Estetikaning


Estetika” haqidagi qarashlar tarixi



Yüklə 489,5 Kb.
səhifə2/21
tarix29.11.2023
ölçüsü489,5 Kb.
#142060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

2. Estetika” haqidagi qarashlar tarixi

Dastlabki estetik qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar falsafa fani bag‘rida vujudga keladi va rivojlanadi. Falsafiy ta’limotlar estetik qarashlarning u yoki bu ko‘rinishda bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.


Estetik g‘oyalar qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga keldi. Bu mamlakatlar xalqlaridan qolgan ma’naviy-madaniy meros shunday xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi. Masalan, Urxun- Yenisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, me’moriy obidalar bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini ko‘rsatadi. Misrda fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tanalar, skiflar oltin buyumlari, Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at asarlari buning yaqqol isbotidir.

Estetik qarashlar bizning vatanimizda ham qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan. Zardushtiylikdagi estetik qarashlar Axura Mazdaga xizmat qiluvchi xudolar va ularning bajaradigan vazifalari orqali ifodalangan Quyosh va yorug‘lik xudosi Mitra yeru ko‘kda kezib, zulmat xudosi Axriman bilan kurashuvchi ulug‘vor va bahodir yigit sifatida tasvirlansa, obodonchilik va farovonlik xudosi Anaxit nafis libos kiygan go‘zal ayol qiyofasida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo – baxt, tole va davlat ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga soya solsa, o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi axloqiylik bilan bog‘lab mushohada etilgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topdi. Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni ishlab chiqdilar. Qadimgi yunon faylasufi Pifagor (e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari o‘zlarining raqamlar haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq etdilar. Ularning nafosat asoslari, ya’ni “xilma- xil ovozli tomonlarning kelishuvi” umumbashariy hamohanglik ekanligi haqidagi qarash va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.


Geraklit (e.a. 540-480) nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.


Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi, mosligi (simmetriya)da deb biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid qilishdir, deb hisoblaydi, u.


Suqrot (e.a. 470-399) fikricha, go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir.
Aflotun (e.a. 427-347) fikricha, nafosat manbaini “g‘oyalar” tashkil etadi, uning yoritib turuvchilik kuchi go‘zallikni kashf etadi. Go‘zallikning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, faqat aql-idrok bilan anglash mumkin. Aflotun san’atni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb ta’riflaydi. Aflotun san’atning odamlarga nisbatan ta’sir kuchini salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHuning uchun ham o‘zi kelajakda orzu qilgan davlat haqidagi qarashlarida musiqadan boshqa san’at turlarini tilga olmaydi.

Arastu (e.a. 384-322) fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi. U san’atni voqelikka taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atning inson ruhiga o‘tkazadigan ta’sir kuchiga alohida e’tibor beradi. San’atning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish kuchini ulug‘laydi. Arastu inson ruhini vahima, dahshat, rahm-shavqat orqali poklantirish (“katarsis”) ta’limotini ilgari suradi. SHuningdek, Arastu voqelik va san’at, inson va san’at, inson


va badiiy ijod masalalariga maxsus to‘xtalgan.


Estetik qarashlar Qadimgi Rimda ham shakllanib rivojlangan. Tit Lukretsiy Kar (e.a. 9955) “Narsalar tabiati haqida” asarida san’at “zaruriyat” (ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini ta’kidlab, uning ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Qadimgi SHarq hamda Qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkir-larining estetik g‘oyalari, qarashlari, ta’limotlari fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limotlar o‘zidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablarga zamin vazifasini bajardi.

O‘rta asrlarda G‘arb mamlakatlarida san’at, umuman badiiy amaliyot va nazariya masalalarida turli xil qarashlar, muammolar yuzaga keldi. Bu davr estetikasida uchta hududni ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi. Birinchisi – Vizantiya, ikkinchisi – G‘arbiy Yevropa, uchinchisi – sharqiy hudud – Qadimgi Rus. Vizantiyada estetik qarashlar xristian madaniyatida badiiy tasvirlarning roli haqidagi bahs-munozaralarida shakllanib borgan.


G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu davrda san’at asarlarida badiiy ijodning real dunyoga e’tibori kuchayishini ko‘rish mumkin.


Qadimgi Rus badiiy ongida erkinlik, oddiylik namoyon bo‘ladi.


Insonning dunyoga e’tiborining kuchayishi, go‘zallikni hissiy idrok etishdan zavqlanishi Uyg‘onish davrining yangi madaniy paradigmasi vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi.


G‘arb Uyg‘onish davrida estetik qarashlar yangicha ijtimoiy munosabatlarning ta’siri ostida rivojlana bordi. Insonparvarlik g‘oyalari tarqalib borgani sari, ilm-fan, adabiyot va san’at muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham rivojlanib bordi.


Bu davr estetikasining muhim xususiyati – uning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi va badiiy amaliyot bilan bog‘liq ekanligi.


Uyg‘onish davri mutafakkirlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, Servantes, Shekspir estetik tafakkur taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Ular shu bilan birga buyuk san’at asarlari yaratdilar. Buyuk musavvir Leonardo da Vinchi dunyoni bilishda san’atning ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. U o‘zining estetik qarashlari bayon etilgan risolalaridan birida ko‘rsatib o‘tishicha, san’at narsalarning o‘ziga xos sifatlarini, ularning go‘zalligini izlab topadi va ommalashtiradi. San’at voqelikning in’ikosi, ijodiy qayta takrorlash jarayonidir.




Klassitsizm estetikasi ham estetik tafakkur taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bualoning “Nazm san’ati” risolasi klassitsizm estetikasi mohiyatini ochib beradi. Unga ko‘ra barcha ijodkorlar klassitsizm ishlab chiqqan aqida qoidalariga bo‘ysunishi shart bo‘lgan. Ijodkorning erkinligi cheklangan. Klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab qo‘yilgan va mavhumlash-tirilgan mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahkum etadi. Klassitsizm vakillari yuksak san’at aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni o‘z asarlarida aks ettirishi kerak deb hisoblaydilar. Klassitsizm uslubida juda ko‘p asarlar yaratilgan bo‘lib, ular jahon san’ati namunalaridandir. Lekin san’at taraqqiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘nalti-rish uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi.

Estetik fikrlar keyinchalik nemis klassik falsafasida ri-vojlantirildi. Ayniqsa, I.Kant va Gegel o‘z falsafiy sistemalari doirasida, estetik munosabat, did, ulug‘vorlik, go‘zallik masalalarida birmuncha qimmatli fikrlarni ilgari surdilar.


Masalan, Kant fikriga ko‘ra, did birgina odamga xos bo‘lgan tug‘ma qobiliyatdir, u shu qadar yakka hodisadirki, uni inkor etib bo‘lmaydi.


Kant, shuningdek, ulug‘vorlik nazariyasini rivojlantirdi. U ulug‘vorlik va go‘zallikning barcha o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berdi.


Gegel san’atga yuqori baho beradi. San’at, uning fikricha, go‘zallikning asl makonidir. Gegel ulug‘vorlikni ham san’at asarlari zaminida tahlil etadi. Gegel fikricha, mutlaq ruh – go‘zallikning namoyon bo‘lishidir.
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk olimlar, shoirlar, musiqashunoslar, faylasuflar yashab ijod etdilar. Ular tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy masalalar bilan bir qatorda tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yozdilar.

Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida”gi risolasida “Inson aql-idroki tufayli haqiqiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go‘zallik va mukammallikni kashf etadi” deb ko‘rsatadi. SHaxsni kamol toptirish jarayoni, Forobiy fikricha, inson o‘z hayoti davomida ilm, hunar o‘rganishi, axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va san’atni hayotiy tajriba bilan boyitish orqali sodir bo‘ladi. Estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit ta’si-rida shakllanadi. Forobiy shaxs tarbiyasida she’riyat va musiqa san’atining o‘rnini alohida ta’kidlaydi. U san’at turlarini bir-biridan farq qiladi: she’riyat so‘z bilan, tasviriy san’at esa bo‘yoqlar bilan ish ko‘radi. Lekin har ikkovi ham inson ruhiy hayotining in’ikosidir. San’at insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. Ta’lim-tarbiya masalalariga Forobiy alohida to‘xtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalashni muhim vazifa deb hisoblaydi.




Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ko‘rsatadi. Go‘zallikni tabiat va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholaydi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining estetik qarashlarida estetika bilan axloq muammolarini bir-biriga uzviy bog‘laydi. U “Kitob ush-shifo” asarida musiqaning estetik xususiyati haqida so‘z yuritib, uning axloqiy tarbiyadagi ahamiyatiga, she’riyatning kishilarga go‘zal fazilatlar singdirishi imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tadi. YOshlarni tarbiyalash oila va davlatning muhim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, yutuqlari ma’lumotli, madaniyatli kishilarning o‘sishiga bog‘liq, “barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir” der ekan, “mukammallik” atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi.

O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri mutafakkirlari “Alloh go‘zal va u go‘zallikni yaxshi ko‘radi” tamoyiliga amal qilganlar. Ular Alloh go‘zalligini ulug‘lab, diniy e’tiqod doirasida insonparvarlik ta’limotini yaratdilar, diniy e’tiqodni inson aql-idroki kuchi, inson irodasi erkinligi g‘oyasi bilan bog‘lab talqin qildilar.




Estetik tafakkur XIV-XV asrlarda yanada rivojlandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy o‘z asarlarida go‘zallikni, san’atni yuksak qadrlab, san’at inson ma’naviy olami, komil shaxs bo‘lib etishishi uchun zarur ekanligini ta’kidlaydi. Uning adabiy-estetik qarashlari “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon” va “Mufradot” asarlarida bayon etiladi. Navoiy badiiy so‘z san’atining ma’rifiy-tarbiyaviy, hissiy-ruhiy ahamiyatini alohida ta’kidlar ekan, ijodkorlarning axloqiy qiyofasiga e’tibor qaratadi. Ularning kamtarlik, himmatlilik, xush-muomalalilik, sahiylik kabi fazilatlarini ta’kidlaydi. “Majolis un-nafois”da mashhur sozandalar, hofizlar haqida ham so‘z yuritiladi. “Mezon ul-avzon”da turkiy she’riyatning yozma va og‘zaki adabiyot hamkorligida yuzaga kelgan janrlar (tuyuq…), og‘zaki adabiyotning yozma adabiyotga kirib borishi (o‘lanchangiy, yor-yor, qo‘shiq) masalalariga alohida to‘xtaladi, xalq qo‘shiqlarining sakkiz turi haqida ma’lumot beradi: tuyuq, changi-turkiy, arzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va boshqa. Navoiyning adabiy-estetik qarashlarida san’atkor inson ma’naviy ehtiyojiga, insof va adolatning barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, hissi va didiga ta’sir ko‘rsatishi kerak, degan g‘oya ilgari suriladi. XX asr estetik nazariyalari an’anaviy qarashlarga kam tayanadi. Intuitivizm A.Bergson (1859-1941), Andre Malro (19011976) badiiy ijodning noratsional asoslariga e’tibori bilan ajralib turadi. Ekzistensializm J.P.Sartr (1905-1980), Alber Kamyu (1913-1960) estetikasida insonga e’tiborni, san’at fenomenini inson taqdiri bilan bog‘lab qarashni ko‘rishimiz mumkin. Strukturalizm Roman YAkobson (1896-1982), Rolan Bart (1915-1980) san’at asarini tahlil qilar ekanlar struktura, belgi, element, funksiya tushunchalarini ishlatadilar. Masalan, strukturalizm tas-viriy san’at asarini o‘rganar ekan, unda geometrik kompozitsiyalarni, guruhiy holatlarni, tasvirlangan shakllarni bir-biri bilan va asarning foni bilan munosabatiga e’tibor qaratadilar.



Yüklə 489,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə