Estetikaning


Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning muqobillari



Yüklə 489,5 Kb.
səhifə3/21
tarix29.11.2023
ölçüsü489,5 Kb.
#142060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning muqobillari

Estetika falsafiy fanlardan biri sifatida o‘z kategoriyalarini ishlab chiqqan bo‘lib, ulardan asosiylari – go‘zallik, ulug‘vorlik, fojialilik, kulgililikdir. Estetika fanining barcha muammolari aslida go‘zallik muammosi bilan muayyan darajada bog‘liqdir. Go‘zallik nafosat olamining mag‘zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil qiladi. Har qanday estetik muammoning echimini topganimiz sari go‘zallik yanada yorqin namoyon bo‘lib boradi. Estetik munosabatlarni estetik ob’ekt va estetik sub’ekt tabiatini in’ikos etish bilan birga go‘zallikning u yoki bu tomonlari ham mushohada etiladi. Go‘zallik – bu asosiy estetik qadriyat bo‘lib, uni idrok etish qobiliyati esa estetik sub’ektning asosiy xossasidir. Bu xususiyat estetik ong va uning asosiy qismlariga ham taalluqlidir.


Estetik his-tuyg‘u, eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. Estetik orzu esa go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi. Estetik did bo‘lsa ko‘p jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xunuklik sifatida idrok etishida namoyon bo‘ladi. Estetik qarashlar go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi.

  1. Mutafakkirlarning aytishlariga qaraganda, go‘zallik haqida fikr yuritish va uni bayon qilish nihoyatda murakkab va mashaqqatli jarayondir. Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsani ko‘rsatish oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanligini tushuntirib berish qiyin. Go‘zallikning tabiati va mohiyati haqida juda ko‘p fikr-mulo-hazalarning mavjudligi uning murakkabligi, ko‘p qirraligidadir. Ilmiy tushunchalar tizimida ham go‘zallik muammosini tushuntirish ancha qiyin. SHuning uchun go‘zallik muammosiga falsafiy yondoshish zarur.

Qadimgi yunon faylasufi Platon bu muammoni ilk bor «Nima go‘zal?» va «Go‘zallik nima?» degan savollarga ajratish bilan tarixga go‘zallik haqidagi falsafiy ta’limotning asoschisi bo‘lib kirgan edi. Go‘zallikni u jonli, hissiyotli, o‘zgaruvchan narsalar olamidan ajralib qolgan abadiy ruh - g‘oya sifatida ta’riflaydi.
Go‘zallik tuyg‘udan yuqoriroq tabiatga ega bo‘lgani uchun uni faqat aql vositasida anglash mumkin. Go‘zallik haqidagi bu «Platon yo‘nalishi» F.Akvinskiy, Gegel ijodida davom ettirildi. Gegel fikricha, mutlaq ruh–g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir, san’at go‘zallikning asl makonidir, go‘zallik bu aniq turdagi hodisalar kamolotining namunasidir, ya’ni go‘zallik mukammallik va kamolot bilan bog‘liqdir. “SHunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa, shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan tarzda ko‘rinsa”. Ingliz faylasufi D. YUm fikricha, go‘zallik narsalar sifatini bildirmaydi, balki narsalarni mushohada qilayotgan inson ruhi darajasida amal qiladi; ya’ni har bir inson ruhi o‘zi belgilagan, tanigan, anglagan go‘zallikni ko‘radi. Bu ta’limotlarda go‘zallikning ma’naviy mazmundorligi masalalari aks etadi.



Yüklə 489,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə