F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

liar yer 
yuzasining tuzilishi (substrat), tuproq sharoitlari
gidrologik rejimi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan o‘zaro 
farq qiladi 
va 
shu asosda bir nechta tiplarga ajratiladi (qumoq, gilli, 
sho‘rxok, 
toehloq 
va boshqalar). Cho‘l tiplari qanchalik xilma-xil 
bo‘lmasin, 
ular 
uchun ko‘pincha umumiy ekologik xususiyatlar xos. 
0 ‘zbcki.slonda turli tiplarga mansub bo‘lgan choilar tekislik min- 
taqusidu 
shakllangan 
bo‘lib, ulardagi ekologik sharoitlar, o‘simlik va 
hayvonot 
dunyosi 
o‘zaro o‘xshash boiadi.
29


0 ‘rta Osiyoda Qoraqum, Qizilqum, Muyunqum, Ustyurt, Betpak- 
dala, Orol oldi cho‘llari, Qarshi dashti, Mirzacho‘l va boshqa cho‘llar 
uchraydi (3-jadval).
3-jadval
0 ‘rta Osiyo cho‘llari haqida ma’lumot (R.S.Zokirov, 1980)
Davlatlar
Umumiy
yer
maydoni
(mln.km2)
Cho‘llar maydoni 
(mln.km2)
cho‘llaming
umumiy
maydoni
Shu jumladan
qumli
cho‘llar
gipsli, gilli, 
sho‘rxok va 
boshqa cho‘llar
Turkmaniston
0,488
0,387
0,260
0,127
O‘zbekiston
0,449
0,250
0,107
0,143
Tojikiston
0,143
0,025
0,005
0,020
Qirg‘iziston
0,98
0,070
-
0,070
Qozog‘iston
2,715
0,747
0,246
0,501
Qumli (qumoq) cho‘llar Qoraqum va Qizilqum kabi cho‘llaming 
asosiy qismini egallaydi. Atoqli geobotanik olim M.G.Popov (1958) 
qumli cho‘llami ta’riflar ekan, “Qozog‘iston va 0 ‘rta Osiyoning qumli 
cho‘llari dunyo masshtabida tengi yo‘q tabiat go‘shalaridir”, - degan edi.
Qish mavsumida qumli cho‘llarda qor qoplami deyarli hosil 
bo‘lmaydi, kamdan-kam holda yog‘adigan yupqa qor qoplami sha- 
mollar va relyefdagi o‘ziga xoslik tufayli notekis taqsimlanadi. Bun 
day vaziyatda ayrim mayda sutemizuvchilar, jumladan, qumsichqon 
lar va ingichka barmoqli yumronqoziqlar qishki uyquga ketmaydi. 
Uyquga ketmaydigan bunday turlar yirtqichlar uchun oziqa manbai 
bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli qumli cho‘llarda yashovchi yirt- 
qichlaming soni yil davomida deyarli barqaror saqlanadi.
Boshqa cho‘l tiplariga nisbatan qumli cho‘llarda o‘simliklarning 
tur soni ko‘p va shunga mos ravishda hayvonot dunyosi ham xilma-
30


xil. Bu yerda ayrim daraxt turlarining mavjudligi o‘rmonlarga xos 
bo‘lgan fauna elementlarining (ayrim sudralib yuruvchilar, ola qanot- 
li qizilishton, zag‘izg‘on, Buxoro chittagi, cho‘1 karqunog‘i, saksovul 
chumchug‘i, kurgalak, moyqutlar, tentakqush, ko‘k kurkunak, qo‘1 
qanotlilaming ayrim turlari) uchrashiga sabab boigan.
Qumli cho‘llarda ssink gekkoni, kulrang gekkon, yoi-yo‘1 kaltake 
sakcha, quloqli yumaloqbosh, taroq barmoqli gekkon, qum yumaloq- 
boshi, to‘r-to‘r kaltakesak, kulrang echkemar, ikki dogii to‘rg‘ay, 
cho‘l quzg‘uni, choi qarqunog‘i, taroq barmoqli va paxmoq oyoqli 
qo‘shoyoq, katta qumsichqon, tolay tovushqoni, ingichka barmoqli 
yumronqoziq, shalpangquloq tipratikan kabi turlar keng tarqalgan. 
Ulaming morfologik belgilari va xatti-harakatlari qumli choilarda 
yashashga moslashishiga sabab boigan.
Toshloq choilar 0 ‘rta Osiyoning shimoliy qismidagi tekisliklar- 
da katta maydonni egallaydi. Ular orasida eng yiriklari Betpakdala 
va Ustyurt platolaridir. Toshloq choilarda yeming yuza qismi gips 
kristallari bilan qoplanganligi sababli, gipsli choilar ham deb yuriti 
ladi. Xuddi shunday shag‘alli choilar va qirlar ham toshloq choilar 
tipiga tegishli.
Toshloq choilar yashash muhiti sifatida qumoq va sho‘rxok 
choilardan sezilarli darajada ajralib turadi, ammo gilli choilarga 
o‘xshaydi. Mazkur tipdagi choilar o‘simliklar hayoti uchun bir qator 
noqulayliklarga ega boiganligi sababli, bu yerda o‘simliklar qoplami 
tarkibida daraxtlar uchramaydi va o‘simliklar tarqoq joylashadi.
Umurtqali hayvonlaming tur tarkibi va ulardagi moslanishlar 
toshloq choilardagi hayotiy sharoitlarga (oziq tarkibi, substratning 
qattiqligi) muvofiq ravishda shakllangan. Toshloq choilar boshqa 
choilarga qaraganda ovchilik yuritish uchun qator qulayliklarga 
ega. Betpakdala va Ustyurtda tarqalgan sayg‘oq toshloq choilar 
uchun tipik boigan tur sanaladi. 0 ‘tgan asming ikkinchi yarmida 
Betpakdalada 200-300 ming bosh sayg‘oq ovlangan. Yaqin-yaqin- 
gacha bu joylarda qulonlar ham uchragan va ayni vaqtda esa ular 
Badxizda saqlanib qolgan. Bir paytlar 0 ‘zbekiston, Turkmaniston
31


va Qozog‘iston tekisliklarida jayronlaming yirik podalari uchragan, 
endilikda ulaming soni juda kamaygan. Qo‘shoyoqlar bu tipdagi 
cho‘llarga xos bo‘lib, ulaming o‘nga yaqin turlari uchraydi. Ular zich 
substratli joylami ma’qul ko‘radi. Bu yerda qizil dumli va katta qum 
sichqonlar ham tez-tez uchrab turadi.
Toshloq choilar uchun faqat yerga uya quradigan qushlardan 
oqbovur, qorabovur, kichik to‘rg‘ay, kulrang to‘rg‘ay va yo‘rg‘a 
tuvaloqlar tipik turlar sanaladi. Ulaming ayrimlarida (bulduruqlar, 
tuvaloqlar) orqa barmoqlar yo‘q, tovonlar esa qattiq yerda harakat- 
lanishga moslashgan bo‘ladi. Sudralib yuruvchilardan to‘r-to‘r kal 
takesak, taqir yumaloqboshi, turli rang kaltakesak, dasht agamasi va 
qalqontumshuq ilon tipik turlar sanaladi. Tabiiy boshpanalaming juda 
kamligi sababli, deyarli barcha mayda sutemizuvchilar va sudralib 
yumvchilar uya qazib yashashga moslashishgan.
Sho‘rxok cho‘llarga Borsa-Kelmas cho‘li (Ustyurtda joylash- 
gan bu cho‘l ba’zan “ko‘l” deb ham yuritiladi, maydoni 1 mln.ga 
atrofida), Qoraqumdagi Sariqamish botig‘idagi sho‘rxoklar, Aydar 
sho‘rxogi, Baland Sor sho‘rxogi, Ming buloq, Og‘itma, Karrak ota 
sho‘rxoklari va Qizilqumda tarqoq joylashgan sho‘rxoklami kiritish 
mumkin. Xuddi shunday sho‘rxoklar ko‘llaming qurib qolgan qismi­
da ham uchraydi.
Sho‘rxok cho‘llaming hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni juda 
kam bo‘lib, tipik turlarga sariq yoqa, suvtorg‘oq, sho‘rxok to‘rg‘ayi, 
jiqtoqlar kiradi. Hayoti butunlay sho‘rxok cho‘l tipi bilan bog‘liq 
bo‘lgan sutemizuvchi va sudralib yuruvchi hayvon turlari deyarli 
yo‘q. Bahor oylarida sho‘rxoklarga suvning yig‘ilishi hisobiga hayoti 
suv bilan bog‘liq bo‘lgan katta qiziloyoq, jiqtoq, suvtarg‘oq kabi qush 
turlarining uchrashiga imkon yaratiladi.
Orol dengizining qurigan tubida shakllangan Orolqumni ham 
sho‘rxok cho‘l tipiga kiritish mumkin. 1960-yillarda Orol den 
gizining maydoni 68,9 ming kvadrad kilometr, suv hajmi esa 1083 
kilometr kub bo‘lgan. 0 ‘sha davrda uning bioxilma-xilligi va mah 
suldorligi yuqori bo‘lgan va har yili 30 ming tonna baliq ovlangan.
32


Orol dengizida 20 turga mansub baliqlar yashagan bo‘Isa, Orol oldi 
havzalarida esa 38 tur baliqlar uchragan. Endilikda qurigan dengiz 
ostidagi tuz va qumdan iborat maydoni 5 million gektarga yetadigan 
Orolqum deb nomlanuvchi cho‘1 shakllangan. Ma’lumotlarga qara 
ganda, Orolqumdan ko‘tarilgan tuz va chang bo‘ronining ta’sir etish 
radiusi 300 kilometrga yetadi. Bu, o‘z navbatida, 0 ‘zbekistonning ta 
biatiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gilli choilar (efimer choilar) Badxizda, Qashqadaryoda (Qarshi 
dashti), Sirdaryoning ikkala sohilida (Dalvarzintepa va Mirzacho‘1 
dashti) va Qoratog‘ning janubiy etagida joylashgan. Relyefi turli- 
tuman, yer usti suvlari boshqa tipdagi choilarga nisbatan ko‘p. Gilli 
choilar cho‘zilgan uzun polosalar shaklida boiib, ayrim joylarda 
uzilgan holatni egallaydi.
Ekologik sharoitlari toshloq choilarga o‘xshab ketadi. Yer yuzasi 
ancha qattiq, yurish va yugurish uchun yaxshi tayanch b o ia oladi. Tabi 
iy boshpanalar deyarli yo‘qligi sababli hayvonlar uya qazishga majbur 
boiadi. Yoginlar ko‘p boigan yillarda gilli choilarda o‘simliklar qop­
lami yaxshi rivojlanadi va o‘tloqqa o‘xshash qiyofa kasb etadi. Bu ho 
lat o‘simlikxo‘r hayvonlaming oziqlanishi uchun qulaylik yaratadi.
Gilli choilaming hayvonot dunyosi toshloq choilarga o‘xshab 
ketadi. Chunki bu ikkala tipga xos choilar bir-birlariga yaqin joylash 
ganligi sababli o‘xshash sharoitlarga ega. Tuyoqlilardan jayron gilli 
choilar uchun asosiy tipik turlardan sanaladi. Badxizda hanuzgacha 
qulon saqlanib qolgan. Bu yerda katta va kichik qo‘shoyoqlar, se 
versov qo‘shoyog‘i, qizilqum qumsichqoni, zamdniy qumsichqoni, 
afg‘on dala sichqoni, ko‘rsichqon, sariq yumronqoziq va shu kabi 
boshqa turlar uchraydi. Ikki dogii, dasht va hind to‘rg‘aylari, buldu 
fuqlar, tuvaloqlar va tumalar ham uchrab turadi.
Sudralib yumvchilardan eng xarakterlisi dasht toshbaqasidir. Gilli 
choilarda ildam kaltakesakcha, turli rang kaltakesakcha, dasht aga 
masi, taqir yumaloqboshi, uzunoyoqli ssink, turli rang, ko‘ndalang 
yo ili va yo‘l-yo‘1 chiporilonlar, qum bo‘g‘ma iloni, o‘q ilon va 
boshqa cho‘1 tiplariga xos boigan turlar uchraydi.
33


Ma’lumki, cho‘l landshafti o‘zining qadimiyligi bilan boshqa 
landshaftlardan ajralib turadi. Bunday xususiyat cho‘l landshafti- 
ning juda qisqa vaqt ichida turli antropogen omillar ta’sirida tub 
dan o‘zgarishiga va qayta tiklanishi uchun juda uzoq muddat ta 
lab qilishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, cho‘l mintaqasini o‘zlashtirish 
maqsadida suv chiqarish (Qoraqum, Amu-Buxoro mashina kanallari) 
voha va ko‘llaming shakllanishiga, natijada, cho‘l hayvonlari hamda 
o‘simliklarining areali va soni qisqarishiga, ayrim turlaming hududni 
tark etishiga sabab bo‘lmoqda. Cho‘llar o‘mida vohalar, turli aholi 
yashash punklari, jumladan, shaharlaming (Zarafshon, Uchquduq) 
qad ko‘tarishi, nafaqat ular joylashgan maydon, balki ular atrofidagi 
tabiiy cho‘l mintaqasining tarkibida turli yo‘nalishdagi, masshtab 
dagi o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda (Mirzacho‘l, Qar­
shi dashti, Qizilqum). Mazkur jarayonlar cho‘lga xos tipik hayvon 
va o‘simlik turlari o‘miga sinantrop turlaming kirib kelishiga sabab 
bo‘lmoqda (kulrang kalamush, qumri, qishloq qaldirg‘ochi, mayna va 
boshq.).
Cho‘llar uzoq yillar mobaynida asosan chorvachilik yuritish 
maqsadida foydalanilgan bo‘Isa, endilikda turli foydali qazilma- 
lami qazib olishda, saksovul, juzg‘un, yulg‘un kabi o‘simliklardan 
yoqilg‘i, yantoq, shuvoq, silen, singren kabi oziqbob o‘simliklardan 
oziqa va boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda. Bunday vaziyat cho‘l 
ekotizimlari barqarorligining buzilishiga va natijada bioxilma-xilligi- 
ning pasayishiga olib kelmoqda.

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə