Estetikaning zamonaviy muammolari Reja



Yüklə 42,6 Kb.
səhifə7/7
tarix28.02.2023
ölçüsü42,6 Kb.
#101682
1   2   3   4   5   6   7
Estetikaning zamonaviy muammolari

Baxshilik san’ati. Odatda baxshilikni estetikada sa’nat turiga kiritish qabul qilinmagan va xalq og’zaki adabiy ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday kamsitish”ning sababi o’zbek estetikasida shu paytgacha Yevropaga, to’g’rirog’i, ruslarga taqlidning nihoyatda kuchli bo’lganida. SHunday qilib, biz uni to’laqonli san’at turi deb bilamiz va buni isbotlashga harakat qilamiz.
Baxshilik san’ati asosan Sharq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan bog’liq, sanskritchadagi “bhikshu” (qalandar, darvesh) so’ziga borib taqaladi. Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”, “baxshi”, va boshqa shakllarda Sharq xalqlarining ko’pchiligida ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda qo’llanilgan. G’arbda uni faqat qadimgi yunonlar madaniyatida ko’rishimiz mumkin. Qadimgi Hindiston ta’sirida bo’lsa kerak, baxshilar ularda dastlab,”aedlar”(qo’shiqchilar), keyinroq “rapsodlar”(qo’shiq to’quvchilar) deb atalgan, ular “Iliada”, “Odessiya” kabi yirik epik dostonlarni torli soz jo’rligida kuylaganlar.
Bizda baxshilik san’ati qadimdan mashhur bo’lib kelgan. Ilmiy farazlarga ko’ra (V.Jarmunskiy, H.Zarif v.b.), “Alpomish” dostonining idlizlari Homer eposlari bilan tutashib ketgani qayd etiladi. “Alpomish” ham, boshqa alohida dostonlar ham, dostonlar turkumlari ham mintaqamizda, do’mbira, qo’biz va dutor jo’rligida kuylanadi. Baxshi, xalq dostonlarini yodda saqlovchi, meyoriga etkazib kuylovchi, ularning o’ziga xos variantlarini, versiyalarini yaratuvchi san’atkor. U, bir tomondan, shoirlik iste’dodiga ega bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan, mahorat bilan kuylay bilishi, “Xudo bergan ovozga” ega bo’lishi lozim.
Yüklə 42,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə