Fakulteti ta’lim yo’nalishi


Bu muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan bo‘ladi



Yüklə 349,73 Kb.
səhifə12/13
tarix11.12.2023
ölçüsü349,73 Kb.
#144205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Informatika fanini o‘qitishning interaktiv metodlari (восстановлен)

Bu muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan bo‘ladi:

  1. Create a new project (YAngfi loyiha yaratish);

  2. Open an excisting project (YAratilgan loyihalardan birini ochish);

  3. Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish); 4) Exit Autoplay media studio (Dasturdan chiqish).

Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif ingliz tilida bo‘ladi.
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos Scriptlar uchun tayyor kodlar to‘plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma’qul.
SHunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Create a new project” bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi :

Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz yoki o‘zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega

  1. Dastur oynasining sarlavha satri.

  2. Dastur oynasining menyu satri.

  3. Instrumentlar paneli satri.

  4. Project explorer muloqot oynasi.

  5. Properties muloqot oynasi.

  6. Holat satri.

Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha nomi, dastur nomi va oynani boshqarish elementlari joylashgan.




Xulosa


Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jaraeniga tadbiq kilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…». Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:

  • Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;

  • Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;

  • bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish;

  • bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.




Yüklə 349,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə