|
F. I. O. Imzo Sana BetBoyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.F.I.O.
Imzo
Sana
Bet.
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A .
в Б.А.
Eshonqulov X. S
Bajardi
Tekshirdi
hisoblanadi. Hozirda sulfidli rux boyitmasini metall holidagi ruxga iqtisodiy
jihatdan maqbul to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta ishlash usuli mavjud emas. Ruxni
sulfidlardan qaytarish yuqori harorat talab qiladi va bir qancha qiyinchiliklar bilan
bog‘liq, shuning uchun sulfidli boyitma tasmali turdan aglomeratsion mashinalarda
oksidlovchi kuydirishga uchratiladi. Kuydirish mobaynida mahsulotning
bo‘laklanishi sodir bo‘ladi. Yonilg‘i sifatida sulfidlarning oltingugurti ishlatiladi.
Ruxli sulfidli boyitma odatda 30% atrofida oltingugurt saqlaydi. Tayyor aglomerat
esa 1%dan ortiq oltingugurt saqlamasligi kerak. Sfaleritning oksidlanishi quyidagi
reaksiya bo‘yicha ketadi:
ZnS + 30₂ = 2ZnO + 2So₂
500–600°Cgacha rux sulfidi ZnSO₄ gacha oksidlanishi mumkin. Biroq yonish
zonasida harorat 1300°C dan ortadi va sulfatlar eriydi, buning natijasida
aglomeratsiyali kuydirishda oltingugurtning chetlashtirish darajasi ortadi.
Kuydirishda jarayonning haroratini oshirib, mahsulotdan sulfatlarning miqdorini
kamaytirishga erishish kerak.
ZnO ning uncha katta bo‘lmagan qismi pirit FeS₂ va pirrotin FeS ning
oksidlanishidan hosil bo‘lgan Fe2O3 quyidagi reaksiya bo‘yicha ta’sirlashadi:
ZnO + Fe2O3 = ZnO · Fe2O3
Agar aglomerat keyin pirometallurgik usul bilan qayta ishlansa, ya’ni yuqori
haroratda qaytarilsa, ferritlarning hosil bo‘lishi zararli jarayon hisoblanadi.
Gap shundaki, rux ferritlari rux oksidiga o‘xshab oson qaytariladi. Agar kuydirish
mahsuloti ruxga gidrometallurgik usul bilan qayta ishlansa, ya’ni uni sulfat kislotada
eritib, keyin eritmani elektroliz ZnO+H₂SO₄ = ZnSO₄ + H₂O qilib (eritma ustidan
elektr toki o‘tkazib, keyin katedda metall holidagi ruxni cho‘ktirib) ruxni ferratlari
nomaqbul, chunki ular sulfat kislotada erimaydi. Bu holda ZnO · Fe₂O₃ ning miqdori
kuydirish jarayonining haroratini pasaytirib kamaytiriladi. Boyitmada kam
miqdorda ishtirok etuvchi PbS PbO da oksidlanadi va PbO SiO₂ bilan ta’sirlashadi.
Hosil bo‘ladigan qo‘rg‘oshin silikatlari eriydi va sovugandan so‘ng ruxli
algomeratda bog‘lovchi hisoblanadi. Biroz miqdorda rux silikati ham hosil bo‘ladi.
Amalda ruxli aglomerat yirik donali g‘ovak massa holida olinadi, yirik mustahkam
bo‘laklar ham uchraydi. Aglomeratning yirikligi va bo‘lakligi bu yerda unchali rol
o‘ynamaydi, chunki ruxni aglomeratdan qaytarish balandligi yuqori shaxtali
|
|
|