Etnomadaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə17/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

1. Dunyoviy pedagogika - uni asosida yunon olimlari asos solgan g’oyalar, hind eposlari g’oyalari, o’lkamizning o’ziga xos madaniyati, tajribalar, yutuqlar turardi. Dunyoviy pedagogika insonni tabiatning bir qismi sifatida, ta’lim tarbiya bilan kamolatga erishadi deb hisoblanadi. U yashayotgan muxit, o’z xatti-harakati bilan bog’liq bo’ladi deb asoslanadi. Bolani yoshligidan kasb-hunarga o’rgatish lozim deb, odob-axloqni foydasi to’g’risida g’oyalar olg’a suriladi. Muhammad Muso al Xorazmiy (780-850) Arab halifaligining markazi Bog’dodda ilmlar uyi "Akademiyani" boshqargan. Akademiya qoshidagi madrasada mudarrislik qilgan. Uning "Astranomiyaga kirish ", "O’ttiz fasldan iborat astranomiya kirish" va boshqa ko’plab asarlari mavjud.
Abu Nasr Al Forobiy (873-950)
Abu Rayhon Beruniy (974-1041)
Abu Ali Ibn Sino (978-1060)
Vatanimizda XI asrga kelib yosh avlod ta’lim-tarbiyasi oid juda ko’p asarlar paydo bo’ldi: Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", Kaykovusning "Qobusnoma", Yusuf Xos Xojibning "Qutagu-bilig", Ahmad Yugnakiyning "Haqiqatlar armug’oni" kabilar.
Burxoniddin Zarunjiy (1150-?) Marg’ilon madrasasida katta mudarris bo’lib, uning "O’quvchilarni ta’limga yollashga doir nasixatlar" asarida: fanning mohiyati va uni takomillashtirish; ta’lim jarayonida ongli bilim olish; ta’limda fanni, o’qituvchi sherik va vaziyatni tanlash; fan va olimlarni hurmatlash; ta’limda o’quvchi intilishi, tirishqoqlik, ularni o’stirish; darsni boshlash va uni hajmi, darsni o’tkazish tartibi haqida, mashg’ulot vaqti, ta’limda o’quvchini o’qitish va unga nasixat qilish, bilimlarni egallash haqida; ta’limda o’qituvchi va o’quvchining muvoffaqiyatini umid qilish haqida; ta’limda Xudodan qo’rqish haqida; ta’limda o’quvchi xotirasini tarbiyalash haqida kabi masalalar uziga xos usulda hal etiladi.
Olimning fikricha, ilm egallash avvalo o’qituvchiga, o’qiyotgan kitobiga, bilimga nisbatan tirishqoq va chidamli bo’lishni talab etadi. Bir darsni puxta o’zlashtirmay, bir kitobni tugatmay, bir o’qituvchida saboqni tashlab boshqasiga o’tma. Bilimni faqat oltita shartiga rioya qilsa puxta egallab olasan: ziyraklik, kuchli istak, jidam, o’qituvchi nasixati va yetarli vaqt,- deb ta’kidlaydi.
Mahmud Zamaxshariy (1074-1144). Uning ilm olamidagi mavqeyini olimlar "Xorazm osmonidagi quyosh" deb nisbat berganlar. Arab olimlaridan biri "Agar Xorazmning Zamaxshar qishlog’idan chiqqan olim bo’lmaganida biz arablar o’z ona tilimizni mutloqo bilmasdan o’tib ketar edik"-deb yozgan ekan. Zamaxshariy: tilshunoslik, adabyotshunoslik, tarix, geografiya, hadis ilmlari soxasida asarlar yozgan: "Gramatika xikmatlari ", "Arab tili gramatikasi", "Eng yangi lug’at", "Vatan va tog’larning nomlari" asarlarini yozgan. Bu asarlar boshqa tillarga tarjima qillingan. Zamaxshariyning "Nozik xikmatlar"asari yoshlar tarbiyasi, ustoz-shogirt munosabatlari, oila muammolari to’g’risida.
Demak, uyg’onish davrida dunyoviy pedagogika gullab yashnagan, ta’lim-tarbiya o’ziga xos yo’nalishda amalga oshirilgan

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə