F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


-jadval Yer yuzasida ayrim hayvon guruhlarining



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

2-jadval
Yer yuzasida ayrim hayvon guruhlarining
tarqalish muddatlari
Hayvon guruhlari
Yer yuzini to‘liq egallashi uchun 
zarur bo‘lgan muddat
Infuzoriyalar
10-143 kun
Hasharotlar
203-392 kun
Baliqlar
4-12-yil
Qushlar (tovuqsimonlar)
15-18-yil
Sutemizuvchilar
Kalamushlar
8 yil
Xonaki cho‘chqa *
8 yil
Yowoyi cho‘chqa
56-yil
Hind fili
1000-yil
Ko‘pgina omillar hayvonot dunyosining yer yuzini to‘liq egal 
lashiga, ya’ni tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Organizmga ta’sir etishi 
ga ko‘ra, barcha ekologik omillar cheklovchi xususiyatga ega. Bun 
da omil yoki uning ta’sir etish miqdori organizmning tarqalishiga 
to‘sqinlik qiladi. Dengiz suvida tuz miqdorining ortiqcha bo‘lishi bu 
yerda chuchuk suv baliqlari, suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
va boshqa ayrim turlaming tarqalishini cheklaydi. Se-se pashshasi 
tomonidan yuqtiriladigan triponosomalar keltirib chiqaradigan uyqu 
kasalligi Afrikaning ekvatorial qismida yirik shoxli mollaming, ot 
laming, tuyalaming va boshqa ayrim hayvon turlarining tarqalishiga
13


to‘sqinlik qiladi. Bu kabi misollami tabiatda ko‘plab uchratish mum 
kin. Xuddi shunday cheklovchi xususiyatga ega bo‘lgan turli abiotik 
va biotik omillar organizmlarning tarqalishiga u yoki bu ko‘rinishda 
ta’sir etadi.
1.2. Dengiz va okeanlarda hayvonlaming tarqalishi
Dengiz va okeanlar yer yuzasining 71% maydonini egallaydi. Ha 
sharotlarni hisobga olmaganda, 160 ming turdagi hayvonlar dengiz va 
okeanlarda yashasa, 90 ming turdagi hayvonlar quruqlikda yashaydi.
Dengiz va okeanlarda million yillardan buyon yashayotgan va 
morfologik xususiyatlari nisbatan juda kam o‘zgargan hayvon turlari 
uchraydi. Bu holat suv muhitida quruqlikka nisbatan evolutsion ja 
rayonlaming juda sekin kechganligidan dalolat beradi.
Dengiz va okeanlarda organizmlarning tarqalishi, xilma-xilligi 
hamda maydon birligidagi soni qator ekologik omillarga bog‘liq. 
Bunday omillar jumlasiga suvning chuqurligi, oqim, bosim, quyosh 
nurlarining suv qatlamlariga yetib borishi, suvning harorati, gaz ham 
da erigan tuzlar tarkibi va miqdori kabilami kiritish mumkin.
Dengiz va okeanlami klassifikatsiyalashga turli olimlar turlicha 
yondashadi. Suvning substrat (suv tubi yoki qirg‘oq) bilan bog‘liq 
yoki bog‘liq emasligiga ko‘ra, dengiz va okeanlarda ikkita asosiy bio 
toplar guruhi farq qilinadi. Suvning substrat bilan bog‘liq boimagan 
ochiq qismi pelagial deb yuritilsa, uning substrat bilan bog‘liq bo igan 
qirg‘oq qismi yoki tubi bental deb ataladi.
Pelagial vertikal bo‘ylab yuqoridan pastga tomon epipelagial, 
batipelagial va abissopelagial biotoplariga bo‘linadi. Pelagialda ya­
shovchi organizmlar hayot siklining barcha davrlarida passiv yoki 
aktiv harakatlanish xususiyatiga ega bo'ladi. Maxsus harakatlanish 
organlariga ega bo‘lgan va aktiv harakatlanuvchi organizmlar nek 
ton deyiladi (baliqlar, kitsimonlar, yirik boshoyoqli mollyuskalar 
va boshqalar) va ular juda keng tarqaladi. Passiv harakatlanish xu­
susiyatiga ega bo‘lgan organizmlar plankton deyiladi va ulaming
14


ko‘pchiligi asosan vertikal holda juda sekin harakatlanish xususiyati 
ga ega bo‘ladi. Plankton organizmlaming harakati to‘liq suv oqimiga 
bog'liq bo‘ladi (qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar). Pleystonlar esa 
o‘rtacha va yirik o‘lchamga ega bo‘lgan, suvning yuzasida suzib yura 
digan (sifonoforalar) organizmlar bo‘lib, ulaming tanasi bir vaqtning 
o‘zida ham suv, ham havo muhitida joylashadi. Neystonlar mayda 
va o‘rtacha kattalikdagi organizmlar bo‘lib, suvning yuzidagi parda 
ga ustki va ostki tomondan yopishib olgan holda yashaydi. Shunga 
ko‘ra, ular epineyston va giponeystonlargabo‘linadi. Epineystonlarga 
infuzoriyalar, dengiz suv kesarlari, giponeystonlarga esa qisqichbaqa 
simonlar, ayrim mollyuskalar va chuvalchanglar, ninatanlilar, ba’zi 
baliqlaming tuxumlari, lichinkalari hamda yosh individlarini misol 
qilish mumkin. Giponeyston dunyo okeani hayotida muhim ahami­
yatga ega bo‘lib, gidrobiolog olim YU.P.Zaysev (1970) giponeyston- 
lami “dengiz inkubatorlari” deb atagan. Ular suv yuzasining 0-5 sm 
qalinlikdagi qatlamida joylashadi. Neystonning turlar xilma-xilligi 
tropik hudud suvlarida juda yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi.
Bental vertikal yo‘nalishda yuqoridan pastga tomon litoral, batial 
va abissal biotoplarga bo‘linadi. Litoral va abissal orasida deyarli 
chegara yo‘q va bu oraliq o‘tkinchi mintaqa batial deb yuritiladi. 
Litoral havzaning qirg‘oq qismini egallaydi va qirg‘oq yonbag‘rining 
tuzilishiga ko‘ra uning chuqurligi turli havzalarda turlicha bo‘ladi. 
Dengiz va okeanlaming litoral qismi dunyo okeanining atigi 7,5% ini 
tashkil qilishiga qaramasdan, bu mintaqada hayvonot dunyosining tur 
soni juda ко ‘p bo ‘ladi. Bunday holat yashash muhitining turli-tuman- 
ligi (tuproq tarkibi, suvosti o‘simliklarining xilma-xilligi va boshqa­
lar) bilan tushuntiriladi. Abissal suv havzasining ostki qismini va 
unga tegishli bo‘lgan suvlikni o‘z ichiga oladi. Abissal biotop doimiy 
qorong‘ilik, o‘zgarmas past harorat, kuchsiz oqim, yuqori darajadagi 
sho‘rlanish, yumshoq grant, yuqori bosim kabi qator xususiyatlari bi 
lan ajralib turadi. Bu yerda shakllangan o‘ziga xos deyarli o‘zgarmas 
muhit, hayvonlaming oziqlanishi uchun noqulaylik yaratadi. Oziqa 
manbai sifatida asosan detrit, ya’ni suv tubiga tushadigan organizm
15


qoldiqlaridan foydalaniladi. Shu sababli abissalning hayvonot dun­
yosi tarkibida turlar soni kam bo‘ladi. Bu mintaqada asosan ninatan 
lilar, aktiniyalar, chuvalchanglar, mollyuskalar, bulutlar, krablar va 
dengiz o‘rgimchaklari, ya’ni pantopodlar keng tarqalgan. Ulaming 
ko‘pchiligi doimiy qorong‘ilikda yashaganligi tufayli ko‘rish qobili 
yatini yo‘qotgan, boshqalari esa juda kuchsiz yomg‘likni ham sezuv- 
chi yirik ko‘zlarga yoki maxsus yorug‘likni sezuvchi a’zolarga ega. 
Muhit sharoitining deyarli o‘zgarmasligi bu joyda qadimiy turlar- 
ning saqlanib qolishiga ham sabab boigan. Bunday turlarga dengiz 
nilufarlari, ximer balig‘i va boshqalami kiritish mumkin. Abissaldagi 
hayot bentos organizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Dengiz va okeanlarda 16000 turdagi baliqlar, 80000 tur mollyus­
kalar, 20000 tur qisqichbaqasimonlar, 9000 tur bo‘shliqichlilar, aso­
san radiolyariya va foraminiferalardan iborat 15000 turdagi bir hujay 
ralilar va boshqa qator turlar uchraydi. Umurtqalilardan baliqlar bilan 
bir qatorda toshbaqalar, ilonlar, kitsimonlar va kurakoyoqlilardan 
iborat yuzdan ortiq sutemizuvchilaming turlari yashaydi. Pingvinlar, 
bo‘ronqushlar va baliqchilar kabi 241 turdagi suv qushlarining hayoti 
dengiz va okeanlar bilan bog ‘ liq.
Dengiz va okeanlarda biomassaning taqsimlanishi qit’alarga qara 
ganda bir qadar tekis kechadi va asosiy biomassa subarktika va shi 
moliy mo‘tadil mintaqaga to‘g‘ri keladi. Mazkur mintaqalar dunyoda 
ovlanadigan baliqlaming 2/3 qismini yetkazib beradi. Nisbatan kam 
biomassa esa shimoliy va janubiy yarim shaming tropik mintaqasida 
qayd etiladi. Antarktikaning yuza suvlarida qisqichbaqasimonlaming 
(krill ar) biomassasi lm 2 da 10-15 kg ni tashkil etadi.
Shimoliy va janubiy yarim sharlarda joylashgan barcha geografik 
mintaqalar bir-biriga mos keladi hamda barcha dengiz va okeanlar 
uchun xosdir. Mintaqalarga ajratishda issiqlik miqdori, bug‘lanish, 
sho‘rlanish, shamol va dengiz oqimlari, suvning biologik va geokim- 
yoviy xususiyatlari e’tiborga olinadi va shunga mos ravishda hayvo 
not dunyosining tur tarkibi va biomassasi har bir mintaqada o‘ziga 
xosdir.
16


Ayni vaqtda okeanlaming biologik resurslari taxminan 100-150 
mln. tonnaga teng deb baholanmoqda. Ushbu resurslar orasida bio 
massasi bo‘yicha baliqlar birinchi o‘rinni egallaydi (85%), kitlar va 
kurakoyoqlilar 6% ni, qisqichbaqalar, suvo‘tlari va boshqalar birga 
likda 9% ni tashkil etadi. Baliqlardan ayniqsa, anchouslar, seldsi 
monlar, treskasimonlar, skumbriyasimonlar, kambalalar, stavridalar 
va tuneslar mahsuldor sanaladi. Baliqlaming 86%i qirg‘oq mintaqasi- 
dan ovlanadi. Atlantika okeani baliq mahsuldorligi bo‘yicha birinchi 
o‘rinni egallaydi.
Dunyo okeanini o‘zlashtirish va uning biologik resurslarini boyi- 
tish yangi hamda istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, bu yo‘nalish marikultura 
deb yuritiladi. Marikultura ov ahamiyatiga ega bo‘lgan dengiz orga 
nizmlarini o‘stirish va ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə