|
F. I. O. Imzo Sana BetBoyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.F.I.O.
Imzo
Sana
Bet.
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A .
в Б.А.
Eshonqulov X. S
Bajardi
Tekshirdi
O‘rindiq zonasi aglomeratsiya jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etmaydi.
Uning mohiyati aglomeratni panjarada yonishdan saqlash va shixtaning mayda
zarralarini panjaradan o‘tib ketishini kamaytirish. O‘rindiq panjaraga shixtaning
asosiy massasidan alohida yuklanadi.
O‘rindiq hosil qilish uchun 25–10 mm li mayda aglomerat, bunday aglomerat
yetarli bo‘lmasa shu o‘lchamdagi ruda zarralaridan foydalaniladi. O‘ta namlash
zonasi yuklanayotgan shixta namligiga nisbatan 20–30% ortiqroq namlik bilan
xarakterlanadi. Namlanish shixtaning sovuqroq qismida shixtani yuqoriroq qismida
quritish natijasida hosil bo‘ladigan namlikning cho‘kishi natijasida sodir bo‘ladi.
Quritish zonasida gigroskopik namlikni jadal yo‘qotish sodir bo‘ladi. Quritishda
shixtaning bo‘laklari qisman sochilib, shixtaning zichlashishini hosil qiladi. Quritish
zonasi gazlarning o‘tishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun u iloji boricha
minimal bo‘lishi kerak. Oltingugurtning yonishi uglerod yonishidan orqada qoladi,
natijada shixtaning gaz o‘tkazish qobiliyati kamayadi, quritish zonasi ortadi va
aglomeratsiya mashinasining ishlab chiqarish unumdorligi kamayadi. Jadal qizdirish
zonasi shixtani yonishga tayyorlash zonasi hisoblanadi. Bu zonada yonish zonasidan
tushayotgan issiq mahsulotlar ta’sirida shixta yoqilg‘isining yonish haroratigacha
qizishi kuzatiladi. Keyingi zonada yonilg‘ining yonishi va aglomeratning
shakllanishi sodir bo‘ladi. Bu erish zonasida rudali minerallarning qayta
kristallanishi ketadi. Olingan aglomeratning fizik-kimyoviy xususiyatlari shu
zonada hosil bo‘lgan harorat bilan aniqlanadi. Yoqilg‘i miqdori kam bo‘lganda, shu
bilan bir qatorda harorat past bo‘lganda temir (II) oksidi va fayalitning miqdori kam
aglomeratlar hosil bo‘ladi. Buning aksicha yoqilg‘i miqdori ko‘p bo‘lganda va
harorat yuqori bo‘lganda temir (II) oksidining miqdori ko‘p, yuqori mexanik
xususiyatlarga ega aglomeratlar olinadi. Tayyor aglomerat zonasi tugallangan
termik jarayon hisoblanadi. Shakllantirilgan aglomerat shixta orqali ventilator
yordamida so‘rib olinadigan havo bilan sovutiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan zonalarning
holati shixta qatlami balandligi bo‘yicha doimiy emas. Zonalarning chegaralari
shixta yonilg‘isining yonishi mobaynida o‘zgarib turadi. Olingan aglomerat uchta
fraksiyaga bo‘linadi, domna sexiga yaroqli aglomerat (›15mm), o‘rindiq (6–15mm)
va qaytarish (‹6mm).
Dostları ilə paylaş: |
|
|