Estetikaning



Yüklə 489,5 Kb.
səhifə7/21
tarix29.11.2023
ölçüsü489,5 Kb.
#142060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Tarixiylik xususiyati. Har bir haqiqiy san’at asari, vaqt nuqtai nazaridan zamonaviy yoki tarixiyligidan qat’i nazar, u – tarix, badiiylashtirilgan tarix. Masalan, Abulqosim Firdavsiyning
«SHohnoma» asari X-XI asrlarda yaratilgan, milodgacha va miloddan keyingi dastlabki davrlardagi Eron ijtimoiy-siyosiy hayotidan olib yozilgan tarix, faqat badiiylashtirilgan, umumlashtirilgan tarix. Ayni paytda «SHohnoma»ning yaratilishi bilan bog‘liq tarix ham mavjud.
«SHohnoma» o‘z ibtidosidan tarixiy asar sifatida qabul qilinadi. Tarixiylikning yana bir boshqa jihati borki, unda asar dastavval zamonaviy san’at namunasi sifatida namoyon bo‘ladi va keyinchalik u o‘z davrining badiiy qiyofalar vositasida yaratilgan tarixiga aylanib qoladi.
Milliy va umumbashariylik xususiyati. Bu o‘rinda biz, e’tibor qilsangiz, milliylikni umumbashariylik bilan birga, ajralmagan holda keltiryapmiz. Gap shundaki, ularni boshqa barcha sohalarda alohida-alohida olib qarash mumkin. Faqat san’atda emas, san’atda ular dialektik yaxlitlikda namoyon bo‘ladi. YA’ni haqiqiy milliy qadriyatga aylangan badiiy asargina asl umuminsoniylikni va aksincha, haqiqiy umumbashariy qadriyatga aylangan asargina tom ma’nodagi milliylikni o‘zida mujassam etadi. CHunki inson ravnaq topib, taraqqiy qilishi uchun milliylikdan umuminsoniylikka qarab borishi kerak, tarixda ham doimo shunday bo‘lib kelgan.
Inson esa san’atning badiiy tadqiqot ob’ekti. SHu sababli milliy mahdudlikni targ‘ib etgan yoki hech qanday milliy ildizga ega bo‘lmagan «umuman» insonni, milliy-mintaqaviy hududlardan tashqaridagi «muallaq» odamni tasvirlagan badiiy asar hech qachon san’at darajasiga ko‘tarila olmaydi.
Originallik (yangilik)-ijodiylik tamoyili. Har bir ma’naviy hodisada bo‘lganidek, san’atda ham uning asosini tashkil etadigan, tamal toshi vazifasini o‘taydigan tamoyillar mavjud. Ulardan birinchisi - san’atning yangilik (orginallik) yoxud ijodiylik tamoyili. CHunki ijod mahsuli, ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud bo‘lmagan narsani yaratish demakdir. Bunday yangilik muayyan san’at asarining shakl, mazmun, uslub v.b. jihatlari bilan o‘zidan avvalgi asarlarini takrorlamasligini, o‘sha asarlar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy o‘ziga xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi.

Yüklə 489,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə