Organizmlarning tarqalishi usullari va tarqalishining to’sqinliklari Reja



Yüklə 45,53 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü45,53 Kb.

Aim.uz

Organizmlarning tarqalishi usullari va tarqalishining to’sqinliklari

Reja:

  1. Organizmlarni (o’simlik va ќayvonot dunyosini) yer yuzasining ќozirgi davr tarqalishini tarkib topishi

  2. Organizmlarni avtoxor tarqalishi

  3. Organizmlarni alloxor tarqalishi

  4. Organizmlarni tarqalishini to’sqinliklari

Tayanch iboralar:

  1. Organizmlarni baroxor tarqalishi;

  2. Organizmlarni anetoxor tarqalishi;

  3. Organizmlarni gidroxor tarqalishi;

  4. Organizmlarni zooxor (endozooxor, epizooxor) tarqalishi;

  5. Organizmlarni antropoxor tarqalishi;

  6. Organizmlarni tarqalishiga to’siqlik;

  7. Organizmlarni tarqalishiga ta’sir qiladigan mexanik to’siqlar;

  8. Organizmlarni tarqalishiga to’siqlik qiladigan iqlimiy to’siqlar.

O’simliklar vaќayvonot dunyosining yer sharigatarqalishi. Tarqalishining to’sqinliklari. Biosenozlarni tarkib topishi.

O’simliklar va ќayvonot dunyosining ќozirgi davr tarqalish doirasi, ularning bir joydan tarqalishi, ikkinchi joyda esa kamayishi yoki yo’q bo’lib ketishi natijasida tarkib topgan. O’simliklar va ќayvonlar boshqa organizmlar (tirik borliklar) bilan band bo’lmagan quruqlik yoki suvda tarqalib, uyerda yangi biosenozlar ќosil qiladi. Ќarakatsiz bo’lgan o’simliklar va ќarakatchan ќisoblanadigan ќayvonlarni tarqalish usullari bir biridan farq qiladi.

O’simliklarni tarqalishi ularning ko’payishi prosessida yuz beradi. O’simliklarni kupayishi parxishlash (shoxlarini tomirlanishi), piyoz tomirlari, tomirchalari, sporalari, uruglari va ildiz mevalari orqali amalga oshadi.

Gulli o’simliklarni tarqalishi, uning yer osti tomirchalari, parxish shoxchchalari, piyoztomirlari, ildiz mevalari (kartoshka) va boshqa vigetativ yo’l bilan amalga oshadi. O’simliklarni tomirlari sekin o’sadi. Ularning o’sish uzunligi bir yilda 10-15 sm (pirey) to 1,5-3 metrni (saxalingrechixasi) tashkil qiladi. Shunday qilib o’simliklarni tomir yordamida tarqalishi bir yilda bir necha santimetrdan to 2-3 metrgacha yetadi xolos.

O’simliklarni urug’ va mevalari yordamida tarqalishi ancha progessivroqdir. O’simliklarni urug’i o’zi mustaqil tarqalishi va tashqi muќit tasirida tarqalishi mumkin. O’z urug’larini o’zlari uloqtirib tarqaladigan o’simliklar avtoxorlar, tashiqi muќit ta’sirida tarqaladiganlari esa alloxorlar deb ataladi.

Avtoxorlar o’z urug’larini katta masofada uloqtirolmaydilar. Odiy teginma, geran, sariq akatsiya, binafsha va boshqalar mevasi pishganda, tezda ochilib ketadi va urug’ini bir necha santimetr masofaga sochtirib yuboradi. Faqatgina Amerika tropiklarida o’sadigan xura krepitans (nicha- scheritans) o’simligi o’z urug’ini 3-4 m masofaga sochtiraoladi. Bu o’simlikni mevasi yorilganda toponcha (revalver) ni ovozini eslatadigan ovoz chiqaradi.

Alloxor o’simliklar urug’larini tarqalish usuliga ko’ra bir necha grupaga: baroxor, anemoxor, gidroxor, zooxor va antropoxor grupalariga bo’linadi.

Baroxor o’simliklar deb, o’rug’i dunyo tortishish kuchlari (sila tyajesti) ta’sirida tarqaladigan o’simliklarga aytiladi. Anemoxor o’simliklarga urig’i shamol vositasida tarqaladigan o’simliklar (zamburug’lar, grushankalar, qayrag’och, aylant, zarang, buk, lipa, bignoni, djuzgun, tol, terak, kandur, kipreya, kuray, tuya o’ti, (salonchak astrasi) kiradi.

Gidroxor o’simliklarga urug’i suv bilan tarqaladigan o’simliklar kiradi. Ular faqatgina suvo’tlarini zmas, balki daryo va dengiz yoqalarida o’sadigan o’simliklarni ќam o’z ichiga oladi. Masalan kanallar bo’ylab baxsh daryosi vodiysida suv yordamida qishloq xo’jaligi uchun zararli bo’lgan g’umoy utloqlari tarqalgan. Xuddi shu yo’l bilan Tinch okeanining tropik zonasi orollarida kakos palmasi tarqalgan. Ba’zan suv faqatgina urug’larni emas balki daraxtlarni ќam oqizib ketadi. Bunday ќolda daraxlar tanasi va shoxlari parazit va epifit ќolda yashaydigan organizmlar ќam tarqaladi. Daraxtlar orqali bazi bir umurtqasiz va ќatto umurtqali ќayvonlar ќam tarqalishi mumkin.

Zooxor o’simliklarga ќayvonlar yordamida tarqaladigan o’simliklar kiradi. Ќayvonlar birinchidan o’simlik urug’larini yutib yuborish va ќazm qilolmaganlorini chiqarib yuborish yo’li ya’ni(endozoxor yo’l bilan) tarqatishga sabab bo’ladilar. Masalan golubika, chernika va busnikani xuddi shu yo’l bilan qushlar tarqatgani aniqlangan. Chermuxa va malinani ayiqlar tarqatgani ma’lum. Davran ikki tur o’simlikni 7 dona urug’ni ќazm qilolmaslik yo’li bilan chigirtka tarqatgani aniqlangan.

Ikkinchidan o’simlik urug’lari ќayvonlarni junchalariga, parlariga va terilariga yopishib olish yo’li bilan (epizoxor) tarqaladilar. Bular lipuchka, lopux, reney, chereda, shetinnik, savzi, durnishnik, lineya, sitnik, kuvshinka, kubыshka, zig’ir va boshqalardan iborat.

Uchinchidan o’simlik urug’larini ќayvonlar sinzooxor usul bilan tarqatadi. Bu usul shunday iboratki ќayvonlar uy (lona) qurishi uchun yoki oziq ovqat to’plab qo’yish uchun o’simliklarni toshiydi. Ko’p kemiruvchilar: Xomiyak, burunduq, o’rmon sichqonlari va sug’ur o’z uyasiga usimlik urug’larini to’playdi. Ular ketib qolganda yoki ќalok bo’lganda ortib qolgan urug’lar ko’karib chiqadi va tarqaladi. Undan tashqari kemiruvchilar uyasiga yomg’ir suvi kirib ќo’l bo’lganda uyasini tozalaydi va olib kelgan urug’ va mevalarni tashqariga chiqarib tashlaydi buning natijasida ќam o’simliklar ko’karib tarqaladi. Inson eski dunyodan yangi dunyoga xurmo, tung daraxti, kofe daraxti, donnik va boshqa o’simliklarni olib kelgan. Yangi dunyodan esa, eski dunyoga- kartoshka, kakao, tamaki, pomidor, chigit paxtasi (barbaros paxtasi), kauchukli xeveya daraxti, kunga boqar, va makkajo’xorini tarqatdi. Odam madaniy o’simlik bilan birgalikda begona o’tlarni ќam anglamasdan tarqatdi. Masalan Yevropaga Shimoliy Amerikadan kanada amaranti, oslinik, ќidli romashka, Janubiy Amerikadan tikonli durnishnik, Markaziy Osiyodan do’rmon olib kelingan. Yevropadan Shimoliy Amerikaga esa emaklovchi pыrey (ajiraqka o’xshash boshoq o’t) mokrisa, kukol (bug’doylar orasida o’sadigan zaxarli o’tloq), kuray va boshqalar tarqatilgan. O’simliklarni tarqatish vositasi temiryo’l ќisoblanadi. Ural temir yo’li yoqqalab yo’lni ikki tomonida o’sha kengliklar uchun xos bo’lmagan ko’p xil o’simliklar kuzatiladi. Ular vagonda tashilayotgan o’simlik o’rug’larini to’kilib qolishi va pasajirlar tomonidan vagon oynalaridan tashlab yuborilgan oziq-ovqat ichidagi urug’lardan o’sib chiqqandir.

Ќayvonlar aktiv va passiv yo’l bilan tarqaladi. Ќayvonlarni tarqalishga qobiliyatliligi (vagilnost) deb ataladi. Dengiz tarqalish vositasini biri dengiz oqimi ќisoblanadi. Dengiz oqimini tezligi (golfstram oqimi) 1soatga 5 km-dan iborat. Oqimlar odatda kam ќarakatli xilma-xil vakillarini tarqatadi. Bular meduza va qilga o’xshash xivchin bilan ќarakat qiladigan mikroskopik jonivorlardan iborat. Dengiz oqimlari ko’p miqdorda bentos (dengiz ostidagi subsitrat ќayavonlarini ular lichinka (tuxum) stadiyasida bo’lgan va plankton ќolatda bo’lgan vaqida tarqatadi. Shunday qilib faqatgina kam ќarakatli organizmlargina emas balki o’troq ќayvonlar ќam katta masovfalarga tarqaladi.

Dengiz oqimi yordamida ќashoratdan tortib, to’qimshullik va maymungacha bo’lgan quruqlik ќayvonlari ќam tarqalishi mumkin. Ular dengizdga tushib qolgan yog’och yordamida tarqaladi. Masalan o’z tuxumini daraxt po’stloqlarida kleylaydigan gekkon (Ptuchozoom) ehtimol shu yo’l bilan Malayya arxepilagida va Ryukyu orollarida keng tarqalgandir. Balki shu yo’l bilan Amerika dub jabasi Gavayya orollariga kelib yetgandir.

Dengiz hayvonlaridan shunday yo’l bilan oyoq mo’ylovli rak (qisqichbaqa), mshanka va malyuska (yag`och teshuvchi molyuska) tarqala oladi. Ba’zi hayvonlar muz yordamida tarqaladi. Bunday xodisani Arktik va Antarktik dengizlarida ko’rish mumkin (pengvin, oq ayiq, suvo’tlari, bakteriyalar va boshqalar).

Quruqlikning ko’pchilik uchadigan va uchmaydigan hayvonlari shamol yordamida tarqaladi. Shamol chirirtkali hayvonlarni, suzanaklarni (strekoza) va shapalaklarni qirg`oqdan 100 km-cha masofalarga olib ketadi. Passat oblastlarida doimiy shamollar sharoitida hashoratlar to 1800 km masofagacha oib boriladi deb taxmin qilinadi. Bunday uzoq masofaga olib borilishini sababi shundaki chivinlar, asalarilar va orilar to 2000 mertcha balandlikka ko’tarilaoladi va u yerda ma’lum yo’nalishdagi doimiy havo oqimiga kirib olib katta masofangi oshib oladi. uchmaydigan umurtqasiz va yua’zan umurtqali hayvonlar ham (bo’ron vaqtida) shamol bilan olib ketiladi. V.G.Geptnerni (1936) ma’lumotiga ko’ra 1929 yilda 70 marta shunday xodisa bo’lgan. O’sha vaqtda quyun (smerch) natijasida katta balandlikka ko’tarilgan va keyin yerga tushgan o’ziga xos “yomg`ir” baliq, qurbaqa, va yirik suv molyuskalari “yomg`iri” kuzatilgan. Shamol yirik hayvonlarni 5-17 km masofagacha etib tashlagan.

Mayda hayvonlarni shamol juda katta masofaga etib tashlashi mumkin. Urgimchaklarni ko’p turlarini havo lqimi bilan tarqalishga moslashgan moslamasi (pautinasi0tori) bor. Bunday o’rgimchaklar ochiq dengizda, qirg`oqdan 400 km uzoqlikda kuzatilgan. Materikdan 3700 km uzoqlikda joylashgan Gavayya orollarining o’rgimchaklari ham huddi shu o’rgimchaklar gruppasidan iborat.

Hayvonlarni o’zi ham, boshqa hayvonlarni tarqatuvchi faktor bo’lishi mumkin. Masalan harakatsiz yoki sekin harakatlaydigan parazitlar xo’jayin hayvonlar vositasida katta masofaga tarqaladi. Parazit bo’lmagan hayvonlardan okeandagi kichik pripali baliqlar katta baliqlarga yopishib olib bir joydan ikkinchi joyga tarqaladi.

Quriqlikda yashovchi hayvonlardan kana o’txo’r hayvonlarni go’ng to’dalariga yashaydi va shu go’ng to’dalarida hayot kechiruvchi qo’ng`izlar orqali bir go’ng to’dasidan ikkinchisiga tarqalib yuradi. Kana o’txo’r hayvonlar orqali ham tarqaladi.

Hayvonlarni oyoqlarida yopishgan loy orqali loydagi umurqasiz hayvonlar uzoq masofada tarqaladi. Masalan katta masofadan uchib kelgan qushlarni oyog`idagi loydan 15 tur umurtqasiz hayvonlar ajratilgan va tiriktirilgan. Yirik chayka qushi Sivash bug`ozidagi kichik bir orolda yumronqoziqni yeyish maqsadida olib kelgan ammo yumronqoziq chayka changalidan ajralib tirik qolgan.

Hayvonlarni tarqalishida ayniqsa insonni roli kattadir. Masalan dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan. Gamburg portida 3 yil davomida 490 tur hayvonlar olib kelingan. Bular ichida tropikdan olib kelingan turlar ham bo’lgan. Olib kelingan hayvonlar ichida 4 tur echkemar, 7 tur ilon, 2 tur amfibiy, 2 tur mallyuska bo’lgan, qolganlari o’rgimchaksimonlar va hasharotlardan (chivin, ari, shapalak, asallari, pashsha va boshqalar) iborat. Sarrыk kallamush temir yo’llar bo’ylab joylashgan aholi punktlarida tarqalgan. Sichqon, tarakan va boshqa. Odamlar o’ylarida yashaydigan hayvonlar odamlar bilan birgalikda ilgari ulardan bo’sh bo’lgan mamlakatlarda tarqalgan. Uy sichqoni Shimoliy Amerikaga olib borilgan edi. Yevraziya teretoriyasida, esa u ilgarigi yashaydigan oblastlardan ancha shimolroqda siljigan. N. V. Tupikovaning ma’lumotiga ko’ra hozirgi vaqtda uy sichqoni yil davomida o’zining arealining shimoliy qismida yil davomida odamlarni uyida yashaydi. Janubroqda u faqat qish faslida uyda yashab, yozda tashqariga chiqib ketadi, va nihoyat janubroqda u kishilar uyidan tashqarida yashaydi.

Geptnerni mv’lumotiyea ko’ra chivin Dikson orolida radiostansiyasida 1923 yilda paydo bo’lgan. Ko’p umurtqasiz hayvonlar odamlar tomonidan o’simliklar va tuproqlar bilan birgalikda tarqatiladi. Tasodifan qishloq xo’jalik zararkunandalari olib kelinishi mumkin. Masalan Amerikadan Yevropaga olib kelingan filoksera (shirincha) tok novdalarini quritib ziyon keltirgan edi. Avstraliyadan turli davlatlarga toshilgan kashenil (hashorot) sitrus ekinlarini xafli zararkunandasidir. Parazit organizmlar ham tarqatiladi. Masalan tropikdan o’rtacha poyasga amyoba dizenteriyasi kasalligi uyg`otuvchi amyoba olib kelingan edi. Bezgak kasalligini tarqatuvchi bezgak pashshalari odamlar tomonidan tashilib tarqatilgan edi. Moskitlar (xomishak pashshasi) ham odamlar tomonidan Kirimga olib kelingan.

Odamlar tasodifan tashqari ongli ravishda ham hayvonlardan tarqatishda ishtirok etadilar. Masalan Yangi Zillandiyada ongli ravishda 600 tur hayvon tashilgan edi. Ular tipratikan, quyon, tulki, qo’shoyoq, oq xor, gornostay (qoqum), loska (sichqonlar sultoni) Lan, bug`i, tog` echkisi va boshqa hayvonlardan iborat edi. Kishilar faoliyati natijasida turli xil rayonlarda faunasi yevropoizasiya qilinmoqda. (Yevropaga olib kelinmoqda.) Yuqorida tasvir etilgan hayvonlarni tarqalish usullari passiv tarqalish usili hisoblanadi.

Ammo hayvonlar uchun aktiv tarqalish usuli ham mavjud. Bu usul ichki suv havzalarida yashaydigan hayvonlar uchun ancha chegaralangan, ammo okean va quriqlik hayvonlari hayotida katta rol o’ynaydi. Ichki suv havzalarini ba’zi hayvonlari bir turlari suv havzalarini ajratib turgan quruqliklar ustidan o’tib aktiv tarqalishga qodirdir. Masalan quruqlik ustidan faqatgina krab qisqichbaqa o’rmalab o’tishi va uchish qobilyatini yuqotmagan suv ќavzvsidan ikkinchi suv ќavzasiga ќasharotlar ќam uchib o’tishi mumkin. Bular ninachi, chivin, xomishak pashshasi, mokrisa, podenka va rucheynikdan iborat.

Quruqlikda yashaydigan ko’pchilik ќayvonlar yaxshi suza oladi va katta suv to’siqlarini oshib o’tadi. Masalan begimot, to 20-30 km-gacha, timsox esa (krokadil) to 90 km -gacha suza oladi. (Ular Yava orolidan Kakos orollariga o’tadi). Olmaxonlar (belka) eni 4-5 km bo’lgan daryolarni suzib o’tadi.

Quriqlik va dengiz ќayvonlarini ќarakat tezligi ќar xil. Ko’pchilik umurtqasiz ќayvonlar juda sekin ќarakat qiladilar. Masalan mokrisa (krmi xarak) bir yilda ќammasi bo’lib 1 km masofani o’tganligi aniqlangan.

Baliq va sut emizuvchilar ќarakat tezligi 1 soatda bir necha kilometrga va ќatto o’nlarcha km to’g’ri keladi. Ќarakatni eng yuksak usuli ќasharotlar, qushlar va uchuvchi sichqonlar (ko’rshapalaklar) uchun xos bo’lgan uchish ќisoblanadi. Ba’zi hasharotlar suv ustidan uchib o’tayotganda suv ustiga qo’nishi va yana uchib ketishi mumkin.

Hozirgi kunda ko’z oldimda tarqalayotgan hayvon turlariga misol qilib g`arb tomonga tarqalayotgan yashil penochka, kaku, (kukushka) va kolonkani. Yevropadan Sibrga tarqalayotgan o’rmon suvsari, norka, rusak quyoni,janubdan shimolga o’tayotgann xomyak, va tipratikonni , O’rta Osiyoga tarqalayotgan maynani va MDH-ni g`arbiy oblastlarga tarqalayotgan musicha va kanareykani (sayraydigan qush) ko’rsatish mumkin.

Hayvonlarni aktiv tarqalishiga intilishi birinchidan ularning har bir turini ko’payishi natijasida ro’y beradi. Masalan olmaxon oziq-ovqat mo’l bo’lgan bir yili juda ko’payib ketgan. Ikkinchi yili esa,oziq-ovqat kam bo’lib yetishmay qolganda ular har tomonga qarab tarqala bergan.

Ikkinchidan tez tarqalishga intilish hayvonlar turi areali chegarisini qo’shni teretoriyasida qulay sharoit vujudga kelishi natijasida yuz bergan. Masalan shudgor yerlarni ko’payishi xomiyak kalamushlar arealini shimol tomonga qarab tez kengayishga olib keldi. Bo’z yerlarni shudgorlash va don oziqlarini paydo bo’lishi Evereyeman xomyak kallamushlarni tez tarqalishiga olib keladi. O’simlik va havonlarni tarqalishiga to’sqnlik qiladigan faktorlar.

Tez chopish va uchish qobiliyatiga ega bo’lgan hayvonlar, ularni tarqalishi oblastlarini kengaytirishiga to’sqinlik qiladigan konservatizm xususiyatiga ega bo’lmaganda edi, ular kim qachonlar haddan ko’p tarqalgan bo’lur edi. Hayvonlarga tamg`a qo’yish va halqa solish yordamida olib borilgan tajribalar asosida hayvonlarni ma’lum uya atrofidan uzoqlashmasligi, o’z uyasiga har yili qaytib kelishi, va ma’lum teretoriyadan uzoqda bormasligi aniqlangan. Masalan Yamal yarim orolida yashaydigan sapsanlar uyasi atrofidan 4-6 km dan uzoq ketmaydi, Amerika toshboqasi esa 200 m asofa atrofida aylanib yuradi. Konservatizm ehtimol hayvonlarni fiziologik xusisiyati bo’lsa kerak. Lekin konkuresiya bilan bog`liq bo’lgan biologik to’siq bo’lishi mumkin.

Agar to’siqlar bo’lmaganda edi, hayvonlar turi keng tarqalgan bo’lur edi. Ammo tarqalish yo’lida ko’p to’siqlar uchraydi. Bu to’siqlar ya’ni mexanik to’siqlar tarqalishida to’sqinlik qilsa, ikkinchisi hayvonlarni yangi joyda joylashib qolishiga to’sqinlik qiladi. Masalan dengizlar, quriqlikda yashaydigan hayvonlar uchun, tog`lar tekislikda yashovchi hayvonlar uchun, quruqliklar esa dengizda yashaydigan hayvonlar uchun mexanik to’siq hisoblanadi.

Boshqa to’siq faktorlari shundan iboratki ma’lum hayvonlar turi areali doirasidan tashqarida shu tur uchun qulay yashash joyi va iqlimi shoroiti kuzatilmaydi. Bundan tashqari turning areali doirasidan tashqarida uning konkurentlari yoki dushmandlar bilan duch kelish ehtimoli uni yangi joyda joylashib olishi va mustahkamlanishiga imkon bermaydi.

Ko’p hayvonlar va o’simliklar turlari uchun ularning ariali doirasidan tashqarida yashash uchun qulay sharoitni bo’lmaganligi ular arialining kengayishiga asosiy to’siqdir. Masalan qum tuproqlarda o’sadigan o’simliklar nuqul gil tuproqli joylarda o’smaydi. Sho’r dengizlarda yashaydigan hayvonlar chuchuk suv havzalarida yasholmaydi. O’rmonlar bo’lmagan joylarda soyalikni sevadigan o’simliklar va hayvonlar yasholmaydi.

Ma’lum o’simlik turi bilan ovqatlanadigan hayvonlar faqatgina shu tur o’simlik tarqalgani joyda yashaydi va boshqa joyda yasholmaydi. Masalan maxaum shapalagi va gusinisa (pilla qurti) faqatgina soyabonlar oilasi vakillari bilan oziqlanadi va shular tarqalgan yerlardagina yashaydi.

Har qanday holda ham o’simliklarni urug`i o’z ariali doirasidan chiqib qolishi va u o’zi uchun xos bo’lmagan sharoitda ko’karib chiqishi mumkin, ammo keyinchalik ular voyaga yetolmaslik oqibatida yoki urug` hosil qilolmaslik oqibatida halok bo’lib yo’q bo’lib ketadi. Xuddi shu yo’l bilan hayvonlar ham o’zi uchun xos bo’lmagan joylarga borib qolsa u qaytib kelishga majbur bo’ladi. Agar kelolmasa noqulay sharoit ta’sirida yoki o’sha sharoitda ko’paya olmaslik natijasida yo’q bo’lib ketadi.

Turning o’z arialidan boshqa joyda yashashi uchun to’sqinlik qiladigan yana bir faktor konkurensiya hisoblanadi. Ma’lum joyda qadimdan o’rnashib olgan organizmlar, boshqa arealdan kelgan ammo shu sharoitda yashashi mumkin bo’lgan o’simliklarni yashashiga to’sqinlik qiladi. Chunki boshqa arealdan kelgan o’simlik o’z arealiga joylashib olgan o’simlikka nisbatan o’sha joyni sharoitiga kuchsizroq moslashgan bo’ladi.

Masalan Yevraziyada bir –biriga yaqin bo’lgan ikki xil yel turi Yevropa yeli va Sibir yeli bilan band bo’lgan oblastlari joylashgan. Shu polosadang`arbda faqatgina Yevropa yeli, sharqda esa Sibir yeli tarqalgan.

Organizmlarning tarqalishiga to’sqinlik qiladigan yana bir to’siq iqlim hisoblanadi. Ko’pincha u yoki bu faktorlar yordamida yangi joyda olib borilgan o’simliklar va hayvonlar yangi joyning iqlim sharoitiga bardosh berolmay yo’q bo’lib ketadi. Ayniqsa ular jazirama saxro, baland tog` va qutb muzliklari iqlim sharoitiga tushib qolsa, ularni iqlimiga chiday olmaydi.

Savol va topshiriqlar.
1.O’simliklar va hayvonlarni tarqalish usuli bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

2.Organizmlarning avtoxor tarqalishi deganda qanaqa tarqalish tushuniladi?

3. Organizmlarni alloxor tarqalishi qanday vosita orqali tarqalishiga ko’ra, Qanaqa tarqalishlarga bo’linadi?

4.Organizmlprni baroxor, anemaxor va gidroxor tarqalishiga qanaqa tarqalishlar kiradi va shu yo’l bilan qaysi organizmlar tarqalgan?

5.Organizmlarni endozooxor, epizooxor va sinzooxor tarqalishiga qanaqa tarqalishlar usuli kiradi vashu usul bilan qaysi organizmlar qayerda tarqalgan?

6.Organizmlarni tarqalishiga to’sqinlik qiladigan to’siqlar qanaqa to’siqlardan iborat?



7. Organizmlarni tarqalishiga to’sqinlik qiladigan orografik va iqlimiy to’siqlarni to’sqinligi nimada ifodalanadi?

  1. Organizmlarni tarqalishiga to’sqinlik qiladigan biologik to’siqlarni to’sqinligi nimada ifodalanadi?

  2. Yer sharida gidroxo’r va sinzooxor bilan tarqalgan o’simliklarning tarqalgan joylarini yozuvsiz xaritaga o’tkazing va o’rganing.



Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə