F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə25/52
tarix06.10.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#125866
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
F. R. Abduraxmonov

Individuallashtirishga baho berib bu o‘quvchini individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning ehtiyojlari, qiziqish­lari, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdagi o‘ziga xos usullarda va shakllarda o‘qitish deb tushunmoq kerak. Differensatsiya esa - bu o‘quvchilami ma’lum bir xususiyatlarini hisobga olgan holda gu- ruhlarga ajratib o‘qitish hisoblanadi.
Individualizatsiyani vadifferensiatsiyani o‘zigaxos tarixiham mav­jud. 0‘qitishning individual va differensial tomoni bu D.Dyuining reformistik g‘oyalari bilan bog‘liq.
Kasb o‘rgatishda, malakalami va bilimlami berishda individual yondoshishni ko‘pgina olimlar o‘rganganlar. I.Untning ilmiy ish­larida individualizatsiya bu insonni o‘qitish davomida ma’lum bir xususiyatlami hamma shakllarida hisobga olishni nazarda tut- adi. Differensiatsiya esa o‘quvchilami individual xususiyatlarini hisobga olib va guruhlashtirib ma’lum bir maxsus o‘qitishlarda undan foydalanishni nazarda tutadi. Bu holatda individualizatsiya diffe-rensiatsiyaga nisbatan kengroq tushuniladi.
Keng tarqalgan yondoshishlardan biri bu differensial o‘qitish hisoblanib, bunda o‘quvchining individual xususiyatlarini bir ko‘rinishi sifatida o‘ziga qamrab oladi. Bu holatdagi o‘quv - tar­biyaviy jarayon, ya’ni o‘quvchining individual xususiyatlarini hi­sobga olib o‘qitish - bu differensial yondoshish deb nomlanadi. Bunday o‘qitishni esa differensial o‘qitish deb ataladi.

0‘qitishning bunday holatlarida ichki va tashqi differensiatsi- yani ajratiladi. Ichki differensiatsiya deb oddiy guruhlardagi o‘quvchilarni individual xususiyatlarini o‘qitish davomida hisobga olish nazarda tutiladi. Hamma o‘quvchilar bitta dastur, bitta reja asosida o‘qitiladi, lekin o‘qituvchi individual usullardan, shakllar- dan o‘qitish davomida foydalanadi. Ko'rsatib berilayotgan ram- kadagi ichki differensiatsiyani o‘qitishning individual yondoshishi deb belgilanadi.
Tashqi differensiatsiya - bu o‘quvchilami ma’lum bir bel- gilar, qobiliyatlar, qiziqishlar asosida maxsus tashkil etilganligida ko‘rinadi. Bunday guruhlarda maxsus tuzilgan dastur va o‘quv qo‘llanmalar asosida olib boriladi. Bulami quyidagi sxemada ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.






Kasbga yo‘naltirishda, kasb tanlashda individual va differensial tomonlar.
Differensial o‘qitishning pedagogik - psixologik asoslari. Diffe­rensial o‘qitishning asosida o‘quvchilaming psixologik xususiyat- lari yotadi. Eng awalo o‘qish faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik ja­rayonlar va ulami insondagi aksi yotadi. Bunday xususiyatlar yetarli darajada ko‘p. Boladagi o‘qish faoliyatini rivojlantiruvchi quyidagi tomonlar: aqliy rivojlanganlik darajasi, bunda o‘qishga bo‘lgan inti­lish va o‘zlashtirilgan bilimlar nazarda tutiladi.
Ta’lim olmoq deganda shaxsni intellektual tizimini tushuniladi - bu o‘quvchining o‘quv faoliyatini mahsuldorligini ko‘rsatib beruv- chi aqlning sifatlari bilan bog‘liq jarayondir. Ta’lim olishning dara­jasi va maxsusligi aqlning bir qancha xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bular o‘zlashtirishning tezligi, tafakkuming egiluvchanligi aqlning chuqurligi, fikrlash faoliyatini anglanganligi, aqlning mus- taqilligi va shu kabilardir.
0‘quvchining kasbga yo‘naltirishda, kasb tanlashda individual va differensial tomonlar ulaming psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu sohani esa differensial psixologiya fani o‘rganib boradi.
Ma’lumki insondagi psixologik o‘ziga xoslik uning individual psixologik tomonlari bilan bog ‘ liqdir. Bularga temperamentni, xarak- temi, qobiliyatlami, insonni qiziqishini ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Kasb tanlashda individual va differensial tomonlar shaxsdagi psi­xologik xususiyatlar, ayniqsa uning qiziqishi bilan uzviy bog‘liqdir. Kasb tanlashda differensiatsiya bu o‘quvchilami qobiliyatini, qiziqishini, layoqatini hisobga olish hisoblanadi. Kasb tanlashda in­dividuallashtirish esa o‘quvchining individual xususiyatlarini bar­cha shakl va ko‘rinishlarida hisobga olishdir.
Kasb tanlashda o‘quvchining o‘qishini individuallashtirish o‘quv materiallarini differensiatsiya qilishni hisobga olishni talab qiladi.

Bu jarayonda o‘quv materialning har xil hajm va qiyinligi da- rajasidagi vazifalar tizimini qayta ishlab chiqiladi, guruhlarda o‘qitishni tashkil qilishni tizimi ishlab chiqiladi. Bu jarayonda kasb tanlovchi har bir o‘quvchining individual xususiyatlari hi­sobga olinadi. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, “ichki differensiatsiya” va “individuallashtirish” mohiyati jihati- dan bir xil, mos jarayondir.






Ta’limning hozirgi darajasida har bir insonni ma’lumoti va jamiyatning individual imkoniyatlari bir butun holda strategik resurs hisoblanadi. Shu bo‘layotgan islohotlardan kelib chiqqan hol­da o‘qitishning individual va differensial tomonlariga boshqacha qarashlar ham shakllanib bormoqda. Bunda mehnat bozorining talablaridan kelib chiqqan holda o‘qitishni individuallashtirish va differensiallashtirish shakllanmoqda.
Maktabdagi o‘qitishni individuallashtirish quyidagi tomonlar bi­lan amalga oshiriladi.
Mazmunning variantliligi (turliligi):

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə