`qituvchilarning malakasi alohida ahmiyat kasb etadi. Chunki, aynan ushbu kasb egalari tomonidan Vatan, millat, milliy qadriyat, milliy mafkura kabi hayotimiz davomida o`zining mustahkam o`rniga ega bo`lgan tushunchalarning mohiyati ustozlarimiz tomonidan yosh avlod ongiga singdirib boriladi. Hozirgi globallashuv jarayonida yurtimizda tinchlikni saqlash, iqtisodiy, siyosiy va madaniy o`shishni ta`minlash nafaqat hukumatimiz, balki yoshlarning ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu borada hukumat va yoshlar o`rtasida ko`prik vazifasini bajarib beruvchi ustoz va murabbiylarga juda katta mas`uliyat yuklatilgan.


Xulosa sifatida shuni ta`kidlash lozimki, har qanday jamiyatning rivojlanishi hamda har tomonlama ravnaq topishida ustoz va murabbiy deb atalmish kasb egalarining fidokorona mehnati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan yoshlar tarbiyasini olib borish va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani o`z zimmalariga olgan bu kasb egalariga har qancha hurmat va e`tibor qaratsak kamlik qiladi. Ularning mashshaqatli mehnati sababli, yurtimizni jahonga tanitayongan farzandlar, sportchilar hamda jamiyatning turli sohalarida yetakchi bo`lgan mutahassislar yetishib chiqmoqda. Ularning ushbu mehnatlari samarasi o`laroq bugun jahonda O`zbekiston atalmish mustaqil davlatning nufuzi kundan kunga ortib bormoqda. Fursatdan foydalanib, vatanimiz, jamiyatimiz fidokorlari ustozlar va murabbiylarni 1-oktabr bilan muborakbod etaman. Ularga sihat-salomatlik, oilaviy hotirjamlik, uzoq umr va barkamol avlod tarbiyasida kuch-quvvat tilab qolamiz.
http://fayllar.org

Yüklə 8,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə