Etnomadaniyat


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə9/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.-488 б.


  2. Мирзиёев Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2017. - 592 б.


  3. Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2-jild. – Т.: Ўзбекистон, 2017. - 512 б.


  4. Мирзиёев Ш. М. “Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади” 3-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2019. - 400 б.


  5. Мирзиёев Ш. М. “Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари”. 4-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2020. - 452 б.


  6. Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон стратегияси. - Т.: Ўзбекистон, 2021. - 464 б.


  7. Abdullaev M. Abdullaev A. «Ma’naviyat va madaniyat tarixi». Farg’ona. 1998 y.


  8. Imomnazarov M. “Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari”. T. 1996 y.


  9. Ashirov A. Atadjanov Sh. «Etnologiya». T. 2007 y.


  10. Ashirov A. “O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari”. T. 2007 y.


  11. Abdullaev M. “Madaniyatshunoslik”. Farg’ona. 1998 y.


  12. Murodov. M. Qorabayev U. Rustamova R . “Etnomadaniyat”. T.: Adolat. 2003 y.


  13. Etnomadaniyat fanidan ma’ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.




3-mavzu: O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng
muhim manbalar.

Reja:

1. Etnogenez va etnik tarix.

2. Etnografiyaning muhim manbalari.

3. O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi tarixiga oid manbalar.


Etnogenez (yunoncha ethnos - xalq va genesis - tug’ilishi, kelib chiqish; ingl.- ethnogenesis; nem. - Ethnogenose) — etnosning kelib chiqi­shidir. Tarix fanidagi mavjud ilmiy metodologik ishlanmaga ko’ra etnogenez deb il­ga­ri­dan mavjud bo’lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi et­nos­ elatning vujudga kelishiga aytiladi. «Etnogenez» tushunchasini fanga ilk ma­ro­­taba XX asrning 20-yillarida N.Ya.Marri tomonidan kiritilgan.
Har bir xalqning tarixi uning etnogenez va etnik tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Etnogenez va etnik tarix xalq tarixining ma’lum bosqichlarida vujudga kelib, ma’lum bir etnosning elat, xalq bo’lib shakllanguniga qadar davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayondir. Odatda biror bir xalqning etnogenezini, uning etnik qatlamlari tarkibini aniqlamay turib, u xalq haqida, u tarkib topgan hudud va uning davlatchiligi to’g’risida biror ilmiy tasavvur yaratish mumkin emas.
Akademik olim K.Shoniyozovning mulohazalariga ko’ra, etnogenez jarayonida etnosni belgilovchi hududiy, til va etnomadaniy birlik, ijtimoiy-iqtisodiy va xo’jalik, etnik nom(etnonim) hamda o’zlikni anglash birligi, siyosiy uyushma birligi, din umumiyligi va boshqa qator etnik alomatlar muhim ahamiyat kasb etadi1. Ushbu etnik alomatlar va belgilarning barchasi sodir bo’lgandagina etnos-xalq shakllanadi, ya’ni etnogenez jarayoni yakunlanadi. Ammo amalda bu etnik alomatlar barchasi etnogenez jarayonida, ya’ni muayyan bir vaqtda hozir bo’lishi yoki bir davrda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lmagan. Jumladan, ma’lum bir xalqning tashkil topishida til birligi bosh rol o’ynagan bo’lsa, ikkinchi bir elatning shakllanish jarayonida xo’jalik, uchinchisida esa moddiy madaniyat yetakchi belgi bo’lgan. Bu borada akademik A.Asqarov etnik alomatlarni etnosga xos etnik belgilar va omillar deb yuritadi va etnosni uyushtiruvchi mazkur zaruriy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar hamda etnik belgilarga hududiy birlik, ijtimoiy-iqtisodiy xo’jalik birligi, etnomadaniy birlik, til birligi, etnik nom birligi, o’zlikni anglash birligi va nihoyat siyosiy uyushma (politicheskaya kontsalidatsiya)larni kiritadi. Olim etnik alomatlar alohida olingan qisqa bir davrda yuz bermaydi, balki uzoq davom yetgan etnogenetik jarayon davomida birin-ketin tarkib topib boradi, deb ta’kidlaydi.
Maxsus ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, etnogenez jarayonining ikki usuli mavjud. 1). Tub yerli (avtoxton) etnik komponentlarning o’zaro yaqinlashuvi, ularning qo’shilib, birgalikda taraqqiy etib borishi; 2). Shakllangan yoki shakllanayotgan etnik birlikka boshqa hududlardan ko’chib kelgan komponentlarning mahalliy aholiga qo’shilishi. Odatda yangi etnosning shakllanishi jarayonida, ya’ni etnogenez bosqichida va undan keyin ham har xil tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko’ra, uning tarkibiga yangi-yangi etnik qatlamlar qo’shilib boradi. Yangi etnos vujudga kelgach, oldingi etnik komponentlar alohida etnik birlik sifatida asta-sekin yo’qolib tarix maydonidan batamom chiqib ketadilar (masalan, saklar, massagetlar, toharlar, va boshqalar) yoki qisman (etnik tarkibi o’zgargan holda) saqlanib qoladilar. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, yangi etnik birlikning shakllanish jarayonining oxiriga yetishi bilan ham etnik jarayon to’xtab qolmaydi. Shakllangan etnik birlikka turli davrlarda yangi-yangi komponentlarning ko’shilishi yoki undan ajralib chiqib ketish hollari etnik birlik shakllangandan keyin ham davom etadi. Darhaqiqat, dunyoda hech bir xalq yo’qki, u o’z etnogenez jarayonining ilk bosqichlaridan to millat darajasiga ko’tarilgunicha boshqa etnik qo’shilmalarisiz rivojlangan bo’lsa. Jumladan, o’zbek xalqining etnogenezi bunga yaqqol misoldir. O’zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan to xalq sifatida shakllanib bo’lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil yetgan avtoxton sug’diy-xorazmiy va qadimgi turkiy qatlamlardan tashqari o’ziga turli davrlarda har xil miqdorda mahalliy va tevarak atroflardan kelib qo’shilgan etnik guruhlarni singdirib borgan. Demak, sayyoramizdagi barcha xalqlar kelib chiqishi jihatidan ko’p etnik qatlamlidir.
Etnogenezni tadqiq qilishda (ayniqsa uning dastlabki bosqichlarini) “Etnologiya”, etnik antropologiya, arxeologiya, etnolingvistika, folklor materiallarni jalb qilgan holdagi kompleks yondashuvni talab qiladi.
Etnogenezga oid bugungi kunda turli-tuman qarashlar va konsepsiyalar mavjud. Jumladan, ayrim mutaxasislar (L.N.Gumilyov) etnosni biofizik voqelik deb biladilar va shu bois etnogenez tizimini tabiiy jarayonlar bilan bog’liq deb hisoblaydilar. Mazkur konsepsiyaga ko’ra, etnos biosferaning tarkibiy qismi bo’lgani uchun undagi qonuniyatlarga bo’ysunadi, etnogenez esa biosferada sodir bo’ladigan jarayonlarning bir qismi deb hisoblanadi1.
Akademik A.Asqarovning fikricha, «har bir xalq tarixi uning etnogenezi va etnik tarixi bilan uzviy bog’liq. Etnogenez va etnik tarix esa tarix fanining bosh masalasidir». Uning yozishicha, xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo’lib shakllanguniga qadar bo’lgan tarixidan iborat... Qachonki, etnik belgilar va alomatlarning barchasi sodir bo’lganidagina etnos-xalq shakllanishi o’z nihoyasiga yetadi. Shakllangan etnosining bundan keyingi tarixi fanda etnik tarix nomi bilan yuritiladi2. Akademik olimning bunday qarashlari etnogenez va etnik tarix muammosi doirasida “Etnologiya” fanida bildirilgan chuqur mushohadali qarashlardan biri ekanligini ehtirof yetgan holda shuni ham ta’kidlash kerakki, bu borada boshqacha qarashlar ham ilgari surilgan. Jumladan, akademik K.Shoniyozovning fikricha, etnik tarix - o’rganilayotgan xalqning ibtidoiylikdan boshlab, bir qancha tarixiy bosqichlarni o’tib to bizgacha davom qilib kelgan katta davrni qamrab oladi. Boshqacha qilib aytganda etnik tarix tushunchasi etnosning qadimda va ilk o’rta asrlarda mavjud bo’lgan ildizlarini, ularning alohida etnik jamoa (etnik birlik) bo’lib shakllanish davrini hamda etnosning keyingi taraqqiyot tarixini (to millat bo’lib shakllanishiga qadar) o’tgan davrini o’z ichiga oladi. Biroq har ikki muallif ham etnos-xalqning shaklanishi millatni shakllanishiga to’g’ri kelmaydi, degan umumiy xulosaga keladilar. Har ikki muallifning fikricha ham millatning shakllanishi etnogenetik jarayon kabi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo’lib, millat etnik tarixning eng yuqori cho’qqisi, kamolot bosqichiki, bu bosqichga ko’tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, aniq hududiy chegarada muomalada bo’lgan umumxalq-millat tili davlat tili maqomi darajasiga ko’tariladi, o’zlikni anglash darajasi esa fuqarolarning hayot mazmuniga, kundalik turmush-tarziga aylanadi.
Har bir fan zaruriy bilimlarni jalb yetgan holda aniq tadqiqot obyektini o’rganishga qaratilgan bo’ladi. Lekin har bir fandagi bilim obyektining o’ziga xosligi tadqiqotchilar oldiga tadqiq qilinayotgan obyektga oid to’liq va aniq ma’lumotlarga ega bo’lish talabini qo’yadi.
Zamonaviy “Etnologiya”da ilmiy tahlil uchun turli-tuman materiallar: tadqiqotlar natijasi va etnograf olimlarning turli dala yozuvlari, sayohatchilarning safarnomalari, kuzatuvlari, folklor namunalari va badiiy matnlar, etnosotsiologik va etnopsixologik materiallar, publitsistik matnlar, rasmiy hujjatlar, tarixiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlardan foydalaniladi. Bulardan tashqari tadqiq etilayotgan etnos vakillari bilan bevosita muloqot jarayonida ularning turli holatlarga bildirgan ta’sirlari, bahs-munozaralar va suhbatlarda bildirgan fikr-mulohazalari va dalillarining mantiqliligi, tevarak - atrofdagi turli ko’rinishlarni izohlash yo’llari va shaxsiy xulq-atvorlarini kuzatuv natijalari ham muhim rol o’ynaydi. Shubhasiz, bunday ma’lumotlarni yig’ish tadqiqotchi uchun ma’lum metodlarni o’zlashtirishni talab qiladi. Bugungi kunda zamonaviy “Etnologiya”da o’ziga xos etnologik tadqiqot metodlari majmui shakllangan bo’lib, ularga dala tadqiqotlari, yozma manbalarni o’rganish, xalq og’zaki ijod namunalarini to’plash statistik materiallar (avvalo turli davrlarda bajarilgan aholini ro’yxatga olish materiallari)ni tahlil qilish kiradi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə