Etnomadaniyat


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə16/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.-488 б.


  2. Мирзиёев Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2017. - 592 б.


  3. Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2-jild. – Т.: Ўзбекистон, 2017. - 512 б.


  4. Мирзиёев Ш. М. “Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади” 3-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2019. - 400 б.


  5. Мирзиёев Ш. М. “Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари”. 4-жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 2020. - 452 б.


  6. Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон стратегияси. - Т.: Ўзбекистон, 2021. - 464 б.


  7. Aminjonova I E. “Qadimiy yodgorliklar qissasi”. T. 1968.


  8. Ashirov A. Atadjanov SH. “Etnologiya”. T. 2007 y.


  9. Ashirov A. «O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari». T. 2007 y.


  10. Sobirova M., Xoliqov I. Etnomadaniyat. O’quv qo’llanma.-T.: “INNOVATSIYA - ZIYO”, 2019 yil.




8-Mavzu: Etnopedagogika va milliy ma’naviyat
Reja:
1. Movaraunnahrning arablar tomonidan fath etilishi va ta’lim-tarbiya muhiti.
2. Vatanimizda dunyoviy pedagogika g’oyalari va uning namoyondalari.
3. Vatanimizda diniy pedagogik g’oyalar va ularning namoyondalari.
4. Uyg’onish davri ta’lim tizimi.
Jahon etnologlari, jumladan, bizning olimlarimiz oldida hozirgacha kam o’rganilgan, ammo muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan etnopedagogika (yangi avlodni an'anaviy odatlar va zamonaviy talablar asosida tarbiyalashning xalq tajribasi) masalalari diqqatga sazovordir. Umuman, asrlar davomida to’planib kelgan xalqning ijobiy tajribasjni o’rganish eng muhim sof etnologik muammolardandir. Shu nuqtai nazardan, masalan, etnopsixologiya va etnotabobat, ya’ni xalq tabobatini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega bo’lib, hozir bu masalada bir oz jonlanish sezilmoqda.
Insoniyatning madaniyati o’ta rang barangdir. Har bir millatning o’ziga xos madaniyati mavjud. Xalqning xulq - atvori, tarbiya, axloq qoidalari milliy madaniyat tomonidan belgilanadi. Inson jamiyat, odamlar orasida yashar ekan, jamiyat, millat va xalq tomonidan belgilangan va odob tusiga kirib qolgan o’ziga xos talab qoidalarga bo’ysunadi. Jamiyatning har bir bo’lagida tarbiya qoidalari ishlab chiqilgan. G’arb madaniyati uchun odatiy ko’ringan tarbiya shakli boshqa jamiyatlar uchun bema’ni tuyulishi mumkin. Tarbiya insonlarning turli madaniyatlar orqali ijtimoiylashuvi oqibatida o’zgarib turadi. Uning shakllanishi oiladan boshlanadi. Oila aynan bolalar tarbiyasi uchun mas’ul qarindoshlar guruhi hisoblanadi. Bolaning odobli, axloqli va mehnatsevar bo’lib o’sishi uchun oilaviy sharoit, oila boshliqlarining namuna bo’lishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ularning yaxshi odatlari, muomala madaniyati, so’zi bilan ishining birligi farzandlar uchun ibrat namunasidir. Ayollarning birinchi galdagi vazifasi bola tarbiyasi va uy-ro’zg’or ishlari bilan faol shug’ullanish hisoblanadi. Dunyoda faqat erkaklar bolalar tarbiyasiga to’la javobgar bo’lgan mamlakat yo’q. Nensi Chodorouning ta’kidlashicha, ayollarning farzandni dunyoga keltirishi ularning tarbiyaviy yaqinligini ta’minlaydi, bu narsa uning keyinchalik ham bolasiga g’amxo’rlik qilishida davom etadi. Onalik ayol uchun asosiy vazifadir. Ayollarning bu vazifasi barcha madaniyatlarga xos bo’lib, uy ishi ayollar uchun asosiy mashg’ulot hisoblanadi. Bolalarni tarbiyalash ota - onaning muqaddas burchidir. Ruslarda farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish, o’z qaramog’ida uni o’stirish ma’lum vaqtdan so’ng chegaralanadi. Bizning millatimizda esa ota - onalar huquqini bekor qilinishi o’ta salbiy holat hisoblanadi. Tarbiya bolaning axloqi, xulq - atvoriga kuchli ta’sir etadi. Bolalarga qanchalik darajada qattiqqo’l bo’lish uning ota - onasidan xayiqishi, nomaqbul harakatlardan saqlanishini ta’minlaydi. Uni qayerga bording? Nima bilan shug’ullanayapsan? - tarzda tergab turish ham lozim. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, otaning tabiatan yumshoq ko’ngilligi, shirin so’zli bo’lishi bolaning tabiatini buzishi mumkin. Uning fikricha, ota bolalar tarbiyasida qattiqqo’llik lozim bo’lganda, jazo berishi ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Ota bola tarbiyasi bilan shug’ullanishi lozim. Bolaga odob ilm o’rgatish dastlab ularga aytish va ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. Bolalar bunga quloq solmasa, urish, po’pisa ishlatish ham lozim. Lekin, ayrim psixologlar fikricha, bolani tarbiyalashda yaxshi gap bilan tushuntirish kerak.
Movaraunnahr (ikki daryo oraligi eki daryo orqasidagi joy) VIII asrda arablar tomonidan bosib olingan, xalqimiz ma’naviy hayotida jiddiy uzgarishlar sodir bo’ldi. Islom dini o’lkamiz ijtimoiy ma’naviy hayotida hukmron mafkura rolini o’ynay boshladi.
Islom dinini xalqimiz ijtimoiy-ma’naviy takomilidagi roliga turli qarashlar mavjud:
1. Islom dini va arablar istilosini xalqimiz ma’naviy hayotidagi ta’sirni ideallashtirish. Bunday qarash "Avesto" va "Avesto"gacha davr tarixini yaxshi bilmagan va Islom ruhoniylarining ayrim vakillari tomonidan e’tirof etiladi. Ularning fikricha: xalqimiz Islomgacha yovvoyillarcha turmush tarziga ega edi, arablar bizga madaniyat, ma’rifat olib kirgan.
2. Tanqidiy asosda endashuv. Ovro’pa, Russiya olimlari ateistik (xudosizlik) nuqtai nazaridan yondashadi. Ularning fikricha arablar o’lkamizga jaxolat, madaniyatsizlik, xurofatni olib kelganlar, boyliklarni talagan, tinch aholiga tajavvuz qilganlar.
3. Islom dini va arablar iste’losini ta’sirini xolisona baholash, bunday qarash O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng shakllanadi.
Islom dini va arablar ist’ilosi o’lkamiz ta’lim va pedagogik fikrlarni tarqqiyotiga qanday ta’sir etdi?
1. Islom dini Vatanimizga chetdan kirib kelganligi tufayli xalq o’z ixtiyori bilan uni qabul qilmagan. Natijada xalq ma’naviyatining barcha sohalarida birdan hukmronlikka erisha olmagan.
2. O’lkamizda fan va madaniyatning o’sha davrda ilg’or darajada rivojlanganligi Islom g’oyalarini singdirishga to’sqinlik qilgan.
3. Vatanimizda o’ziga xos ta’lim tizimi vujudga keldi.
Masalan: ilm- o’rganish maktab- ta’lim beradigan odam madrasa-muddaris kabilar yuzaga keldi.
Vatanimizda pedagogik g’oyalar ikki yo’nalishda shakllandi va rivojlandi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə