Etnomadaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə22/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

«Urf-odat» deyilganda kishilarning turmushiga singgib ketgan, ma’lum muddat takrorlanib turuvchi hatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko’nikmasidir. Demak ushbu marosim va urf-odatga berilgan qishacha qaydlardan ham ko’rinib turibdiki, urf-odat tushunchasi xalq hayotining barcha sohasini o’z ichiga qamrab olsa, marosim tushunchasi hayotining muayyan sohalarigagina aloqador, xolos. Urf-odat bir vaqtning o’zida bir shaxs yoki bo’lmasa ko’pchilik tomonidan bajarilishi shart bo’lgan qoida bo’lsa, marosim belgilangan shaxslar tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan xatti-harakatdir1. Jumladan, kichikning kattaga birinchi salom berishi yoki ko’pchilikka kamchilikni salom berishi yoinki mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida yaqinlari, keksa qariyalar, qo’ni qo’shnilar holidan xabar olish kabi ko’rinishlar o’zbeklarga xos milliy urf-odatlardir.
I.S.Kon «Milliy xarakter – afsonami yoki haqiqat?», deb nomlangan asarida zamonaviy jamiyatshunoslikning eng dolzarb vazifalaridan biri milliy xarakterning mohiyatini aniqlashdir», deb yozadi. O’z-o’zidan ravshanki milliylik nafaqat madaniyat muammosi shu bilan birga ijtimoiy - iqtisodiy ziddiyatlarni ham aks ettiradi. Masalan, noto’g’ri tushunish bir millatning ustidan ikkinchi millatning ijtimoiy ustunligi, urf - odatlarining ulug’vorligi kabi g’ayriilmiy muammolarni keltirib chiqaradi. Rivojlangan mamlakatlarda bu borada muhim nazariy qarashlar ilgari suriladi. Milliy xarakterni o’rganuvchi manbalarda ikki qutb, ikkita uzviy nuqta mavjud. Bir toifadagilar aytadiki, milliy xarakter hech qanday aniq narsaga tayanmaydi, hech bir millat bir - biridan psixologik jihatdan tubdan farq qilmaydi. Ikkinchi toifadagilar aksincha, millatlar o’rtasida o’tib bo’lmas devor borligini uni uddalash milliy urf - odat omborining to’laligiga bog’liq ekanligini e’tirof etadi. Ya’ni har bir millat a’zosi o’z millatiga bog’liq va uning o’ramidan chiqa olmaydi. Milliy xarakterni aniqlash alohida shaxslarda unchalik yaxshi natija bermaydi. Ammo har bir millat alohida shaxslardan tashkil topishini hisobga olsak, milliy san’at va adabiyotning umumiyligi kelib chiqadi. Lekin bu narsa har bir shaxsga teng taqsimlanmasligini e’tiborga olish kerak. Milliy xarakterni tushunish uchun avvalo shu millat tarixi, jamiyatning tuzilishini o’rganish kerak. Milliy asosga ko’ra, har bir odam biror-bir millatga tegishli bo’ladi, o’zaro bir - biridan temperamenti, madaniyati, odobi bilan farq qilib turadi. Germaniya, Gollandiyada yashovchi millatlarning o’ziga xosligini tartib-intizom tashkil etsa, ispanlar uchun bu unchalik xarakterli emas. Bu fazilatlar Lotin Amerikasida yashovchi millatlar o’rtasida unchalik ahamiyat kasb yetmaydi. Milliy xarakterga xos bo’lgan belgilar ularning o’zaro muomala madaniyatida, xususan, bir-birlariga bo’lgan munosabatida ham ko’zga tashlanadi. Masalan, shimoliy amerikaliklar katta - kichikligidan qat’iy nazar, bir-birlariga ismini aytib murojaat qilishadi. Bu ularning bir - biriga do’stligi yoki nihoyatda yaqinligini bildirmaydi. Milliy xususiyatlarni erkin ifodalaydigan omil xalqning badiiy madaniyati hisoblanadi. Masalan; rus musiqasini italyan yoki o’zbek musiqasidan yoki ukrain bezaklarini hind milliy bezaklaridan, ingliz hajviyasini esa fransuzlarnikidan osongina farqlash mumkin. Bir millatga tegishli bo’lgan yaxshi xarakterlar boshqalarga ham xosligi o’z-o’zidan ravshan. Biz xohlaymizmi, yo’qmi boshqa millatning urf - odati madaniyatining ta’sirini madaniy hodisalarimizda ko’rishimiz mumkin. Bir so’z bilan millatning yaxshi va yomon tomonlarini aniqlab bo’lmaydi. Masalan, rus millatiga xos insoflilik, bag’rikenglik, oqko’ngillik, to’g’riso’zlik kabi sifatlar muayyan darajada boshqa millatlarga ham xos bo’lishi mumkin. Hech bir millat yuqorida sanab o’tilgan sifatlar bo’yicha boshqa xalqdan ustunroqmiz, deya olmaydi. Xohlaymizmi-yo’qmi, biz har bir xalqning hayot tarzi xulqi odatlari va an’analariga etnik jihatdan to’g’ri baho berishimiz kerak. Har kim o’zga millatdan o’z odatlarini yuqori qo’ymasligi kerak. Odam eng avvalo ilk bolalik davridanoq ehtiyojlarini qondiradigan narsalarning xususiyatlarini chuqurroq idrok etishga intiladi. Voqelikni idrok etishda uning ijtimoiy va shaxsiy ko’nikmalari, millatiga xos bo’lgan xususiyatlar o’z aksini topadi. Shuning uchun tabiat va jamiyatdagi har bir narsa va hodisa bir millat va elat vakillarida boshqalariga nisbatan boshqacharoq emotsional psixologik reaksiyani vujudga keltirishi mumkin. Masalan, cho’l qozoq xalqi turmush tarzi kechadigan o’ziga xos makon. Shu boisdan ular cho’lga chuqur hurmat bilan munosabatda bo’ladi. Aksincha, vodiy, dengiz sohillari, o’rmonlarda umrguzaronlik qiladigan odamlar uchun cho’l manzarasi hech qanday ijobiy munosabat tug’dirmasligi, yoki uning uchun zerikarli bo’lishi mumkin. Xalqning yashash tarzi, uning kundalik ehtiyojlari (tarixan) go’zallik to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni vujudga keltiradi. Shaxs va jamoa hamda shaxslararo munosabatlar to’g’risida ham shu asosda me’yorlar shakllanadi. Shuning uchun ham muayyan xalq vakillari boshqa xalqlarning munosabatlari, xatti - harakatlari, urf - odatlarini ko’rib taajjublanishi, bu narsalar unga qandaydir g’ayri tabiiy bo’lib ko’rinishi mumkin. Masalan, Quddusni bosib olgan fransuzlar arablarning ko’p xotinlik odatiga nafrat bilan qarashgan, arablar esa fransuz ayollarining ochiq yurishlarini hayosizlik deb hisoblashgan. Qirg’iz va qozoqlarda qiz olib qochish odati ham bunga misol bo’la oladi. Albatta, bunday an’analarga ega bo’lmagan xalqlar uchun bu xatti - harakatlar g’ayri tabiiy ko’rinishni vujudga keltiradi. Lekin har qanday urf - odatning vujudga kelishida ijtimoiy – iqtisodiy omillarning ta’siri belgilovchi rolp o’ynaydi. Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqlarda uylanish marosimlarida «qalin» to’langan. Hozirgi ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar natijasida xalqimizda mavjud bo’lgan milliy ta’b keskin o’zgarishlarni boshdan kechirgan. Ayniqsa, moddiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq ta’b ancha murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. Milliy tuyg’u milliy psixologik qiyofani tashkil etuvchi komponentlar ichida nisbatan kam o’rganilgan soha bo’lib, o’zining ijtimoiy kelib chiqishi bilan uzoq o’tmishga borib taqaladi. Shuning uchun ham uni o’rganishda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Milliy tuyg’uning ta’sirchanligi ona tiliga bo’lgan munosabatda yorqin namoyon bo’ladi. Zero, har bir xalqning milliy xususiyatlari til orqali o’z ifodasini topadi. Mashhur qirg’iz yozuvchisi Ch.Aytmatov til bu millatning butun tarixi mobaynida to’plangan boyliklarini o’zida jamlab, kelgusi avlodlarga yetkazib beruvchi vosita ekanligini ko’rsatib bergan. Milliy tuyg’u tug’ma hodisa emas, u tarixiy kategoriyadir. Milliy tuyg’u shu xalq va millat vakillariga tashqi obyektiv omillarning doimiy ta’sir etib turishi natijasida vujudga keladi. Uning asosida milliy manfaat va ehtiyojlar, ayniqsa, uning tinchligi yoki notinchligini ta’minlovchi omillar yotadi. Milliy tuyg’uning namoyon bo’lish kuchi va intensivligi hamma xalq va millatlarda bir xil emas. Kam sonli xalqlarda bu tuyg’u kuchliroq bo’lib, yirik xalqlarda keskin namoyon bo’ladi. Masalan, chechenlar, Farg’ona vodiysidagi turklar, qoraqalpoqlar. Ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlarning o’zgarishi bilan kishilarda o’z xalqi, ona tili, ona tuprog’iga bo’lgan mehr - muhabbat tuyg’ulari yanada chuqurlashishi mumkin. O’z millatini ortiqcha ko’klarga ko’tarish, uning boshqa millatda bo’lmagan fazilatlari to’g’risida gapiraverish, o’z xalqini boshqalarga qarama - qarshi qilib qo’yish, boshqa xalqni mensimaslik ruhini keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, nemislarning dunyoda oliy irqligi haqidagi aqidalari bunga misol bo’la oladi. Respublikamiz hududida yashovchi har bir millatning o’ziga xos madaniyati mavjud bo’lib, bu madaniyat milliylik xususiyatiga egadir. O’zbek oilalarida milliy o’ziga xoslikni xulq -atvor, shaxsiy sifatlar, hattoki, uy qurilishi, oziq-ovqat va oilaviy munosabatlarda aks etishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Misol uchun nonga munosabatni olib qaraylik. Non bu tirikchilik mazmuni, hayot manbai, shu bilan birga, dasturxonimiz ko’rkidir. Shu bois ajdodlarimiz nonni muqaddas deb bilganlar va u haqda qo’shiqlar, dostonlar to’qiganlar. Yerda yotgan bir burda nonni darhol qo’lga olib, ko’zimizga surtishimiz, ehtiyotlab, pokiza joyga qo’yishimiz nonga bo’lgan buyuk muhabbatimiz va e’tiqodimiz, ongimizga singdirilgan tarbiyaviy ta’sir mahsulidir. Non bilan bog’liq milliy udumlar ham bobolarimizning behad donishmandligidan dalolat beradi. Zero, xalq nazarida nonni e’zozlash or - nomus, vijdon, iymondan boshlanadi. Inson xulqi va xatti - harakatini tartibga solish va boshqarishda ijtimoiy odatlar alohida ahamiyatga molik. Axloq, xulq namunalari muttasil takrorlanishi natijasida odamning sezgi a’zolarida mustahkamlanib odatga aylanib boradi. Milliy urf - odatlar shaxs xulqini tartibga solishga xizmat qiladi va ular ongini ortiqcha zo’riqishlardan xoli etib, insonning istak va maqsadlari mushtarakligini ta’minlaydi. Bola hali milliy urf-odat va an’analarni o’zlashtirmaganiga qaramay, unga ta’sir eta oladi. Inson odatlarni to’liq o’zlashtirib olganidan so’ng uning ichki boshqaruv funktsiyasiga aylanadi. Urf - odatlar, an’analar ijtimoiy psixologik holat sifatida inson ideallari, didi, ehtiyojlari va dunyoqarashini, ishonch va e’tiqodini, shaxs faolligini belgilaydi. Masalan, qadimdan uzoq safarga otlanganda «sening sha’ningga gard yuqtirmay qaytayin» degan ma’noda ostona o’pilib, uning gardi ko’zga surtilgan. Safardan qaytganda ham ostonaga hurmati bajo keltirilgan. Oilada voyaga yetayotgan farzandlar kattalarning bu xatti-harakatlarini to’liq anglab yyetmasalar ham kuzatib borganlar, asta - sekin uning mohiyatini tushuna boshlagan. Bola ostonaning muqaddasligi, uning sha’ni, oila, mahalla, qarindosh - urug’larning obro’si ekanligi ko’cha - kuyda, do’stlar orasida, xizmatda va mehmonda bo’lganda ham ijtimoiy odatlarga amal qilish kerakligi, shu an’analar ta’sirida uning ba’zi xulqiy xislatlari shakllanib borayotganligini anglay boradilar. Har bir harakat va faoliyatga undovchi kuch bu-motiv hisoblanadi. Ehtiyoj harakatga undovchi anglangan motiv vazifasini bajarishi mumkin. An’analar tarkibidagi odatni ado etish jarayonida shaxsning ma’naviy ehtiyojini milliy urf-odat va an’analar vujudga keltiradi. U yoki bu urf - odat va an’anani bajarish uchun shaxsda unga nisbatan qiziqish tuyg’usi paydo bo’lishi lozim. Bu esa o’z navbatida uning xulqini ma’lum qoidalar asosida tartibga solib turadi. Ehtiyoj bilan uzviy bog’liq bo’lgan motivlar uni harakat qilishga undaydi. Masalan, milliy urf - odat hisoblanmish hasharni olib qaraylik. Ko’pchilik, umumiyat bilan bajarilgan hamkorlikdagi mehnat qatnashchilarda hamisha jo’shqinlik, xush kayfiyat, o’z kuchiga ishonch tuyg’usini uyg’otadi. Bu esa o’z navbatida mehnat mahsulini mukammal, puxta, chidamli bo’lishini ta’minlaydi. Hasharda shaxslararo munosabatning tub mohiyati ifodalanishi tufayli norasmiy liderlar paydo bo’lib, kimdir maslahatchi rolini bajaradi, kimdir uni boshqaradi, yana kimdir o’zining nimaga qodirligini namoyish qilishga intiladi. Umumiyat bilan ijro etilgan faoliyat mahsulining sifati yuksak bo’ladi. Hasharda qatnashish orqali shaxslarning bir - biri bilan muomala va muloqotda bo’lish ehtiyoji qondiriladiki, bunday ruhiy holatlar hazil - mutoyiba, olqish - duo va ma’qullash shaklida amalga oshiriladi. Ularning hayotiyligi, ruhiy taskin bera olishi, ishtirokchiga nisbatan psixologik ta’sir o’tkazishning eng o’tkir, o’zbek milliy urf - odatlarimizda (uyatning sodda ko’rinishlari) dasturxonga kattalardan oldin qo’l uzatish, kattalar yoki mehmonlarning gapini bo’lish, voyaga yetgan qizning o’z otasiga tik boqishi kabi holatlar uyat hisoblanadi. Uyat u yoki bu xatti - harakatni nazorat etib turuvchi yuksak tuyg’udir. Muayyan urf - odat tusini olgan biror qoidadan chetga chiqish odamda ana shu tuyg’uni darhol ishga soladi, natijada regulyativ funktsiya faoliyat ko’rsata boshlaydi. Shunday qilib, uyat o’zining noo’rin xatti-harakatini anglab o’kinish, unga hijolat bo’lish hissi; andisha, nomus, xijolat tortish tuyg’ularini anglatadi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə