Etnomadaniyat


Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə3/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Fanning maqsad va vazifalari. Oliy o’quv yurtlarida o’tildigan “Etnomodaniyat” fani yuqorida dasturulamal sifatida qo’yilgan ulkan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Bu fan asoslarini insonshunoslik fanlariga tayangan holda o’rganamiz. Yoshlarning umuminsoniy dunyoqarshlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq etib, yoshlarni Istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash vazifasi yotadi.
Demak, “Etnomadaniyat” fani asoslariga kirish uchun biz xalqimizning uzoq o’tmish tarixiga e’tibor berishimiz zaruratdir. “Etnomadaniyat” atamasi ikki iboradan tashkil bo’lib: “etno” va “madaniyat” so’zlari qo’shilmasidir “Etno” - yunon so’zi - elat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma’lum bir elat yoki xalqqa bo’lgan ishora, ko’rsatuv. Bu ibora biror xalqning kelib chiqishi (etnogenez)ni ifodalaydi. Bunday tarzda biz o’zbek xalqining kelib chiqishi, uning etnogenezi (urug’chilik, nasl)ni tushunishimiz kerak. Shu bilan bir vaqtda “etno” iborasi ko’pchilik ilmiy -nazariy manbaalarda: “Etnografiya” -xalqlarning kelib chiqishi, turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatini o’rganadigan fan sifatida bo’lib biror xalqning turmushi, madaniyati va urf-odatlariga xos bo’lgan xususiyatlarini ham ko’rsatadi. “Etnonim” tushunchasi ham mavjud, bu xalq nomi yoki xalq nomini ifodalovchi so’z sifatidagi atamadir. Bu so’zni yanada mukammallashtirish maqsadida “Etnonimka” iborasi ham ishlatilib leksikologiyaning xalq, qabila hamda urug’chilik nomlarini o’rganishga qaratilgan bo’limiga aytiladi. “Etnograf” iborasini ham biz kundalik o’quv jarayonida qo’llaymiz va bu iborada biz etnografiya fani bo’yicha faoliyat ko’rsatadigan mutaxassisni tushunamiz. E’tiboringizni “etnografiya” va “folklor” faniga qaratib u:
1. Xalqlarning kelib chiqishi, turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatini;
2. Og’zaki, yozma hamda musiqiy ijodini o’rganadigan fan ekanligini tushunamiz.
Shunday qilib, biz yuqoridagi ta’riflarga qaritilgan barcha ilmiy-tarixiy asoslarga tayangan holda “Etonomadaniyat” fani asoslarini quyidagicha izohlaymiz:





Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə