Etnomadaniyat


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə15/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.-488 б.


  2. Мирзиёев Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2017. - 592 б.


  3. Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2-jild. – Т.: Ўзбекистон, 2017. - 512 б.


  4. Мирзиёев Ш. М. “Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади” 3-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2019. - 400 б.


  5. Мирзиёев Ш. М. “Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари”. 4-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2020. - 452 б.


  6. Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон стратегияси. - Т.: Ўзбекистон, 2021. - 464 б.


  7. Aminjonova I E. “Qadimiy yodgorliklar qissasi”. T. 1968.


  8. Ashirov A. Atadjanov Sh. “Etnologiya”. T. 2007 y.


  9. Ashirov A. “O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari”. T. 2007 y.


  10. Sobirova M., Xoliqov I. Etnomadaniyat. O’quv qo’llanma.-T.: “INNOVATSIYA - ZIYO”, 2019 yil.




7- Mavzu: Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy raqslarning o’rni
Reja:
1.Teatr san’atining boshqa ijod turlaridan farqi.
2.Teatr san’ati janrlari.
3. O’zbek teatri san’atini tarixiy davrlari.
4.H.H.Niyoziy va o’zbek teatri.
5. Mustaqillik yillarida o’zbek sahna san’ati.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov O’zbek Daviat akademik drama teatrining ochilishi marosimida (2002-yilning 30-avgustida) so’zlagan nutqida: Necha yillar davomida o’zining beqiyos san’ati va mahorati, klassik asarlarning betakror ijrosi bilan bu teatr nafaqat milliy san’atimiz muxlislarini, balki dunyodagi manaman degan teatrlarning mashhur rejissor va aktyorlarini, ularning eng nozikta’b teatrshunos va mutaxassislarini ham hayratda qoldirgani ma’lum», — der ekan, mutlaqo haq edi. I. Karimovning bu nutqi o’zbek teatri tarixni anglash va uning keyingi rivojida katta ahamiyatga egadir. «Bugun, Vatanimiz, yurtimiz XXI asrga qadam qo’yib, o’zining buyuk kelajagi sari intilayotgan, bu yo’ldagi barcha harakatlarimiz imon-e’tiqod tuyg’usi bilan yo’g’rilib, kuchayib borayotgan bir paytda, - deb uqtirdi I. Karimov, - o’z tarixiy ildizlarimizni, shu jumladan, san’atimiz, milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash, undan saboq olish haqida gapirishimiz har jihatdan o’rinli bo’ladi, deb o’ylayman». Bu da’vatkorona so’zlar teatr haqidagi ilm-fanni rivojlantirishda ham alohida qimmatga ega.
Insoniyatning rnadaniy taraqqiyoti tarixini antik teatrsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ma’lumki, antik teatr mazmunan xalq hayoti, uning taqdiri bilan bog’liq ulug’vor g’oyalar teatri sifatida dunyoga kelgan edi. Qadimgi Yunonistonda Esxil, Sofokl Evripid, Aristofan, Rimda Plavt va Senekalar yangi sahnaviy shakllar, umumlashgan falsafiy, teran badiiy obrazlar orqali el-yurtni jo’shqin sevish, qadrlash e’tiqodlarini tarannum etdilar. Antik dunyodan bizga badiiy ijodning tragediya, komeiya janrlariga oid benihoya go’zal, badiiy yuksak adabiy namunalar etib keldi.
XX asr o’zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro’y bergan noyob hodisadir. 1914-yili Mahmudxo’ja Behbudiyning «Padarkush» pyesasi bilan o’z pardasini ochgan o’zbek teatri ikki-uch o’n yillik ichida har bir xalq g’ururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqdi.
O’zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi — ma’rifiy teatr sifatida tug’ilgan edi.
Birinchi o’zbek ijodiy jamoasi bo’lmish «Turon» gruppasining «Nizom»ida teatrning bosh maqsadi a) aholi o’rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni rivojlantirish, b) xalq uchun spektakl ko’rsatish, unga sog’lom tomosha berish...» deb uqtirilgan edi. Sahna ishini tashkil yetgan va uni xalq orasida keng yoygan Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy singari atoqli ma’rifatparvarning sa’y-harakati bilan bu teatr tez orada xalq madaniy hayotining t arkibiy qismiga aylandi. Sanoqli bir necha yil davomida o’ttizga yaqin pe’sa yaratildi, aktyorlik va rejissorlik san’atining tub tamoyillariga asos solindi.
Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati — uning oila hayotini tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma’rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg’onish g’oyalarini tarannum etishda ko’ ringan edi.
Jadid ma’rifatparvarlari yoqqan ma’rifat mash’ali qariyb 1930-yillarga qadar yangi g’oya va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san’at yo’llarini yoritib turdi.
Shuni ta’kidlash joizki, o’zbek teatri milliy mahdudlik qobig’ida o’ralashib qolmay, balki o’z taraqqiyoti yo’lida jahon teatri tajribasini o’zlashtirib bordi. «Turon» gruppasida boshlangan o’zga xalqlar dramaturgiyasini sahnalashtirish tajribasi keyinroq, o’zbek sahnasiga Shiller, Gogol, Shekspir singari dramaturglar asarlarining kirib kelishi bilan davom ettirildi. O’zbek aktyorlarini 1924-1927-yillari Boku teatr texnikumi va M.Uyg’ur, Cho’lpon rahbarligida Moskva teatr studiyasida tahsil ko’rganliklari ularning kasbiy darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Moskvadagi ta’lim davri rus teatrida turlicha uslubiy yo’nalishlar, izlanishlar avj olgan davrga to’g’ri kelgan edi. O’zbek aktyorlari bu shov-shuvli teatr hayotini astoydil kuzatadilar, o’rganadilar. Lekin shunisi e’tiborliki, ularga taqlid qilish, uslublarini ko’r-ko’rona qabul qilish yo’lidan bormaydilar. Cho’lpon «Me’erxold teatri» degan maqolasida, masalan, 1920-yillarda Moskva teatri hayotining yalovbardoriga aylangan bu rejissorning shon-shuhrati haqida ilhom bilan qalam tebratgan bo’lsada, lekin biron joyda unga ergashish, undan andoza olish fikrini olg’a surmaydi. «Bu teatrning soddaligi biz uchun kerak. Ko’pchilikka yaqin kelishi biz uchun lozim. Bizning xalq teatri unsurlaridan ba’zilari bu teatrda bor». Ya’ni ulug’ shoir chet ta’sirlarga nisbatan sezgir, hushyor turishga da’vat etib, faqat o’zbek xalq teatriga xos «ba’zi unsurlar», «soddalik», «ko’pchilikka yaqinlik» jihatlarini olish mumkinligi g’oyasini olg’a surgan.
Bu o’zbek teatrining dastlabki davrdanoq o’z milliyligini asrash yo’lida qat’iy turganligidan guvohlik beradi. Bir jihatdan, bu ajablanarli emas. Sababi, taqdirlarini teatr va dramaturgiya bilan bog’lashga ahd qilgan kishilar eski maktab, madrasa ko’rgan, mumtoz adabiyot, musiqa, xalq teatri ta’sirida bu nafosat olamiga chinakam milliy teatr san’atini barpo etish ezgu istagi bilan kirib kelgan zotlar edi. O’zbek teatrining asoschilari, xususan, atoqli rejissor va teatr arbobi Mannon Uyg’ur o’z atrofiga eng iste’dodli dramaturg va san’atkorlarni uyushtirib, ular bilan ilhombaxsh izlanishlar olib borar ekan, xalqimizning boy ma’naviyatiga mushtarak keladigan zamonaviy teatr barpo etish yo’lidan borgan edi.
O’zbek teatrining tug’ilganiga o’n yil bo’lmayoq Abdurauf Fitratning «Chin sevish», «Abulfayzxon», Cho’lponning «Yorqinoy», Hamza Hakimzodaning komediya va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni ovrupacha drama estetikasi talablari darajasida bo’lishi shu izlanishlarning mantiqiy natijalari edi.
Musiqali dramadek murakkab sintetik san’at janrining paydo bo’lishi ham o’zbek xalqining benihoya boy badiiy merosga egaligi va shu merosni zamonaviy teatr tiliga ko’chira oluvchi sohibi talantlar borligi bilan bog’liq edi. Dastlab kichik musiqali sahnalar tarzida ko’ringan bu janr G’ulom Zafariyning «Halima», Xurshidning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» asarlarining yaratilishi bilan o’zbek teatrida alohida san’at yo’nalishi tarzida taraqqiy topdi. Ta’kidlash lozimki, o’tmishda bu «folklor janr, o’tkinchi, opera san’atiga o’tishda ko’prik vositasi xolos» degan fikr-mulohazalar musiqali drama yo’liga qanchalik to’siq bo’lmasin, u rivojlanishda davom etaverdi. Ham sof drama, ham musiqali drama asarlarini sahnalashtirishga qaratilgan «Musiqali drama va komediya teatri» deb atalgan viloyat teatrlari drama borasida hozirgi Milliy akademik drama teatridan, musiqali drama sohasida 1930-yillarda Respublika musiqa teatri, keyin Muqimiy nomidagi musiqa teatri tajribalariga suyandi va har biri san’atimiz xazinasiga ulush bo’lib qo’shilgan badiiy-estetik qadriyatlarni yaratdi.
Chet elliklar Shekspirning «Hamlet», «Otello» kabi asarlarining o’zbek aktyorlari tomonidan yuqori darajada mujassam etilishidan hayratga tushib so’z ochar ekanlar, buning asosiy sabablaridan biri, bu spektakllarning bilan bir boshqa teatrlar postanovkasiga o’xshamasligi, ya’ni ularda Shekspir g’oyalariga mushtarak tarzda o’zbekona dunyoqarash va badiiy qadriyatlarning ifoda etilishida deb bilish mumkin. Keng ko’lamda avj olgan shunday ijodiy jarayonlardan so’ng Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Olim Xo’jayev, Sora Eshonto’raeva kabi o’nlab yuqori iqtidorli drama ustalari va Lutfixonim Sarimsoqova, Razzoq Hamroyev, Mahmudjon G’ofurov singari ko’plab musiqali drama ustalarining etishib chiqishi o’zbek teatrining boshdanoq mustahkam zaminga evrilib, so’ng jahon teatri tajribalirini ijodiy o’zlashtirgan holda jadal taraqqiy topishining tabiiy mahsuli ekani o’z-o’zidan ayon bo’ladi.
O’zbek teatrining rivojlanishi davomida uni o’rganish, tadqiq etishga qaratilgan alohida ilm sohasi — teatr tanqidchiligi va teatrshunoslik fani tarkib topdi. M.Uyg’ur nomidagi San’at institutidan oliy malakali teatrshunos kadrlarning etishib chiqishi bilan, 1950-yillardan e’tiboran o’zbek tcatrining o’tmishi va zamonaviy jarayonini ilmiy o’rganishda yangi davr boshlandi. O’zbek teatrining alohida davrlari, aktyorlik, rejissorlik san’ati muammolari, aktyor va rejissorlarning ijodiy yo’llari haqida o’nlab monografiyalar, kitoblar chop etildi. Akademik M. Rahmonovning ikki jilddan iborat «Hamza nomli O’zbek Davlat akademik drama teatri tarixi» (2001-y.), «Istiqlol va milliy teatr» (2001-y.) maqolalar to’plami, M. Qodirovning «Tomosha san’ati o’tmishidan lavhalar» (1993-y.), SH. Rizayevning «Jadid dramasi» (1997-y.), T. Islornovning «Tarix va sahna» (1998-y.), T. Tursunovning «O’zbek teatri tarixi» (2002-y.) dasturiy qo’llanmasi teatrshunoslik ilmining keyingi yillar mahsuli hisoblanadi.
«Milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash» haqida so’z borayotgan ekan, teatrshunoslik fani oldida uning ayrim muammolari bo’yicha ilmiy monografiyalar qatori darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. Taassufki, hozirga qadar oliy o’quv yurtlari, litsey va kollejlar talabalari uchun mo’ljallangan qo’llanmalar yaratilganicha yo’q. Qo’lingizdagi qo’llanma shu yo’nalishdagi ilk izlanish hisoblanadi.
O’zbek milliy teatr san’atining yaratilishi va rivojlanishi uzoq asrlarga kelib taqaladi. Akademik Mamajon Rahmonov o’zining ilmiy izlanishlarida O’rta Osiyoda aynan, yurtimizda teatr elementlari eramizdan oldin III-I asrlarda dunyoga kelganligini isbotlab bergan. Topilgan arxeologik ashyolar, xususan, sopol parchalari, ayollarning turli bezaklariga chizib qoldirilgan suratlarda hatto, Evripid tragediyalarining qahramonlari va voqealari ham tasvirlanganligi isbotlangan. Lekin bu dramaturgning tragik asarlari qayerda o’ynalgan va sahnalashtirilgan? Respublikamizda Yunon amfiteatriga o’xshagan binolar mavjud edimi? Surxondaryo vohasida, Termiz shahri yonida (avvalgi Oy-xonim shahri) eramizdan avvalgi III-I asrlarda bunyod etilgan amfiteatr qoldiqlari topilgach, bu savoollar oydinlashdi. Shu bilan birga, qiziqchi – masharaboz aktyorlarining niqoblari va ularning kichkina-kichkina xaykalchalari (statuetka)ning Samarqandning Afrosiyob tumanida topilganligi mamlakatimiz hududida an’anaviy xalq tomosha san’atiga asoslangan maydon tomoshalari ham mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Bu san’at turi tobora rivojlana borib, asrlar davomida asta sekin o’zbek xalqining urf-odatlari, rasm-rusumlari bilan bog’lanib ketdi.
Teatr san’atining masharabozlik va qiziqchilik hamda qo’g’irchoq o’yinlaridan iborat turlari Yevropa uslubidagi teatr rivojlanishiga ham katta turtki bergan. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Turkiston hududiga Yevropa shaklidagi teatr kirib kela boshlagan. Ma’rifatchilar Zokirjon Furqat, Ahmad Donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Mannon Uyg’ur, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon va Hamza Hakimzoda Niyoziylar yangi shakldagi teatrning asoschilaridan bo’ldilar.
1911 yili Mahmudxo’ja Behbudiyning (1875-1919) "Padarkush" nomli dramasi dunyoga keldi. 1914 yilning 15 yanvarida Samarqand shahrining «Xalq uyi»da sahna yuzini ko’rdi, so’ngra fevral oyida Toshkentda Abdulla Avloniyning "Turon" truppasida sahnalashtiriladi. Hozirgi O’zbek Milliy akademik drama teatri aynan shu kuni dunyoga keladi.
Ushbu teatr faoliyatini rivojlantirishda va mustahkamlashda Mannon Uyg’ur bilan bir qatorda taniqli aktyorlar Abror Hidoyatov, Ma’suma Qorieva, Sora Eshonto’raeva, Yetim Bobojonov, Zamira Hidoyatova, Mariya Kuznetsova, Sa’dixon Tabibullaev, Sharif Qayumov, Olim Xo’jaev, Shukur Burhonov, Nabi Rahimov va boshqa zabardast san’atkorlarning xizmatlari katta. Ular zamonaviy o’zbek teatr san’atining poydevorini yaratdilar.
Bugungi kunda Toshkent shahri, qoraqalpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ja’mi 37 ta davlat teatri mavjud bo’lib, ularda har yili 120-150 tagacha yangi original sahna asarlari yaratiladi.
Shu jumladan, Toshkent shahrida 10 ta teatr va 1 ta "Diydor" teatr-studiyasi mavjud. Shuningdek, Respublikamizda "Ilhom", "Aladin", "Turon", "Muloqot", "Eski machit" singari ko’plab nodavlat teatr-studiyalari hamda havaskorlik jamoalari mavjud bo’lib, ularda teatr san’atining barcha janr va yo’nalishlarida qizg’in ijodiy jarayon davom etmoqda.
Qadimgi o’zbek teatrining repertuari va xarakteri. Tarixiy sharoit va madaniy muhit. Qadimgi o’zbek teatrining repertuari va xarakteri. O’zbek aktyorlik san’atini o’ziga xos xususiyatlari va uning badiiy mahorat darajasi. O’zbek teatrining g’oyaviy estetik asoslari.
O’zbek teatr san’atida o’zbek aktyorlik san’atining o’ziga xos xususiyatlari. O’zbek qo’shiqchilari, yallachilari, sozandalari va o’yinchilari hamda aktyorlari haqida.
Temuriylar davrida o’zbek milliy san’ati. Amir Temur va Temuriy shoxlar davrida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan, ma’rifat gullab yashnagan. O’zbek milliy teatrining negizi qadimiy bayramlar, qiziqchilik, qo’g’irchoqbozlik, teatrlashgan tomoshalar, marosimlar, maydon namoyishlari, an’anaviy teatr raqs san’ati hamda sirk o’yinlari haqida.
O’zbek milliy an’anaviy tomoshalari, namoyishlari, milliy madaniy merosning muhim bir turi sifatida qarab, kelajakda undan unumli foydalanganliklari haqida.
XVII-XIX asr boshlarida o’zbek teatri. Buxoro xonligi teatr san’ati, Xorazm xonligi teatr san’ati, Qo’qon xonligi teatr san’ati, hamda o’sha davrning va xonliklardagi aktyorlik san’ati haqida.
Turkistonda rus teatri faoliyati. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishi, rus va yangi ozarbayjon, yangi tatar teatrlarini Turkistonga kirib kelishi va o’sha erli ziyolilar orasida ushbu san’atga qiziqishning kuchayishi.
Ovro’pa usulidagi teatrning Turkistonga kirib kelishi va uning hozirgi zamon o’zbek milliy teatr shakllanishiga ta’siri. Turkistonda rus, ozarbayjon, tatar, arman teatr aloqalarini boshlanishi va uning yangi o’zbek teatri barpo topishidagi o’rni.
O’zbek teatr va dramaturgiyasining dastlabki qadami. O’zbek teatr sahnasida o’zbek yozma dramaturgiyasining vujudga kelishi va sahna yuzini ko’rishi, hamda dastlabki qadamlari.
Toshkentda «Turon» truppasining ochilishi va uning yangi o’zbek teatrining shakllanishi. Birinchi o’zbek milliy teatr truppasi Turon teatrining tashkil topishi 1913 yilning oxirida. Truppa rahbari Abdulla Avloniy va uning faoliyati. Turon truppasining nizomi va uning davlat adliya idoralari tomonidan tasdiqlanishi hamda uning o’lka teatrchilik harakatlaridagi o’rni. 1914-18 yillarda turon teatrining faoliyati va repertuari. 1916 yildan e’tiboran truppaga Mannon Uyg’ur kirib kelishi.
O’zbek teatr tanqidchiligini boshlanishi va yangi o’zbek teatrining shakllanishi. Yangi o’zbek teatri sahnasida 1914 yilning 27 fevralida M.Behbudiyning «Padarkush» asari «Kolizey» teatri binosida qo’yiladi. Spektaklni Ali Asqar Asharov sahnalashtiradi. 1914 yil Nusratilla Qudratilloning «To’y» p’esasini ko’rsatilishi «Istanbul», «Badbaxt kelin», «Baxtsiz kuyov», «Zaharli hayot» va boshqa p’esalarning sahnalashtirilishi. Spektakl rejissyorlari va aktyorlari.
O’zbekistonda jadidlar harakati va o’zbek milliy teatri. Jadidlarning Turkiston matbuoti sahifasida yangi o’zbek teatrini targ’ib etishlari, M.Behbudiy «Padarkush» (1911), Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy «Advokatlik osonmi?» (1914), Nusratilla Qudratillo «To’y» (1914), Xoji Mu’in Shukrullo «Eski maktab yangi maktab», «Mazluma xotin», «Ko’knori» (1916), Abdullo Qodiriy «Baxtsiz kuyov» (1914), Hamza «Zaharli hayot» (1915) p’esalari.
Mahmudxo’ja Behbudiy Samarqand yaqinidagi Baxshiyona qishlog’ida ruhoniy oilasida tug’ilgan. Avval u eski maktabda, so’ng madrasada tahsil ko’radi va XX asrning boshlaridan jo’shqin ma’rifatparvar sifatida ko’rina boshlaydi. Yangi usuldagi maktablar ochadi, darsliklar yaratadi, gazeta va jurnallar chop ettirib, o’zga xalqlar ilg’or tajribalarini o’zlashtirish, zamonaviy bilimni egallash haqida ko’plab maqolalar e’lon qiladi.
Mahmudxo’ja Behbudiyning milliy g’oya, erkinlik ideallarini targ’ib etishda eng ommabop hisoblanmish milliy teatr san’atini barpo etish dasturi bilan maydonga chiqishi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi. U o’zi noshir va muharrir bo’lgan «Oyna» jurnali orqali teatr san’atini uzluksiz ravishda targ’ib etadi. «Teatr nadur?», «Turkistonda birinchi milliy teatr», «Teatr, musiqa, she’r» kabi maqolalari bilan O’zbekistonda teatr tanqidchiligini boshlab berganlardan biri bo’ldi. Uning tashabbusi va da’vati bilan Nusratillo Qudratullo, Hoji Muin Shukrullo, Abdulla Badriy kabi yosh adiblar dramaturgiyaga kirib keladilar. Mahmudxo’ja Behbudiyning o’zi esa «Padarkush yoxud o’qimagan bolaning holi» (1911) pyesasini yaratish bilan ko’plab yosh ziyolilarga namuna ko’rsatdi.
U zulm va jaholatga qarshi ayovsiz kurash olib bordi. 1919-yili erkinlik dushmanlari qo’lida vahshiylarcha o’ldirildi.
Mahmudxo’ja Behbudiy teatr haqida
Teatr — ibratnomadur... Hech kimni rioya qilmasdan to’g’ri so’zlaguvchi va ochiq haqiqatni bildiruvchidir... Umumiy odatlarni nafi va zararidan paydo bo’laturg’on natijalarni teatrxonada aynan ko’rsaturlarki, har kim mundan ta’sirlanib, yomon odatlarni tark etib, yaxshilikni ziyoda ishlamoqg’a sabab bo’lur ... teyotr xonalari mazxarabozxona bo’lmay, balki ibratxonadur, mushaxxis-aktyor muallimi axloqdurlar.
M.Behbudiyning «Padarkush» birinchi o’zbek yozma asari va uni sahnalashtirish. Birinchi Samarqandda so’ng Toshkentda, Qo’qon, Kattaqo’rg’on, Buxoro, Andijon, Namangan shaharlarida sahnalashtirilgan. «Padarkush» pyesasi avvalo milliy dramaturgiya va yangi teatr san’atining ilk namunasi bo’lsa, ikkinchidan o’sha shaharlarda nisbatan muntazam va muvafaqqat teatr tashkil topishi. O’zbek yozma milliy dramaturgiyaning shitoblanishi. «Padarkush» asari Turkiston voqeligining XX asr 10-yillaridagi buyuk madaniy va ijtimoiy voqealaridan bo’lib qolishi.
O’zbek teatri san’atini ilk davri. Teatr haqida umumiy tushuncha. Teatr san’atining boshqa san’at turlaridan farqi. Teatr janrlari. Teatr san’atining ko’p shaklliligi, uning turlari va janrlarining farq qilishi o’zbek milliy teatri misolida.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 2001-yil 30-avgustda Toshkent shahrida O’zbek davlat akademik drama teatri yangi binosining ochilishi marosimida so’zlagan nutqi.
Assalomu alaykum, aziz do’stlar!
Muhtaram san’atkorlar!
Qadrli mehmonlar!
Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas kun — azim poytaxtimiz Toshkent shahrida ushbu ajoyib san’at saroyi — O’zbek davlat akademik drama teatrimizning yangi binosi ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Hurmatli birodarlar!
Bugun yurtimizdagi eng ulug’ va eng aziz bayram arafasida mana shu betakror, muhtasham, zamonaviy teatr koshonasi san’at muxlislari uchun o’z eshiklarini ochayotgani g’oyat quvonchlidir.
«Turon» teatr truppasi – birinchi o’zbek professional teatr jamoyasi va uning nizomi. Birinchi o’zbek milliy teatr truppasi – «Turon» teatri 1913 yilning oxirida Toshkentda Turon oqartuv jamiyati qoshida havaskorlar truppasi tashkil topishi. Truppa rahbari Abdulla Avloniy va uning faoliyati. «Turon» truppasining nizomi va uning davlat adliya idoralari tomonidan tasdiqlanishi, hamda uning o’lka teatrchilik harakatlaridagi o’rni. 1914-1918 yillar orasida Turon teatri faoliyati va repertuari. Spektakl rejissyorlari va aktyorlar. Turon truppasi 1918 yil 3 noyabrda Davlat teatri sifatida ochilishi. 1918-1920 yillar orasida teatr repertuari. Turon teatr truppasining 1918-1924 yillar orasida havaskorlikdan milliy professional Davlat teatri darajasiga ko’tarilishi, hamda Turkistonda teatr san’atining etakchi kuchiga aylanishi.
Ozarbayjon va tatar teatrlarining Turkistondagi ijodiy safarlari va ularning o’zbek milliy teatrlari shakllanishidagi o’rni. Ozarbayjon, turk, tatar, hamda rus teatri dramaturgiyasi, ijodiy safarlari o’zbek teatrining shakllanishida bosh omil bo’lib xizmat qiladi. O’zbek teatrining rivojida 1915-1916 yillar sahnalashtirilgan qator tarjima asarlari katta ijobiy ahamiyat kasb yetgan. Ayniqsa, bu masalada ozarbayjon dramaturgiyasi muhim rol o’ynaydi.
H.H.Niyoziy va o’zbek teatri. H.H.Niyoziy va o’zbek milliy teatri. H.H.Niyoziyning ma’rifatchilik borasidagi faoliyati, uning dramaturgiyadagi ijodiy faoliyati va teatr sohasidagi harakatlari. «Boy ila xizmatchi», «Zaharli hayot», «Maysaraning ishi» asarlari.
Mannon Uyg’ur birinchi o’zbek professional rejissyori. Mannon Uyg’ur o’zbek sahna san’atini kamol topishi yo’lida serqirra faoliyati. Mannon Uyg’ur va Turon truppasida professional jarayonining shakllanishi a) milliy repertuarni yaratish uchun kurash yo’lida teatrning ijodiy laboratoriyaga aylanishi; Mannon Uyg’ur 20 yildan e’tiboran teatr repertuarida katta hajmdagi tomoshabinni jalb etuvchi spektakllarining ko’payishi; b) Mannon Uyg’ur va truppada zamonaviy rejissurani vujudga kelishi; v) aktyor talqin san’ati; truppada Mannon Uyg’ur boshliq barcha aktyorlarning truppani etakchi ijrochilariga aylanishi.
1917-20 yillar teatr o’lka musiqali drammatik truppasi Farg’ona vodiysi, Buxoro, Xorazm teatri. Karl Marks nomli teatr. O’lka «Namuna» teatri. O’zbek I-II teatr studiyalari Moskvada, Bakuda. Turon, Namuna 1924 yildan O’zbek Davlat sayyor truppasi nomi bilan ish yuritgan respublika teatri. Uning sahna ustalari Moskva, Bakudan qaytgan O’zbek Davlat drammatik truppasi nomi bilan qayta tashkil topishi. Qayta tashkil topgan teatr repertuarini Revizor, Xasis, Malikai Turandot, Yorqinoy singari spektakllar bilan boyishi.
O’zbek milliy teatri XX asrning 20-30 yillarida. 20 yillarning oxiri va 30 yillarning boshlaridan e’tiboran adabiyot va san’atda sho’ro voqealigini sinfiy kurash, sinfiy va partiyaviy xushyorlik, mamlakatni sanoatlashtirish va qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish nuqtai nazaridan yoritishni asosiy talab qilib qo’yilishini o’tkirlashuvi. P’esalarda o’tmish va bugungi hayot muammolarining baxsi.
Hamza nomidagi O’zbek Davlat drama teatri, hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatri. Hamza nomidagi teatrni o’zbek dramaturgiyasi o’zbek jonli adabiy tilining markaziga aylanganligi xususida.
30 yillarning boshlaridan e’tiboran davlat teatr tizimlarining qayta tashkil etilishi. Markaziy davlat teatrlari: Hamza nomidagi o’zbek davlat drama teatri (1933 yildan e’tiboran akademik drama teatri), O’zbek davlat musiqali teatri (1939 yildan e’tiboran o’zbek davlat opera va balet teatri), M.Gorkiy nomidagi rus davlat drama teatri, respublika yosh tomoshabinlar teatri, respublika o’zbek davlat qo’g’irchoq teatri (1939). Muqimiy nomidagi o’zbek davlat musiqali drama va komediya teatri (1939-40 yillar).
O’zbekistonda opera va balet teatrlarini shakllanishi va rivojlanishi. Ushbu murakkab san’at turlarini asoslari, ularning ijodiy faoliyatlari, madaniy hayotimizdagi o’rni haqida o’zbek operasi va baleti rivojlanishi haqida. M.Qori Yoqubov, H.Nosirova, S.Yarashov, K.Zokirov, M.Razzoqova, G.Izmailova, B.Qorieva, G.Hamraeva – o’zbek milliy opera va balet san’ati darg’alari.
O’zbekistonda bolalar va yoshlar teatri va boshqa millat teatrlari. Asosan 1 - Turon teatri sahnasida drama, musiqali teatr, bolalar teatri shakllarining shakllanishi va 1928-1930 yillar oralig’ida davlat drama, o’zbek davlat musiqali teatr va o’zbek davlat bolalar teatrga ajralib rivojlanishiga yuz tutishi.
Viloyat teatrlari o’zbek milliy teatrlarining ajralmas qismi. 20 yillarda O’zbekistonda teatr san’atining faol shakllanishi munosabati bilan 30 yillarning boshlaridan e’tiboran viloyat teatrlarini qayta tashkil etish, tur va janrlarini aniqlash jarayoni, Farg’ona vodiysi, Andijon, Farg’ona, Namangan, Qo’qon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, Xorazm, Qoraqalpog’iston teatri.
O’zbek teatri ikkinchi jahon urushi yillarida (1945-41 yillar). Ikkinchi jahon urushining boshlanishi, hamma narsa front uchun shiori va Vatan himoyasi muammolarini adabiyot va san’atning bosh mavzusiga aylanishi. Mavzuning ikki jihati: front, front orti hayoti. Har bir xalq tarixining yorqin sahifalari – boshinchilarga qarshi, yurt mustaqilligi, ozodligi kurashda jon fido yetgan yorqin tarixiy siymolarni namunali badiiy obrazini yaratish san’atni, jumladan teatrning etakchi vazifasi qilib belgilanishi.
Hozirgi o’zbek dramaturglari.
Mustaqillikning ilk davridan e’tiboran O’zbekiston dramaturglari va teatrlarini o’tmish qadriyatlarini xususan, o’zbek milliy davlatchiligi va uning buyuk namoyondalari obrazlarini adolat nazari bilan gavdalantirishiga qiziqishlarining kuchayishi. Zamonaviy mavzuni dramaturgiya va sahnada aks ettirishda muxim muammolar, davr qahramonlari qiyofalarini ta’riflash mezonlarini aniqlab olishdagi qiyinchiliklar. Respublika teatrlarida tarixiy va zamonaviy mavzudagi asarlarni istiqlol sharofati bilan qaytadan ijro etish jarayoni. Barcha o’zbek yetuk dramaturglar asarlari bilan tanishish.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə