Etnomadaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə4/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Etnomadaniyat biror xalqning kelib chiqishi (bu borada o’zbek xalqi), uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon (davr)larda ravnaq topib hozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosini o’rganadigan fandir.
(Hurmatli talaba bu tarifni Siz yodlab oling)

B inobarin, fanni to’laligicha o’zlashtirish, uning nazariy va tarixiy-ilmiy asoslarini izohlash uchun bu fanni bilim tizimi ekanligini o’rganib chiqishni taqozo etadi. Vaxolanki, bu fanni o’rganib unga izoh berilganda uning madaniy tarixiy jarayon mazmuni, tarixiy takomili va ashyoyudalillari, nazariy hamda amaliy (hayotiyligi nuqtai nazaridan) qonuniyati va uslublari asosida taraqqiy etishi, ijtimoiy-moddiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, milliy etnik /genezi/ munosabatlaridagi o’rni, madaniy aloqalar hamda umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlardagi xususiyati, ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni kabi serqirra tomonlariga asosiy e’tibor qaratiladi.


Etnomadaniyat fanining boshqa gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. Etnomadniyat fani bilimlar tizimi ekanligini har tomonlama isbotlash uchun quyidagi masalalarni yortishni taqozo etadi:
- Etnomadaniyat fani gumanitar fanlar bilan uzviy aloqadadir.
U falsafa, etika, estetika, sotsiologiya, tarix, psixologiya, etnografiya, folklor, musiqa, tasviriy san’at, arxitektura, dinshunoslik, pedagogika hamda adabiyotshunoslik kabi fan asoslari bilan hamkorlikda olib boriladi.
Etnomadaniyat quyidagi tamoyil va sifatlarni yoritishni o’zida aks ettiradi:
- etnomadaniyat tarixiy jarayon sifatida tarkib topib davrlar mobaynida ma’lum bir yutuq va kamchiliklarni o’zida namoyon bo’lganligini;
- etnomologik sifat masalasida jamiyat ma’anaviy-madaniy hayotini avloddan-avlodga etkazib, uning kelajagi uchun zamin yarata olganligini;
- o’tmish madaniyatni ongli ravishda o’rganish, uni o’rganib olmasdan turib madaniy merosni yangi jamiyat farovonligi yo’lida qo’llashga asos bo’lmasligini;
- diniy, Islomiy merosni chuqur o’rganish, uning milliy ma’naviyat va madaniyatning oliy sifati ekanligini;
- Markaziy Osiyo hududi moddiy-ma’naviy madaniyatning shakllanish va taraqqiyot markazi ekanligini;
- Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining tarixiy taraqqiyoti va uning mohiyatini to’g’ri tushunishni;
- Sharqiy xalqlari ma’naviy madaniyatining asosiy tub negizlarini to’laligicha (tadqiqotlar asosida) o’rganish kabilarga e’tibor qaratadi.
Albatta yuqoridagi sifat va tamoillarni har tomonlama o’rganish va kundalik faoliyatga tadbiq etish maqsadida, birinchidan, ajdodlarimizning tarixiy evolutsiya davrlarida qo’lga kiritgan yutuqlarini; ikkinchidan, xalqimizning madaniy-ma’rifiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, rasm-rusumlarini; uchinchidan, xalqimizning axloq-odob saboqlaridan namunalarni mukammal o’zlashtirishdir.
Har bir xalqning madaniyati uning milliy ma’naviyati hamda ma’rifati bilan uzviy bog’langan. Mustaqil davlatimizning bugungi kundagi ma’naviy-madaniy taraqqiyoti isloxotlar davrida qo’lga kiritilgan yutuqlarimizning garovidir. Vaholanki, biz bu tarixiy ma’naviy va madaniy yutuqlarni har tomonlama tadqiq va tashviq etish uchun etarlicha shart-sharoit va imkoniyatlarga egamiz.
Madaniyat iborasi arabcha “Madina” (shahar, kent) so’zidan kelib chiqqan ekan. (Vatan tuyg’usi. Toshkent, "O’zbekiston" 1996 y. 114-115b) Shahar ma’nosida kelgan madaniyat so’zining talqini kishilar hayotini ikki turdagi ko’rinishi, ya’ni ko’chmanchidashtu-sahrolarda yashovchi xalqlar hamda shaharda yashab, shaharga xos turmush tarzida yashovchi xalqlarga nisbatan ishlatilib kelingan.







Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə