F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


Zoogeografiyaning predmeti, maqsadi, vazifalari va



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Zoogeografiyaning predmeti, maqsadi, vazifalari va
rivojlanish tarixi
Zoogeografiya grekcha zoon - hayvon, ge - yer, grapho - yozaman, 
ya’ni yer yuzida hayvonot dunyosining qadimda va hozirgi vaqtda 
geografik tarqalishini hamda bu tarqalishning umumiy qonuniyat- 
larini o‘rganuvchi fan degan ma’noni anglatadi. Zoogeografiyaning 
asosiy o‘rganish obyekti fauna hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu 
fan hayvonlaming areallarini ham o‘rganadi. Fauna va arealga oid 
tadqiqotlar zoogeografiyaning biologik fanlar tizimi, ayniqsa, zo- 
ologiya bilan uzviy aloqada rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Zoogeografiyaning maqsadi faunaning tabiiy va antropogen omil­
lar ta’sirida o‘zgarishining barcha sabablari hamda yo‘nalishlarini 
o‘rganishdan iborat. Shunga bog‘liq holda zoogeografiya o‘z oldiga 
quyidagi vazifalami qo‘yadi: muayyan turlaming populatsiyalari to 
monidan egallangan areallami - yer sharining zoogeografik oblastla- 
rini o‘rganish; hayvonlaming geografik tarqalish xususiyatlarini bel- 
gilovchi sabablarni aniqlash; tabiiy va antropogen omillar ta’siri os 
tida faunaning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish; yaqin kelajakda 
hayvonot dunyosining insonga ma’qul bo‘lmagan tomonga o‘zgarishi 
kabi holatlaming oldini olish maqsadida uni bashoratlash.
Ayni vaqtda zoogeografiya ko‘pgina boshqa tabiiy fanlar bilan 
hamkorlikda ushbu vazifalami muvaffaqiyatli hal etmoqda.
Zoogeografiyani registratsion (ro‘yxatga olish), solishtirma va 
kauzal zoogeografiya kabi bo‘limlarga ajratish qabul qilingan. Regis­
tratsion zoogeografiya imkon darajasida muayyan zoogeografik maj- 
mua tarkibidagi barcha turlami ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi. 
Faunistik majmua tarkibidagi barcha turlar ro‘yxatga olinganda zoo 
geografik ma’lumotlar to‘liq va ahamiyatli bo‘ladi. Solishtirma zoo- 
geografiyada turlar ro‘yxati aniqlangandan so‘ng, bir faunaning tur 
tarkibi qo‘shni yoki birmuncha uzoqda joylashgan boshqa faunaning 
tur tarkibi bilan solishtiriladi. Buning natijasida har bir faunaga xos 
bo‘lgan xususiyatlami, ya’ni faunaning yoshi, uning o‘tmishda va
4


hozirda boshqa faunalar bilan aloqasini aniqlash imkoniyatlari yara 
tiladi. Muayyan hududning u yoki bu faunistik majmua bilan egal 
lanishiga sabab bo‘luvchi muhit omillarini kauzal (lot.sausa-sabab) 
zoogeografiya o‘rganadi. Bunday omillarga iqlimiy sharoitlar, relyef, 
o‘simliklarning tiplari va boshqalami misol qilish mumkin. Hayvo 
not dunyosiga ta’sir etuvchi omillami kauzal zoogeografiyaning hay­
vonlami tarqalishiga muhitning ta’sirini tekshimvchi bo‘limi, ya’ni 
ekologik zoogeografiya о‘rganadi. Hayvonot dunyosining tarqalishi­
ga sabab bo‘lgan barcha omillami hozirda mavjud bo‘lgan sharoitlar 
bilan tushuntirish juda qiyin. Chunki faunaning shakllanishi va rivoj- 
lanishi uzoq muddatni talab etadi. Kauzal zoogeografiyaning bo‘limi 
sanalgan tarixiy yoki genetik zoogeografiya o‘tmishda hayvonlaming 
tarqalishiga sabab bo‘lgan omillami tushuntirish bilan shug‘ullanadi. 
0 ‘tmishdagi bunday sabablarga materiklaming o‘zaro bog‘liqlik 
darajalarini, iqlimiy xususiyatlami va o‘simliklar qoplamining 
o‘zgarishini va boshqalami misol qilish mumkin.
Zoogeografiya fani o‘z oldida turgan vazifalami bajarishga ixtisos- 
lashgan bir necha yo‘nalishlarga ajratiladi. Shunday yo‘nalishlardan 
biri zoogeografik tadqiqot yo‘nalishidir. Zoogeografik tadqiqot 
yo‘nalishining bir nechta turlari farq qilinadi. Jumladan, areallarning 
tiplari, ulaming tarkibi va paydo bo‘lishini - arealografiya, faunaning 
tur tarkibini qiyosiy jihatdan baholashni - faunistika, alohida siste 
matik birliklaming (tur, avlod, oila, turkum va boshqalar) tarqalishini -
geografik zoologiya, landshaftdagi barcha hayvon majmualarini - geo- 
zoologiya, hayvonlaming tarqalishiga muhitning ta’sirini tekshirishni 
ekologik zoogeografiya yo‘nalishlari о‘rganadi.
Zoogeografiya yo‘nalishlaridan yana biri rivojlanish yo‘nalishidir. 
Zoogeografiyaning rivojlanish yo‘nalishlarini quyidagi turlari 
farq qilinadi: kelajakda alohida turlar va yirik taksonlar arealini 
o‘rganishni yana davom ettirish; hayvonlar gumhining geografiya- 
sini o‘rganish, ya’ni alohida hududda muayyan hayvon jamoalari- 
ning mavjudligi va paydo bo‘lish qonuniyatlarini, bu jamoaning tur 
tarkibi, soni va undagi organizmlar massasining o‘zgarishiga olib
5


keluvchi sabablami o‘rganish; kelajakda faunistik majmualaming 
hududiy taqsimlanishini aniqlash, ularning shakllanish yo‘llari va 
sabablarini, dinamikasini, ichki tuzilishini, tarkibidagi o‘zgarishlami 
va insonning ta’sirini o‘rganish; hayvonlar va landshaftning o‘zaro 
munosabatlarini o‘rganish.
Zoogeografiya o‘z oldiga qo‘ygan vazifalami bajarishda boshqa 
fanlaming yutuqlari va tadqiqot uslublaridan ham foydalanadi. Hay 
vonlar sistematikasining yutuqlari zoogeografiya rivojlanishida 
muhim o‘rin tutadi. 1936-yilda atoqli olim V.G. Geptner “sistemati- 
kasiz zoogeografiya ham bo‘lishi mumkin emas” deb ta’kidlagan edi. 
Xuddi shunday, mikroevolutsion jarayonlami o‘rganish zoogeografik 
g‘oyalami tushunish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Shu asosda 
zoogeografiya evolutsion nazariyaning ma’lumotlari va g‘oyalaridan 
foydalanadi. 0 ‘tmishda hayvonlaming yer yuzida tarqalishini 
aniqlashda eng qulay asos bo‘lib xizmat qiladigan paleozoologiya va 
o‘simliklar geografiyasi (fitogeografiya) kabi sohalar zoogeografiya­
ning taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.
0 ‘simliklar geografiyasi va zoogeografiya yaxlit fan sanalgan 
biogeografiyaning o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan qismlaridir. 
0 ‘simlik va hayvonlaming tarqalishi deyarli bir xil omillar ishtirokida 
amalga oshadi, ulaming evolutsiyasi bir xil qonunlarga bo‘ysunadi.
Ayni vaqtda zoogeografiya ekologiya, iqlimshunoslik, landshaft- 
shunoslik, geologiya, paleogeografiya, tarixiy geologiya, paleoiqlim- 
shunoslik, tarix, arxeologiya va boshqa fanlar bilan uzviy aloqada 
rivojlanmoqda.
Zoogeografiya nisbatan yosh fan bo‘lishiga qaramasdan, undagi 
ma’lumotlar muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Zoogeografi­
ya hayvonot dunyosining yer yuzida tarqalishi to‘g‘risida tushun 
cha hosil qilish, turli faunalar o‘rtasidagi o‘zaro farqlaming sababi 
ni aniqlash, o‘tmishda hayvonlaming kelib chiqish markazlaridan 
tarqalishini boshqargan va boshqarayotgan qonuniyatlami ochib 
berish kabi nazariy ahamiyatga ega. Zoogeografiyaning amaliy aha- 
miyati ovchilik xo‘jaligini va dengiz baliqchiligini yuritish, qishloq


va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash chora-tadbirla- 
rini ishlab chiqish, hayvonlaming sonini boshqarish va ulami iqlim­
lashtirish, tabiatni muhofaza qilish, turlaming kelajakdagi taqdirini 
oldindan aytib berish (bashoratlash), tibbiyot va boshqa sohalarda 
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Zoogeografiya biogeografiyaning ajralmas qismi bo‘lib, fan si­
fatida XIX asrda shakllandi. Ammo zoogeografiya sohasiga tegish­
li bo‘lgan turli mazmundagi fikrlaming paydo bo‘lishi ancha ilgari 
boshlangan. Zoogeografiyaning rivojlanish tarixini olimlar turli davr- 
larga bo‘ladilar. Jumladan, biolog va zoogeograf olim M.A.Menzbir 
(1882) birinchi bo‘lib, zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to‘rtta, 
amerikalik biogeograf L.Styuart (1957) esa uchta davrga ajratishni 
taklif etishgan. Ayni vaqtda zoogeografiyaning rivojlanish tarixi va 
uni davrlarga bo‘linishini oydinlashtirishda ko‘pincha biogeograf 
olimlardan A.G.Voronov (1963) va G.V.Naumov (1969)ning ishla- 
riga tayaniladi. Ular zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to‘rtta 
davrga bo‘lib o‘rganishni taklif etishgan. Mazkur davrlar zoogeo 
grafiyaning rivojlanish yo‘nalishlariga mos keladi. Har bir davrda 
turli yo‘nalishlarga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshi­
rilgan.
1777-yil nemis olimi E.Simmerman o‘zining “Specimen zoo 
logiae geographicae” (“Zoologik geografiya mutaxassisi”) nomli 
kitobini chop etdi. Unda hayvonlar migratsiyasi to‘g‘risida bir qa 
tor ma’lumotlar bayon etilgan hamda birinchi bo‘lib “zoogeografi­
ya” va “geografik zoologiya” terminlari qo‘llanilgan. Shu sababli 
E.Simmermanni zoogeografiya fanining asoschisi sifatida e’tirof 
etishgan. Tabiatshunos olim Ch. Darvinning “Turlaming paydo 
bo‘lishi” (1859) asari tadqiqotchilaming hayvonlar geografiyasiga 
bo‘lgan qiziqishlarini ortishida muhum o‘rin tutgan. Zoogeografiya­
ning rivojlanishida angliyalik tadqiqotchi F.Skleeteming (1858) xiz- 
mati alohida ahamiyatga ega. Angliyalik olim A.R.Uollesning (1876) 
“Hayvonlaming geografik tarqalishi” asari evolutsion zoogeografi­
yaning rivojlanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
7


Zoogeografiyaning fan sifatida shakllanishida R.Lidekker, 
P.S.Pallas, A.Vagner, N.A.Seversov, A.F.Middendorf, E.A.Eversman, 
YU.I.Semashko, 
G.I.Radde, 
B.K.Nikolskiy, 
N.A.Bobrinskiy, 
V.G.Geptner, YA.A.Birshteyn, I.I.Puzanov, F.Darlington va boshqa 
olimlaming xizmatlari katta.

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə