Etnomadaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə5/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Madaniyat tushunchasi keng ma’noni anglatib, jamiyat va inson tarixiy tarqqiyotining muayyan bir darajasi, kishilar hayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida, shuningdek, ular yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.
“Madaniyat” tushunchasi muayyan tarixiy davrlar, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, masalan, antik madaniyat, sotsialistik madaniyat, shuningdek inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalari, masalan mehnat madaniyati, diniy madaniyat, san’at madaniyati, turmush madaniyatini izohlash uchun qo’llanib kelinadi. Agarda bu so’zni tor ma’noda ishlatadigan bo’lsak bu atamani kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan mansubligini ko’ramiz.
O’rta asr madaniyatining buyuk namoyondalari Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar shahar turmush tarzini yetuklik shakli sifatida ekanligini ochib berganlar. (Buyuk allomaning quyidagi fikrlarini yodlashga harakat qiling)


Har bir inson o’z tabiatiga ko’ra oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi. Bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo’ladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb hunarda ozod, hamma barobardir, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb hunar bilan shug’ullanadi va odamlar chin ma’nosi bilan yashaydilar.
Forobiy


Albatta bunday tamoyillar faqat demokratik jamiyatdagina o’z ifodasini topishiga biz mustaqillik yillarida tushunib yetdik.
Hazrat Navoiy yetuk axloq va obro’da, odob va insoniy fazilatlraga xoslikni, ma’rifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini olg’a surish bilan birga, ma’naviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb gumanistik ideallarga muvofiqlikni tushungan va o’z asarlarida bu ta’limotni namoyish etib kelganlar.
Ma’lumki, sho’ro tuzumi sharoitida Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyatini o’rganishning dasturul amaliy usullari g’ayri ilmiy g’oyalarga qurbon bo’ldi…"Boy zamindorlarga, hokim sinf tabaqalarga xizmat qilgan o’tmish madaniyatining bizga keragi yo’q, yangi proletar (yo’qsil) madaniyatini yaratamiz" - degan shiorlar ostida sobiq sovetlar ko’pmillatli xalqlarning, jumladan o’zbek xalqining, moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirdi. Bunisi ham yetmasdan tarixiy madaniyatni har tomonlama o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan arab alifbosini ta’qiqlanishi, asosiy yozuv imlolaridan xalqning mahrum etilishi sal kam etmishbesh yil davomida siyosiy maqsadlarga bo’ysundirilib kelindi.
Bunday siyosiy totalitar-klerikal munosabatning negizida xalqning milliy o’zligini bilishga bo’lgan intilishlarini ongli ravishda yo’qqa chiqarish asosiy maqsad edi. Bunday urinishlar hamda taqiqlanishlar o’tmish tarixdan biror misol keltirish kerak bo’lib qolsa, sho’ro mafkurachilari iloji boricha G’arbga borib taqardi… (Vatan tuyg’usi, Toshkent, "O’zbekiston" 1998y) Go’yoki, barcha xalqlar madaniyati Ovrupo (yevromarkaz)dan andoza olgan deb baralla hayqirishgan.
Ular Turkiston xalqlarining milliy g’ururi uyg’onishidan, o’tmishdagi boy madaniyatidan iftixor tuyg’ulari kuchayishidan qo’rqiishar edi. Sho’ro mafkurachilari madaniyatni sinfiy hodisa deb takidlab kelganlar.


Madaniyat - umuminsoniy hodisa bo’lib, barchaga teng va barobardir.Allomalarimiz, olimu - fuzalolarimiz, shoiru – san’atkorlarimiz yaratgan barcha durdonalar xalqnikidir.

Quyidagi tasvirda jonlangan Kalta minor tarixiy obidamiz xalqimizning durdonasi hisoblanmish Xiva shahrining ko’rki va salobatidir.


Har bir jamiyat va davr o’z madaniyatiga ega bo’ladi. Jamiyat o’zgarishi bilan uning madaniyati, tili ham o’zgaradi. Shu bilan birga




Madaniy taraqqiyot uzulib qolmaydi, ilgarigi madaniyat yo’q bo’lib kyetmaydi, madaniy meros va an’analar saqlanadi





O’tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’naviy madaniyat boyliklari majmuiga madaniy meros deyiladi.

Har bir yangi avlod moddiy va ma’naviy madaniyat negizini har gal yangitdan yaratmasligi mumkin. Shu bilan birga ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni o’z ehtiyojimiz va sharoitimizga qarab dunyoqarashimiz, jamiyatimiz va xalqimiz manfaatlariga mos keladigan, bugun va kelajak uchun xizmat qilishi mumkin bo’lgan qismini qabul qilamiz.Sho’rolar o’z niyatlarini barcha xalq va elatlarga singdirish borasida bir qancha g’ayriilmiy "qonunlar" yaratganlar. Shulardan biri: "Sharqiy – G’arbdan sira oldin turishi mumkin emas, jahon sivilizatsiyasi G’arbdan boshlangan, G’arb insoniyat madaniyatining ilk beshigi" dir.- Bu soxtalikning yana bir isboti shundan iboratki, sho’rolar davrida Markaziy Osiyoning g’ururi va shavkati hisoblanmish Samarqand shahrining yilnomasi maxsus tarzda qisqartirilib ko’rsatilgan. Aslida esa hamisha navqiron "Samarqand sayqali ruyi zamin ast!" xitobimizni yangratib aytamiz-ki "Samarqand 3800 yoshda" Bu sana buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida to’laqonli isbotlangan. Beruniyning yozishicha, Samarqand Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) Turonga kelishidan 1500 yil avval ham navqiron shahar bo’lgan ekan. Iskandar Turonga mil. av. III-asrda bosqinchilik qilgan. Bu haqda buyuk adibimiz, akademik G’ofur G’ulom ham bir suhbatda: "Fotixlar anoyi bo’lmaydilar. Ayniqsa muallimni avvalini , piri komil Arastudek ustozining shogirdi bo’lmish Iskandardek podshoh anoyi deb bo’lmaydi. O’sha olis zamonlarda Turon zamin obod, eli farovonu ma’mur bo’lgan, Samarqandu Buxoro, Shosh va Xorazmda hayot qaynagan. Bu obodon o’lkaning dovrug’i Eron osha Yunongacha borib yetgan. Iskandarning fotixlik qonini jo’shtirgan, bu yerlarni zabt etishga undagan"- deb eslaganlar.Buyuk adibimizning bunday fikrlarini izohlashga o’rin bo’lmasa kerak, Bolshovoy siyosati, millatning ma’naviy - madaniy hayotini "sovetlashtirish, baynalminallashtirish, butun jahon proletarlari, birlashingiz!" xitobi kabi zo’ravonlik siyosati o’zbek xalqi bilan birgalikda O’rta Osiyodan tashqarida bo’lgan qondosh xalqlar boshiga ham tushgan. Mustaqillik sharofati bilan biz o’zligimizni angladik, dinimiz va millatimizni millat ekanligini tub ma’nolarda tushunib yetdik.


Xulosa qilib quydagilarni aytish mumkin:
Etnomadaniyat fani asoslariga kirish jarayonida,
-fanning tarixiy - ilmiy mohiyatini o’rganish;
-universitetda o’tiladigan barcha ijtimoiy hamda insonshunoslik fanlarni o’zlashtirishni takomillashtirish;
-fanning nazariy hamda amaliy bo’limlarini mukammal o’rganish;
-bo’lg’usi mutaxassis kadrlarning ma’naviy dunyosini shakllantirish, ma’naviy – ma’rifiy faoliyatni yuzaga chiqarishning omillarini ilmiy jihatdan tadqiq etish;
-yuksak e’tiqodga munosib qilib tarbiyalash;
-o’tmish ajdodlarimizning ravnaq togan tarixiy merosini mukammal o’rganishga qaratilgandir.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə