Фалсафа 2021 №2. p65


Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021



Yüklə 319,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix11.05.2023
ölçüsü319,92 Kb.
#109643
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4458-Текст статьи-8933-1-10-20220424

81
Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021
Bedil Hindistonda o‘n bir podshoh hukmronlik qilgan davrlardagi ijtimoiy-
siyosiy voqealarga guvoh bo‘lib, 1721 yilda 77 yoshida Dehli shahrida vafot etdi.
Mirzo Abdulqodir Bedil umrining oxirigacha muttasil ijod qilib, ko‘plab lirik
she’rlar, qasidalar, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy – axloqiy va ta’limiy ruhdagi
asarlar yaratdi. Faylasuf-shoirning ijodiy faoliyati 1665-1670 yillardan boshlanib
60 yil davom etdi.
Mirzo Bedil hind, eron, arab kabi ko‘plab Osiyo halqlarining ilmiy merosini
chuqur o‘zlashtirgan etuk olimdir. Bulardan tashqari, Mirzo Bedil Sa’diy, Attor,
Rumiy, Jomiy, Xofiz, Navoiylarning asarlarini ham chuqur o‘rgangan hamda
ular idealiga hamnafas ekanligini har qadamda namoyon eta olgan shaxsdir.
Bedil 120 ming misradan ortiq chuqur falsafiy mazmundagi she’rlar va 20
bosma tabaqqa yaqin nasriy asarlar yozib qoldirgan. Uning “Kulliyot”i “Irfon”,
“Chor unsur”, “Ishorat va hikoyat” kabi 16 ta mustaqil asarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, u “Muhiti a’zam”, “Turi ma’rifat”, “Tilsimi hayrat”,
“Devon”, “Ruboiyyot”, “Nukot”, “Ruqa’ot” kabi nasriy asarlar yaratgan.
Bedilning o‘ziga xos uslubi bor. Uning asarlarida o‘ta nozik tashbehot va ayniqsa
kinoya va istioralar uchraydi. Bedil o‘z fikrlarini ochiq-oydin aytmaydi. U o‘z
asarlarida kitobxon fahmu-farosatiga ko‘proq tayanadi va uning aqlu zakovatiga
komil ishonch bilan qarar ekan, ko‘p hollarda e’tiborli ijtimoiy masalalarni
ifoda etmoq uchun hayotdagi ma’lum voqealarni ko‘zdan yashirish bilan
qanoatlanadi. Buni kitobxonning o‘ziga havola qiladi:
Har bir ramz sen bilan menda, ey inson,
Nozik faxmlarga bu sirlar ayon.
Yoqub dimog‘idek nigoh paydo qil,
Ko‘ylagi isida Yusuf namoyon. [Mirzo Abdulqodir Bedil, 1974: b. 96].
Demak, YUsuf va Zulayho afsonasidagi Yoqub Yusufning ko‘ylagi hidida o‘z
o‘g‘lini ko‘ra olgani kabi, nozikfahm kitobxon ham kichik bir ishoradan ulkan
bir falsafiy fikrni anglab ola bilishi kerak.
Darhaqiqat, Bedil g‘oyalarini ifodalagan asarlar mazmunini tushunish oson
kechmaydi. Ana shu sohalarning barini o‘zlashtirgan odamgina Bedil aytganlaridan
xabardor bo‘lishi mumkin.
Bu esa Bedil asarlari yuziga parda tortadi, uning haqiqiy ma’nosini barcha
ham darhol ko‘rib, payqab ololmaydi. Shuning uchun ham Bedil asarlarini
o‘qib, uni kitobxonlarga tushuntirib beruvchi “Bedilxonlar” maydonga keldilar
[Muminov I., 1957: c. 39].
1880 yilda Toshkentning Beshyog‘och dahasidagi Chorsu mahallasida bog‘bon
oilasida tug‘ilgan shoir, tarjimon va noshir Sayyid Haybatulloh xo‘ja Xislat
tomonidan 1914-1915 yillarda yozilgan “Tuhfai Xislat” bayozida
1
bedilxonlik
1 Bayoz-shoirlarning duch kelgan asarlari jamlanmay, balki chuqur mulohaza bilan tartib berilib, turli
dunyoqarashdagi, turli badiiy tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilarning talablari hisobga olingan she'rlar to'plami.



Yüklə 319,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə