F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

1-rasm. Cho

hayvonlarining yuqori haroratga moslashish xususi­
yatlari: 1 - sudralib yuruvchilar; 2 - kemiruvchilar; 3 -yirtqichlar.
Bu kabi moslanishlar tanadagi ortiqcha issiqlikni ajratishga qa 
ratilgan boiib, yirik sutemizuvchilar, masalan, antilopalarda bunday 
hodisa terlash va nafas olishning tezlashuvi orqali yuz beradi va maz 
kur fiziologik holatlaming tezlashuvi suvni bug‘latib tananing sovishiga 
olib keladi. Qushlar va ko‘pgina sudralib yuruvchilar og‘izlami keng 
ochish va tez-tez nafas olish orqali suvni ko‘proq bug‘latishga erisha 
di. Jazirama issiq sharoitda yashovchi aksariyat sutemizuvchilaming 
quloqlari katta, oyoqlari esa uzun boiadi. Bu qonuniyat Allen qoida 
sida o‘z ifodasini topgan, ya’ni nisbatan issiq hududlarda yashovchi 
hayvonlarda tananing bo‘rtib chiqqan qismlari, jumladan, quloqlar, 
dum va oyoqlar sovuq hududda yashovchi hayvonlarga qaraganda 
katta va uzun boiadi. Masalan, кар tovushqoni, fenek tulkisi va pa- 
kana tulki kabi turlaming quloqlari ancha katta boiib, ular “sovitish 
tizimi” 
rolini bajaradi.
37


Umurtqali hayvonlaming ba’zi bir turlari issiqlikka juda chidamli 
bo‘ladi, jumladan, kaltakesaklar uchun yuqori kritik harorat 40-^5 °C 
bo‘lsa, ilonlar uchun 38-42°C, qushlar uchun 43-46°C va sutemizuv- 
chilar uchun esa 39-44°С da tebranadi. Yuqori harorat ayrim turlam- 
ing yer ostida yozgi uyquga ketishiga sabab boisa, boshqalarining 
turli yoriqlarda, buta va daraxtlarning ustida boshpana topishiga 
olib keladi. Hasharotlar esa yozni tuxum yoki g‘umbak bosqichida 
o‘tkazishga moslashganligi sababli, noqulay sharoitdan himoyalanadi. 
Bunday moslashish tuxum va g‘umbakning lichinka yoki voyaga yet 
gan hasharotga nisbatan issiqlikka chidamliligi bilan tushuntiriladi.
Amerikada yashovchi kurakoyoqli amfibiyalar (Scaphiopus) 
qurg'oqchilik davrida (8-9 oy) orqa oyoqlari bilan yerai kovlaydi va 
yer ostida uyquga ketadi. Ulardan ajralib chiqadigan shilimshiq mod 
da yer ostidagi kameraning devorini namlaydi hamda qurg‘oqchil sha 
roitda yashab qolishga imkon beradi. Yozgi uyqudan uyg‘ongan am 
fibiyalar qisqa muddatda hosil bo‘lgan havzalarga tuxum qo‘yishadi. 
Otalangan tuxumdan ikki kun ichida itbaliqlar chiqadi, bir hafta ichida 
ular jadal о‘sib rivojlanadi va qisqa vaqt ichida kichik, mustaqil uya 
qaza oladigan baqachalarga aylanadi. Butun rivojlanish davri jami bir 
oy muddatni egallaydi.
Ko‘pchilik sudralib yuruvchilar o‘tkir quyosh nuridan himoyala- 
nish maqsadida qumga ko‘milib olishadi (urchuqsimon ssink, qum 
bo‘g‘ma iloni, oddiy ssink). 0 ‘rta Osiyoda uchraydigan aksariyat 
sudralib yuruvchilar issiqlik va quyoshning o‘tkir nurlaridan himoya- 
lanish uchun sutemizuvchi hayvonlaming uyalaridan boshpana 
qidirsa, o‘qilon, dasht agamasi kabi turlar buta va past daraxtlar ustiga 
chiqib oladi.
Cho‘1 hayvonlarining o‘ziga xos oyoq panjalari ham 
ulaming
qumli cho‘llarda tez va yengil harakatlanishini ta’minlashga xizmat 
qiladi.
Cho‘llarda turlar soni juda kam va zichligi past ko‘rsatkichga ega 
bo‘lishiga qaramay, umurtqalilardan - sudralib yuruvchilar, qush 
lar va sutemizuvchilar, hasharotlardan - sakrovchi to‘g‘riqanotlilar,
38


qo‘ng‘izlar, chumolilar, o‘rgimchaksimonlardan - chayonlar, falan 
galar va boshqalar nisbatan keng tarqalgan.
0 ‘simliklar qoplamida yarustlilikning deyarli yo‘qligi sababli, 
hayvonlar asosan yer ustida va ba’zan yer ostida hayot kechirishadi. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, qiyosiy tahlil qilinganda, Mustaqil dav 
latlar hamdo‘stligi hududida joylashgan cho‘llar faunasining tur soni 
dashtlar faunasiga qaraganda ancha ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Cho‘l ekotizimlari qadimiyligi sababli, bu yerda endemik turlar va 
avlodlar ko‘p (Orol baqra balig‘i, Turkiston agamasi, xo‘jasavdogar, 
ingichka barmoqli qo‘shoyoq va boshq.). Cho‘llaming antropogen 
omillarga juda beriluvchanligi ulardagi faunaning qisqa muddatda 
boy berib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Cho‘llarda dashtlarga qaraganda migratsiya jarayoni nisbatan 
kuchsiz namoyon bo‘ladi va bunday migratsiyalar asosan qushlar 
olamida kuzatiladi. Ulaming ayrim turlari yilning noqulay davrlarida 
cho‘l chegarasidan tashqariga migratsiya qiladi.
Cho‘llarda, ayniqsa, bahor faslida hayvonot dunyosining 
ko‘payishi, oziqlanishi, oziqa va energiya jamg‘arishi kabi hayo 
tiy faoliyatlar jadallashadi. Ko‘pgina cho‘l hayvonlari uchun tungi 
faollik xarakterli bo‘lib, bu holat ayniqsa, yoz oylarida haroratning 
maksimal darajani egallashi tufayli sodir bo‘ladi. Hayvonlar kunduz 
kunlari soya-salqin joylardagi boshpanalarga kirib, issiqdan himoya- 
lanishadi. Ayniqsa, oziqlanish, suv qidirish bilan bog‘liq faollik 
ulaming chaqqon harakatlarida yaqqol seziladi. Bunday harakatlar 
hayvonlaming issiqdan hamda ochiq maydonlarda dushmandan hi 
moyalanishiga ancha qulayliklar tug‘diradi (qo‘shoyoqlar, ingichka 
barmoqli yumronqoziq, kaltakesaklar, qulon, jayron, bulduruq).
Cho‘lda o‘simliklarning siyrakligi va relyefning nisbatan tekisligi 

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə