Фалсафа 2021 №2. p65


Key words: Bedil, irfan, poetry, Sufism, tarikat, the Barlos family, philosophy KIRISH



Yüklə 319,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix11.05.2023
ölçüsü319,92 Kb.
#109643
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
4458-Текст статьи-8933-1-10-20220424

Key words:
Bedil, irfan, poetry, Sufism, tarikat, the Barlos family,
philosophy
KIRISH
Hindiston, Eron va Markaziy Osiyo mutafakkirlari Mirzo Bedil ijodini ilmiy
tadqiq etishda o‘ziga xos tarzda yondoshganlar. Faylasuf Mirzo Bedil ijodini tadqiq
etib, uni xalqimizga etkazganlar sirasiga Abdurauf Fitrat [Fitrat, 1996: 48 b.],
Sadriddin Ayniy [Ayni S., 1954. 132 s.], Xolida Ayniy [Ayni X. 1956. 126 s.],
I.Mo‘minov [Mo‘minov I., 1957: 96 b.], M.Xayrullaev [Xayrullaev M.,
1965: 43 b.] kabi olimlarni kiritishimiz mumkin. Abdurauf Fitratning 1920 yilda
yozilgan “Mirzo Bedil” maqolasi o‘zbek matbuotida Bedilning hayoti, asarlari
va falsafiy ideali bilan tanishtirishni o‘z zimmasiga olgan dastlabki ilmiy maqola.
Unda faylasuf-shoirning ilmiy-irfoniy qarashlari va she’riyatidagi badiiy uslubiga
bo‘lgan e’tibor ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Pokiston olimlari Mirzo Bedil hayoti


79
Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021
va ijodiy yo‘lini o‘rganishda anchagina yutuqlarga erishganlar. 1952 yil Loxurda
Xo‘ja Ibodullo Axtarning “Bedil” nomli risolasi urdu tilida chop etilgan. Olim va
adib Sadriddin Ayniyning 1954 yilda Tojikistonda chop etilgan “Mirzo
Abdulqodir Bedil” asarida mutafakkirning hayoti va ijodiy faoliyati, ilmiy,
ijtimoiy-falsafiy qarashlari o‘z aksini topgan.
MATERIALLAR VA METODLAR
Tadqiqotchi olima X.Ayniyning 1956 yilda yozilgan “Bedil va uning “Irfon”
asari” kitobida faylasuf Mirzo Bedilning yashagan davri, hayoti va ijodi, “Irfon”
asarining tuzilishi, o‘ziga xos badiiy tili, asarda ilgari surilgan ilmiy bilish, nutq
va so‘zning qudrati, mehnatsevarlik va dehqonchilik, al-kimiyo, sehrgarlik
haqida hamda afsona va hikoyalar haqidagi g‘oyalar tahlil etilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Akademik I.Mo‘minovning 1957 yilda nashrdan chiqqan “Mirzo Bedilning
falsafiy qarashlari” deb nomlangan monografiyasida faylasufning hayoti va ijodi,
ontologik-gnoseologik qarashlari, ijtimoiy-siyosiy va qisman axloqiy qarashlari
ilmiy-falsafiy tadqiq etilgan. 1960 yilda Loxurda adabiyotshunos olim doktor
Abulg‘aniyning Bedil hayoti va ijodiga bag‘ishlangan monografiyasi ingliz tilida
nashr etilgan. Professor Sh. Shukurov mutafakkir- shoirning hayoti, ijodiy
merosi, lirikasiga doir bir necha ilmiy risolalar bag‘ishlagan, doktorlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Olim ushbu tadqiqotga adbiyot sohasi nuqtai nazardan
yondoshib, faylasufning til uslubi, lirikasiga o‘z e’tiborini qaratgan [Shukurov
Sh., 1989]. XX asrning ikkinchi yarmi va hozirgi davrda Mirzo Bedil ijodini,
o‘ziga xos she’riyat uslubini o‘rganib, ruboiylarini o‘zbek tiliga tarjima qilib
xalqimizga etkazib berayotganlar sirasiga Nazarmat [Mirzo Abdulqodir Bedil,
1960: B.94], Sh.Shomuhamedov [Mirzo Abdulqodir Bedil, 1974: B.6],
N.Komilov [Komilov N., 2006: B.68-73], J.Kamol [Mirzo Abdulqodir Bedil,
1991: 70-76 b], Matnazar Abdulhakim [Matnazar Abdulhakim, 1991: b.45],
shuningdek, mutafakkir ilmiy merosini o‘rganishda H.Boltaboev [Boltaboev
H., 1996] kabi faylasuf, adib, tarjimon va tadqiqotchilarni kiritishimiz mumkin.
Bedil ijodini o‘rganish XXI asrda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda.
Jumladan, 2007 yilda Tojikstonda Bedil falsafiy ta’limoti bo‘yicha yirik tadqiqot
ishi olib borgan Nasiba Sadikova “Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasi” mavzusida
doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari doktori ilmiy
darajasiga sazovor bo‘ldi. Mazkur dissertatsiyada muallif Mirzo Bedilnnig
ontologik, gnosologik, aksiologik qarashlarini yangi davr ruhi bilan boyitgan
holda tadqiq etigan.
Sharqning buyuk faylasuf shoiri Mirzo Abdulqodir Bedil 1644 yil
Hindistonning Azimobod shahrida tug‘ildi. Bedilning ismi Mirzo Abdulqodir,



Yüklə 319,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə