Etnomadaniyat


«Milliy g’oya va huquq ta’limi» kafedrasi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə2/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

«Milliy g’oya va huquq ta’limi» kafedrasi


60112100 - Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi
2-kurs talabalari uchun
«Etnomadaniyat»

fani bo’yicha




MA’RUZALAR MATNI
NAMANGAN - 2022

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Namangan Davlat universiteti
60112100 - Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun “Etnomadaniyat” fani bo’yicha ma’ruzalar matni

Tuzuvchi: dotsent, t.f.n. B.Talapov

Taqrizchilar: f.f.n. dots. O. Mamatov

katta o’qituvchi B.Tillayev

Ma’ruzalar matni «Milliy g’oya va huquq ta’limi» kafedrasida ko’rib chiqilgan va tavsiya etilgan



Bayonnoma № 1 «____» avgust 2022 yil


“Milliy g’oya va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri: f.f.n. O.Mamatov



© Namangan Davlat Universiteti
Ma’ruza mavzulari va ular bo’yicha ajratilgan soatlarning taqsimoti.




Mavzular


Soati


1

Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


2



2

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi muammolari


2



3

O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng muhim manbalar


2



4

Etnomadaniyatning shakllanishida xalq o’yinlarining o’rni.


2



5

Qadimgi davr o’zbek folklori – etnomadaniyat tarixida muhim manba (қўшиш керак)


2



6

O’zbek xalq og’zaki ijodi: xalq maqollari, topishmoqlari, qo’shiqlari va xalq dostonlari (қўшиш керак)


2



7

Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy raqslarning o’rni


2



8

Etnopedagogika va milliy ma’naviyat


4



9

An’anaviy oila – turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni


2



10

O’zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va qarashlarning arxaik izlari


2



11

Milliylik falsafiy va axloqiy kategoriya sifatida


2



12

Etnomadaniyat va milliy o’z-o’zini anglash


2





13

Ekologik ong va etnomadaniyat


2



14

Milliy o’zlikni anglash jarayonida etnomadaniyatning o’rni


2



15

Etnomadaniyat va milliy g’oya mushtarakligi.


4



16

Etnomadaniyat va etnopsixologiya.


2



17

Etnik va ijtimoiy xotira.


2



18

Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.


2



Jami

40



1-Mavzu: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Etnomadaniyat fanining boshqa gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
3. Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati va uning tub negizlari.
Hozirgi murakkab ziddiyatlarga to’la bizning zamonamiz har xil dramatik hodisalarga boy bo’lib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va ma'naviyatiga ulkan ta'sir o’tkazmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning o’zaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy o’zgarishlar kiritmoqda.

Jahon aholisi XXI asrga kelib yetti milliardga ko’paydi. So’nggi bir asr davomida yer kurrasidagi xalqlar son jihatdan ko’payibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va ma'naviy dunyosi ham tubdan o’zgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil bo’lsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, o’tgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan. Ba'zi manbalarda esa yer yuzida yashovchi katta-kichik etnoslarning soni uch-to’rt mingga yaqin, deb ko’rsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan iborat bo’lib, jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga ega bir yarim mingga yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik birliklarning soni uch mingdan ortiq.


Etnolog olimlarning juda ko’p ilmiy tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib o’tilgan barcha pog’onalarida kishilar o’zligini anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qo’shni elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida to’plangan turli elatlar to’g’risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishga, tinchlik sari yo’nalishga yordam berib kelmoqda. Hatto qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda ko’p empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xo’jalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday o’y-fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bo’lgan.
«Etnologiya» atamasi, yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) va «logos» (so’z, ma'no) so’zlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qilinadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» so’zini boshqa g’ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha “Etnologiya” atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi. Ba'zi Yevropalik olimlar “Etnologiya”ni nazariy fan, etnografiyani esa ta'riflovchi fan sohasi deb aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya’ni bir ma'noni anglatuvchi tarix fani sohasi desa bo’ladi. Hatto qadimgi yunon mualliflari dastlabki etnografik ma'lumotlarni xalqlarai ta'riflash bilan cheklab qo’ymasdan, balki ularni muayyan guruhlarga bo’lib, ya’ni ilk bora tasniflashga intilib nazariy fikrlarni bayon qilganlar.
Darvoqe, shu o’rinda shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, «Etnologiya» termini fanga ilk marotaba 1784 yil A.Shavann tomonidan olib kirilgan.
XIX asrlargacha «Etnologiya» atamasi fanda ba'zan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni o’rganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik», ya’ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab chiqqan va shu tizimga «“Etnologiya» so’zini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan.
Rasmiy ravishda “Etnologiya” mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij “Etnologiya” jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yyengil, murosasiz o’tmagan, yangi fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan o’rni tevaragida jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar bo’lib, ayrim yo’nalish va maktablarni yuzaga keltirgan. Bunday munozara va tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda, ayniqsa, mazkur fan atamasi, uning mohiyati va predmeti doirasida turli tushunchalar va mulohazalar mavjud bo’lib, “Etnologiya” atamasini turlicha talqin qilish va izohlash keng ko’lamda shu kungacha saqlangan.
Yozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab o’qishni hamda uzoq xalq va elatlar to’g’risidagi ma'lumotlarni qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qo’shni elatlar to’g’risida faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og’zaki ijodida ham to’qilgan turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. Mil. aw. XX asrlarda Misrda yaratilgan «Sinuxeta sarguzashtlari», keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafaraomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalaridagi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirgan jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi to’g’risida nodir ma'lumotlarni bizgacha yetkazganlar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining "Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi xuzurida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamg’armasini qo’llab-quvvatlash to’g’risida" gi Qarorida o’tmish milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosini ko’z qorachig’iday asrab-avvaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo’shgan ulkan xissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ’ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g’urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g’oyalariga sadoqat tuyg’ularini singdirib borish kerakligi haqida aniq ko’rsatmalar beriladi. Shunday ekan hozirgi hajamiyatimiz hayotida sodir bo’layotgan jadal o’zgarishlar har birimizdan davr bilan hamnafas bo’lib faoliyat ko’rsatishga, O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga, istiqlol yo’lida buyuk davlat barpo etish ishida safarbarlikni qo’ldan bermaslikka da’vat etadi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə