Fakulteti ta’lim yo’nalishi



Yüklə 349,73 Kb.
səhifə11/13
tarix11.12.2023
ölçüsü349,73 Kb.
#144205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Informatika fanini o‘qitishning interaktiv metodlari (восстановлен)

Matematik diktantlar – o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi.
Tanlovlar ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savoljavoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi.
Konferensiyalarhar chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar.
Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.
Autoplay dasturi
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko‘plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir.
Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa,
CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda AutoPlay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi.
AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilin- maydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin.
Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun AutoPlay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obektlarni kiritish mumkin.
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun AutoPlay Media Studio barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuv - chilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi AutoPlay
Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi.
Dastur foydalanuvchilarga obektlarni o‘zaro bog‘lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.
AutoPlay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic , Visual C++, Java, Macromedia flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin .
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin.
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi
“niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.

Yüklə 349,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə