Etnomadaniyat


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə13/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.-488 б.


  2. Мирзиёев Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2017. - 592 б.


  3. Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2-jild. – Т.: Ўзбекистон, 2017. - 512 б.


  4. Мирзиёев Ш. М. “Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади” 3-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2019. - 400 б.


  5. Мирзиёев Ш. М. “Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари”. 4-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2020. - 452 б.


  6. Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон стратегияси. - Т.: Ўзбекистон, 2021. - 464 б.


  7. Abdullaev M. Abdullaev A. “Ma’naviyat va madaniyat tarixi”. Farg’ona. 1998 y.


  8. Imomnazarov M. “Milliy ma’naviyatimizning takomil boshichlari”. T. 1996 y.


  9. Ashirov A. Atadjanov Sh. «Etnologiya». T. 2007 y.


  10. Ashirov A. «O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari». T. 2007 y.


  11. 4. Sobirova M., Xoliqov I. Etnomadaniyat. O’quv qo’llanma.-T.: “INNOVATSIYA - ZIYO”, 2019 yil.


  12. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . “Etnomadaniyat”.. T.: Adolat. 2003 y.


  13. Etnomadaniyat fanidan ma’ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.




5- Mavzu: Qadimgi davr o’zbek folklori – etnomadaniyat tarixida
muhim manba
Reja:
1. O’zbek folklori tarixini davrlashtirish.
2. Qadimgi davr folklori.
3. Qadimgi mif va afsonalar.
4. Turkiy xalqlarning qadimgi ishonchlari.
5. Qadimgi davr folklorining ahamiyati.
Folklor taraqqiyotining bunday bo’linishi, albatta, shartlidir, chunki folklor asarlari o’z xususiyatidan kelib chiqib barcha davrlar uchun umumiylik kasb etadi. Shuningdek, ma’lum folklor asarining yaratilgan davri aniq bo’lmaydi. Ammo davrlashtirilganda ko’proq umumiylik nazarda tutiladi, ya’ni ayrim yozma manbalar, tarixiy voqealar hisobga olinadi.
Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan va ijro etilgan folklor asarlarini nazarda tutamiz. Tabiiyki, bu davrda yaratilgan folklor asarlarini qaysi manba orqali o’rganamiz yoki boshqalardan qanday ajratamiz degan savol tug’iladi. Qadimgi davr folklori haqidagi ma’lumotlarni bizga qadar etib kelgan ayrim yozma manbalardan, arxeologik topilmalardan o’rganamiz.
«Folklor» inglizcha «folk» (xalq) va «lore» (donolik) so'zlaridan yasalgan.
Qadim zamonlarda bugungi kunda qozoq, qirg’iz, turkman, tatar, boshqird, ozarbayjon, o’zbek, turk va h.k. deb atalayotgan turkiy xalqlar bir qavm hisoblanganlar. Shuning uchun XVII asrgacha «turkiy» deb nomlangan atama ilmiy adabiyotlarda ko’p uchraydi. «Avesto», «O’g’uznoma», «Kitobi Dadam Qurqut» kabi asarlar qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining yodgorliklaridir. To’g’ri, «Avesto»da forsiy xalqlar hayoti ham o’z ifodasini topgan. Ammo bu kitobda qadimga ajdodlarimiz ijodi ham aks yetgan. «Avesto»ning muallifi esa Xorazmlik yurtdoshimiz Zardusht bo’lganligi diqqatga sazovordir. «Avesto» yubileyining YUNESKO miqyosida nishonlanishi munosabati bilan bu haqdagi bilimlarimizga yanada aniqlik kiritildi va uning o’zbekchaga o’girilishi katta yutuq bo’ladi.
XI asrdan boshlab «Qutadg’u bilig», «Hibat - ul haqoyiq», «Devonu lug’atit-turk» kabi yozma yodgorliklar ham vujudga kela boshladi. Bu asarlarga o’sha davr folklori ta’siri juda kuchli bo’lganligi yaqqol bilinib turadi. Ayniqsa, Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk» asari, qadimgi davr turkiy xalqlar folklorini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan manbalar asosida qadimgi davr folklorida quyidagi janrlar mavjudligi aniqlanadi: mif, afsona, rivoyat, qo’shiq, maqol va marosim qo’shiqlari.
Mif - ibtidoiy jamoa a’zolari tomonidan olam va odamning paydo bo’lishi haqida to’qilgan eng qadimgi hikoyalar hisoblanadi. Islom dinidan avval ajdodlarimiz tasavvurida ezgulik va yovuzlik ruhlari, shuningdek, quyosh, hosil, urush va boshqa narsalarning ma’bud hamda ma’budalari bo’lgan. Natijada miflarda insonning inson sifatida shakllanish jarayoni o’z ifodasini topadi. Sharqiy ilmiy adabiyotlarida miflar arabcha asotir, forscha afsona, turkiy tilda sav atamalari bilan ham yuritiladi. Ammo jahon folklorshunosligida «mif» atamasini qo’llash an’ana bo’lganligi uchun ham biz qadimgi hikoyalarni ana shu nom bilan ataymiz. Miflar qadimgi ajdodlarimizning quyidagi qarashlari natijasida paydo bo’lgan:
1. Totem.
2. Fetish.
3. Anim.
1. Totem - ajdodlarimiz qadim zamonlardan topinib kelgan hayvonlar, qushlar, o’simliklar.
Totemizm - ibtidoiy jamiyatda paydo bo’lgan dinning alohida shakli bo’lib, odamning ko’pincha bir hayvon yoki o’simlik bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch - e’tiqodini anglatadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek urug’larining ota-bobolari burgut, ilon, ot, tuya, ayiq, bo’ri, yo’lbars, arxar, qaldirg’och, g’oz, chinor, tut kabi jonli va jonsiz predmetlarga e’tiqod qo’yganlar. Ular bo’rini balo-ofatlardan saqlovchi, himoya qiluvchi va ezgulik yaratuvchi jonzod deb bilganlar.
Qadimgi manbalarda keltirilgan turk afsonalarida bo’ri turk urug’ining ajdodi sifatida namoyon bo’ladi. Afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ona bo’ridan va dushman tomonidan qirilgan urug’ ichida tirik qolgan 10 yoshli o’g’il boladan tarqalgan. Hatto Ashina ismli turk urug’larining birida bo’ri kallasi tasvirlangan bayroq ham bo’lgan.
Bo’ri bilan bog’liq bo’lgan e’tiqodning asosida yangi tug’ilgan bolani salomat saqlash, yaxshi hayot kechirish, chorvani ehtiyotlash, ekinlarni yovuz kuchlar ta’siridan saqlash kabi ishonchlardan iborat bo’lgan. Bo’ri totemiga aloqador «Bo’ri qiz», «Cho’loq bo’ri» kabi ba’zi ertaklar hozirgi kunga qadar xalq orasida aytib kelinadi.
Ot totemi ham qadimgi kishilarning turmushi - tirikchiligi bilan bevosita bog’liq bo’lib, otlarni xonakilashtirish, ulardan ish hayvoni sifatida foydalanish davomida yuzaga kelgan. Arxeologik qazishmalarda topilgan yarim ot, yarim odam ko’rinishidagi maxluqlar rasmi, hozirgacha ekin maydonlarining chetida otning kalla suyagini qo’riqchi sifatida qo’yilishi va boshqalar ibtidoiy kishilar ongida saqlanib qolgan ot totemi haqidagi e’tiqodning timsolidir. O’zbek xalq dostonlarida G’irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko’k, Ko’kdo’nan kabi epik ot timsollarining g’oyat katta o’rin tutishi ham shundan.
2. Fetish - qadimgi ajdodlarimiz topingan jonsiz narsa - predmetlardan iborat bo’lib, quyosh, oy, tog’, suv, non, tandir, supra, o’t (olov), yoy, qilich, raqam, rang-tus, so’z, kitob kabilar turkiy xalqlarda fetish hisoblangan. Binobarin, xalq doston va ertaklarida bu narsalarni uchrashi bejiz emas.
Xalqimiz qadimdan o’t, suv, tuproqni muqaddas deb bilgan: o’t va suvga axlat, umuman, iflos narsalarni tashlamaslik, yerni urmaslik, tepmaslik, mobodo bu narsalarni qilsa yomon bo’lishi haqidagi o’gitlar fikrimizning dalilidir. Insonning tabiatdagi g’ayri tabiiy voqea-hodisalarga ishonch bildirish xususiyati bilan bog’liq e’tiqoddir. Masalan, qadimgi paytlarda safarga chiqqan yo’lovchi oq tuyali karvonga duch kelsa, o’z safarining muvaffaqiyatli tugashiga ishongan bo’lsa, tushida egarlangan oq ot minib sayr qilib yurganini ko’rgan kishi hayot tashvishlaridan ozod bo’lishiga ishongan.
«Oq bilakxon» ertagida yigitning toshga aylanib qolishi, «Ochil, ochil, qamishlar»da qizning qamish orasiga kirib ketishi, «Yoriltosh»da toshning yorilishi va qizning bag’riga olib yana yopilishi, «Yalmog’iz kampir» ertagida odamlarning toshga aylanib yotishi, «Qilich botir»da qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar bevosita animistik tushunchalardir.
«Yoriltosh», «Ochil, ochil qamishlar», «Sim-sim, och eshigingni» kabi iltijoli yolvorishlar o’sha narsada jon bor degan tushunchaning obrazli ifodasidir. Bunday tushunchalar va qarashlar qadimgi dunyodaning boshqa xalqlarida ham mavjud bo’lgan. Masalan, hindlarda va Sharqiyning boshqa xalqlarida hozir ham sigir, ilon, ot kabi hayvonlarga, olov, tog’, o’rmon va suvga sig’inish mavjud.
Mifologiyada totem, fetish, anem tushunchalar ko’pincha bir-birini to’ldirgan holda uyg’un ifodalanadi.
Qadimgi kishilar dunyoni ikki qismga: yaxshilik va yomonlik kuchlariga ajratib tasavvur qilganlar.
«Avesto»da ikki yaratuvchi kuch - yaxshilik va yomonlik Axuramazda (Xurmuzd) va Ahriman (Angra Manyu) qiyofasida namoyon bo’ladi. Mazkur kitob g’oyasiga ko’ra, tabiat va jamiyatdagi hodisalar ikki yaratuvchining o’zaro kurashidan kelib chiqqan.
Axuramazda yaxshilik, yorug’lik, obodonchilik va ezgulik kuchlarining ma’budidir. Unga qarashli narsalar inson turmushini yaxshilashga xizmat qiladi. U o’z yordamchilari orqali olov, chorva, metall, er - suv va o’simliklar dunyosini boshqaradi.
Ahriman (Angra Manyu) barcha yozuvlik va yomonlikning rahnamosidir. U Axuramazdaga qarshi kurashadi va o’ziga qarashli devlar yordamida odamlarga azob-uqubat mashaqqat, kulfat keltiradi. Ahriman zo’r kuch va qudratga ega bo’lsada, biroq Axuramazda kabi har narsaga qodir va qobil emas, shu sababli yomonlik kuchlari yaxshilik oldida doim mag’lubiyatga uchraydi.
«Avesto»da yorug’lik manbai quyosh deb ko’rsatiladi. Quyosh nuri insonga hayot bag’ishlaydi. Olov quyoshning bir parchasi bo’lganligi uchun ham inson olovni muqaddas hisoblaydi.
Mitra - quyosh va yorug’lik ma’budi, Noxit (Noxid) obodonchilik va farovonlik ma’budi, Humo - baxt, to’le va davlat ma’budi, Anaxita va Xubbi (Er Xubbi) - suv ma’budi, Mirrix - urush va g’alaba ma’budi, ezgulik esa Qayumars (Gavomard), Yima (Jamshid), Gershasp kabi mirfologik obrazlarda mujassmalashgan.
«Avesto»da Anaxita zabardast, xushqomat, kamarini mahkam bog’lagan, to’g’ri so’z, marhamatli go’zal qiz sifatida tasvirlangan. U - kishilarga kuch-qudrat baxsh etuvchi, suvning mo’l bo’lishini ta’minlovchi ma’buda. Anaxita haqidagi ma’lumotlarni ko’zdan kechirish shuni ko’rsatadiki, u suv va hosildorlik homiysi bo’lib, o’zbeklar orasida Anbar otin shaklida saqlanib qolgan. Farg’ona vodiysidagi xushmanzara joylardan biri Shohimardondagi Qubbon ko’li (ko’li Qubbon) bo’lib, u aslida «Xubbilar ko’li» degan ma’noni anglatadi. Xubbi yoki erxubbi qadimgi adodlarimizning tushunchalariga ko’ra suv va suv havzalari bilan bog’liq narsalarning homiysi bo’lgan.
Xalqimiz orasida mavjud bo’lgan Kayumars (Gayya Martan, Gavomard), Yima (Jamshid) haqidagi afsonalr ham «Avesto» orqali bizga qadar yetib kelgan.
Turkiy xalqlar folklorida afsona va rivoyatlar juda ko’p. Olimlarning ta’kidlashicha, real hayotda ro’y berishi mumkin bo’lmagan voqealar haqidagi hikoyalar afsonalar deb yuritiladi, lekin hamisha ham bu mezonga amal qilingan emas. Hayotda ro’y berishi mumkin bo’lgan hayratli voqealar rivoyat nomi bilan yuritilgan. Ma’lum bo’ladiki, afsona va rivoyatlar o’rtasida aniq chegarani belgilash mushkuldir.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotelning ta’biri bilan aytganda, «Afsonalar haqiqatdan xabar beruvchi yolg’on hikoyalardir».
Xalqimiz orasida bugungi kunda ham fazoviy jismlar, hudud nomlari, rasm - rusumlar, tarixiy voqea - hodisalar bilan bog’liq afsona, rivoyatlar yashab kelmoqda. Hatto ular orasida hajviy ruhdagilari ham uchraydi.
Tariximizda avloddan-avlodga meros bo’lib kelayotgan To’maris, Shiroq, Rustam, Zariadr va Odatida, Guldursun, Dalvarzin, Qonqus, Kuyganyor, Chuli-chuli kabi afsona va rivoyatlar madaniy merosimizning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng xalqimiz tarixi bilan bog’liq qadriyatlarining qayta tiklanishi yo’lida bir qator ezgu ishlar amalga oshirildi.
Navro’z bayramining ommaviy nishonlanishi, O’zbekiston televideniyasida xalqimiz qadimdan afsona va rivoyatlar to’qib kelayotgan Burgut, Ot, Tuya, Ilon, Qaldirg’och, G’oz, Laylak kabi jonivorlar hamda parrandalar haqida uyushtirilgan bir qator ko’rsatuvlar, vaqtli matbuotda e’lon qilingan maqolalar fikrimizning dalilidir. Mif va afsonalar mohiyatini his qilish ularda ifodalangan voqea - hodisalarning asosini belgilash imkonini yaratadi.
Qadimgi adabiy merosimiz juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki har bir mif va afsona xalqimiz orzu-armonlarini ifodalash bilan birga biror bir tarbiyaviy g’oyani ham ilgari suradi.
Masalan, «Shiroq», «To’maris», «Rustami Doston» afsonlarida vatanparvarlik, chet ellik boshinchilarga nisbatan nafrat ruhi bo’rtib turadi. «Avesto»dagi miflarda esa ezgulikning jaholat, zulm va zo’rlik ustidan g’alabasi muqarrar ekanligi ta’kidlanadi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə